К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON SSSRDA YENGIL SANOAT SOHASIDAGI ISLOHATLAR VA UNDA POYABZAL SANOATINING AHAMIYATI

POYABZAL SANOATINING AHAMIYATI · Botirova Nargiza

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston sanoat sohasiga Sovet mustamlakachiligi davridagi o‘zgarishlar, yengil sanoat sohalarida bo‘lgan o‘zgarishlarga qaratilgan islohatlar va ularning tarmoqlariga shu bilan birga hali yoritilmagan poyabzal sanoatiga ham bir nazar solingan va ilmiy izohlar berish orqali tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Sanoat, yengil va og‘ir sanoat, to‘qimachilik kombinatlari, xom ashyo, poyabzal tarixi. Jamiyat taraqqiy etishi uchun muhim hisoblangan sohalarni o‘rganish bugungi kun tarixchilarning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi davrimiz taraqqiyotining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan xalqimizni ish bilan ta’minlash eng muhim dasturlardan biridir. Bu dasturda ishchilarning aksariyati yengil sanoat sohasida ishlashi tizimining yaratilish tarixini va taraqqiyot yo‘lini o‘rganish ham tarixiy masalalardan biri deyish mumkin. Hozirgi davrda sanoat korxonalari va ular yaratadigan mahsulot nihoyatda xilma-xil. Ularning turlari innovatsiya jarayonida va o‘zgaruvchan, iste’mol ehtiyoji ta’sirida yanada ortib bormoqda. Binobarin, bunday murakkab tarkibga ega bo‘lgan sanoat ishlab chiqarishini boshqarish va o‘rganish uchun sanoat korxonalari turli guruhlarga ajratiladi. Sanoat tarmoqlari ma’lum mezonlarga asoslanadi. Bu tarmoqlar xom ashyo birligi, mahsulotni qaysi maqsadda yaratilganligi hamda texnologik jarayonning umumiyligiga ko‘ra asoslanadi. Sanoat tarmoqlari orasida eng qadimgilaridan biri yengil sanoatdir. Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishining negizini ham aynan shu tarmoq tashkil qiladi. Xom ashyo asosan yengil sanoatning birlamchi bo‘g‘inlarini, masalan, paxta tozalash, jun yuvish, teri oshlash korxonalarini joylashtirishga ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, O‘zbekistonda yuzdan ortiq paxta tozalash zavodlari bevosita paxta yetishtiradigan qishloq tumanlarida joylashtirilgan. O‘zbekiston hududida qadimdan ba’zi sanoat turlari mavjud bo‘lgan (tog‘-kon sanoati, metal eritish, to‘qimachilik va b.). Hozirgi zamon sanoatining dastlabki korxonalari esa XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan. XX asrning ikkinchi yarmi, eng avvalo, rangdor metallurgiya, neft-gaz (xususan gaz), kimyo, elektr energetika kabi og‘ir sanoat tarmoqlarining faol rivojlanib borishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, bu davrda qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat (to‘qimachilik, yog‘-moy, konserva, vino va noalkogol ichimliklar ishlab chiqarish va b.) sanoati korxonalari ham ko‘plab qurilgan. Og‘ir sanoat markazlarida (ko‘mirchilar, metallurglar, mashinasozlar shaharlarida) ayollar mehnatidan samarali foydalanish uchun ham yengil sanoat, xususan to‘qimachilik korxonalari joylashtiriladi. Bu sohada kichik biznes va hususiy tadbirkorlik ham keng tarqalganligini ko‘rish mumkin. To‘qimachilik kombinatlarining qator filliallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Farg‘ona viloyatlarida barpo etilgan va ular mahalliy xom ashyo hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan biri poyabzal sanoati haqida deyarli kam manbalar o‘rganilgan. Hali bizga noma’lum bo‘lgan yangiliklar arxiv fondlarida saqlanib turibdi. Shulardan bir nechtasini keltirib o‘tamiz. 133 O‘zbekiston II jahon urushidan so‘ng ko‘p sohalarda yangiliklarga guvoh bo‘ldi. Yengil sanoat ko‘proq vodiy hududida rivojlangan bo‘lib, dastlabki harakatlar shu hududlarda olib borilgan. Masalan, 1962-yilda Qo‘qonda poyabzal fabrikasi qurildi, qurilish mollari ishlab chiqaruvchi zavod, gaz apparaturalari zavodi, ham shu yerda ishga tushirildi. Milliy arxiv fondlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, 1963-yil 15-iyulda Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo davlatlarining iqtisodiy rayon sanoati va qurilish xodimlari partiya xo‘jalik faollarining yig‘ilishida poyabzal sanoatida bir xil mahsulotlar ishlab chiqarishni konsentratsiyalash hisobiga poyabzal ishlab chiqarishni 1,5 mlnga oshirish rejalashtirilgan, yakka mehnat unumdorligi 4,2% ga oshirish lozimligi belgilangan[8]. Farg‘ona oyoq kiyim fabrikasi, Qo‘qon oyoq kiyim fabrikasi, Farg‘ona shoyi to‘qish fabrikalari ham ittifoq manfaatlari uchun mahsulot ishlab chiqarar edi. 1966-1970 -yillarda O‘zbekiston yengil sanoat vazirligi huzuridagi korxonalarda 5 mingdan ortiq yangi model joriy etildi va 80 ta nomdan ko‘proq yangi mahsulotni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1970-yilda tuzilishi va to‘qilishi jihatidan yangi bo‘lgan 45 xil gazlama, 40 xil paypoq buyumlari, tikuvchilik mahsulotlari va poyabzalning yuzlab yangi xillari ishlab chiqarish joriy etildi[6]. 1972-yil 1- yanvarga kelib respublika yengil sanoatida 450 ta korxona, shu jumladan, yengil sanoat vazirligiga qarashli 62 ta korxona, paxta tozalash sanoati vazirligiga qarashli 102 ta korxona faoliyat yuritdi[7]. Biroq, 1971-1975-yillarga kelib ham birgina Qo‘qondagi paypoq to‘qish kombinati yillik rejani bajara olmaganligi ta’kidlanadi. Sarflangan elektr energiya quvvatini ham qoplay olmagan. Shunda ham turli xildagi korxonalar qurilavergan. 1972-yilda Qo‘qon shahrining o‘ziga 500 nafar mutaxassis kadrlar Krasno

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston sanoat sohasiga Sovet mustamlakachiligi davridagi o‘zgarishlar, yengil sanoat sohalarida bo‘lgan o‘zgarishlarga qaratilgan islohatlar va ularning tarmoqlariga shu bilan birga hali yoritilmag…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston sanoat sohasiga Sovet mustamlakachiligi davridagi o‘zgarishlar, yengil sanoat sohalarida bo‘lgan o‘zgarishlarga qaratilgan islohatlar va ularning tarmoqlariga shu bilan birga hali yoritilmag… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
to‘qimachilik kombinatlari, yengil va og‘ir sanoat, xom ashyo, poyabzal tarixi., Sanoat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники