МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИЛутвия Сулейман кызы Аскерзаде2022
Taqlidiy so’zlar doirasidagi ma’nodoshlik haqida ba’zi mulohazalar
Narziyeva N.A.
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 2004
Аннотация
Taqlidiy so‘zlar kishi ruhiyati, uning holati, shuningdek, kishini o‘rab turgan obyektiv borliq to‘g‘risida poetik tasvir yaratishda muhim uslubiy vosita bo‘la olishi mumkin. Ulardan nutq jarayonida foydalanish badiiy adabiyotning barcha janrlarida ma’lum darajada qo‘llanilsa-da, nazmga nisbatan nasrda kengroq kuzatiladi. Kalit so’zlar: taqlid so’z, tovushga taqlid, holatga taqlid, ma’nodoshlik, ko‘pma’nolilik, uslubiy ma’no. Tilda ko‘pincha biror narsa tovushini yoki harakat-holat tasvirini ifodalash uchun bir necha xil taqlidiy so‘zlar ishlatiladi. Bu badiiy matnda taqlidiy so‘zlarning muhim uslubiy vosita ekanligini ta’minlovchi sinonimiya hodisasidir. Uslubshunoslikda sinonimiya hodisasikatta mavqe va ahamiyatga ega. Badiiy adabiyotda takrordan qochish uchun bu hodisaga ko‘p murojaat qilinadi. Taqlidiy so‘zlar tizimida ham sinonimiya hodisasi keng taraqqiy etgan. Badiiy asar tilining ta’sirchan bo‘lishi til birliklarining to‘g‘ri tanlanishi, matn mazmuniga mos kelishi va gapda yozuvchi ko‘zlagan maqsadni amalga oshirishda muayyan uslubiy vazifani bajarishiga bog‘liq [1, 118-121]. Badiiy asar tilining leksik-semantik jihatdan rang-barang bo‘lishi, muallif va personajlar tilida ma’lum bir me’yorning amal qilishi yozuvchining individual uslubi bilan bog‘liq. Yozuvchi til birliklaridan foydalanishda asar mavzusidan kelib chiqadi, o‘zi tasvirlayotgan shaxsning xarakter- xususiyati, harakat-holatini aniq ifodalaydigan, kitobxon ko‘z o‘ngida aniq gadalantiradigan so‘z va iboralarni qo‘llashga intiladi. Badiiy asarda matn ruhiga mos keluvchi til birliklarining qo‘llanishi esa asar tilining jozibador, ta’sirchan bo‘lishini ta’minlaydi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov asarlarida kishilar nutqi, ularning kayfiyati, ruhiy holati va qiyofasi, shuningdek, kishini o‘rab turgan obyektiv borliqqa bo‘lgan turli xil munosabatlarini tasvirlash jarayonida taqlidiy so‘zlarga ko‘p murojaat qilingan. Adib o‘z asarlarida biror bir holatni ifodalash uchun bir necha taqlidiy so‘zlardan mohirlik bilan foydalanganki, bu badiiy asarning yanada o‘qimishli, ommabop bo‘lishini ta’minlagan. Masalan, adib asarlarida birgina kulish holatini ifodalash uchun bir nechta sinonimik taqlidiy so‘zlarga murojaat qilingan: xih-hi-ho, hi-hi-hi, voh-ho-ho, qah-qah, xa-xa-xa, piq etib, xo‘-xo‘-lab*15, hiringlab*, xex-xex-xex, xex kabi. –Hi-xi-xi! – Shaydul kassir qaddini rostlab xandon otdi. – Xa-xa-xa! O‘zim bergan pul! [8, 274].Nargisxon piq etib kulib yubordi [8, 271]. «Pari» hamon kipriklari pirpiragancha yana bir minutmi-ikki minutmi tikilib turdi-da, o‘zini stul suyanchig‘iga tashlagancha qah-qah urib kula boshladi [8,232].Ana undan keyin to‘satdan o‘zini orqaga tashlab, Shodivoyning karavotiga yiqildi-da, g‘ayritabiiy qiliqlar qila boshladi.Tikilibroq qarasam, kulayotgan ekan. «Xih-hi-ho!», «Hi-hi-hi!», «Voh-ho-ho!»[8,208]. –Ovora bo‘mayla! – Parcha xola orqasida turgan xotinlarga yelkasi osha qarab, xo‘-xo‘-lab kuldi. - O‘zim boplayman hammasini! [2, 113].Panshaxa qornimga botishi bilan qitig‘im kelib, hiringlab kulib yubordim (I.157).Komissar kuldi.Kulishi g‘alati.Xuddi odamni mayna qilgandek «xex-xex-xex» deydi [3, 9].- Xex! - Komissar istehzoli kuldi. — Hammasi bir go‘r! [3, 127]. Misollarning barchasida taqlidiy so‘zlar kulish holatini izohlab ko‘rsatish uchun qo‘llangan. Ammo bu taqlidiy so‘zlar ifodalagan hodisalarni tamoman bir xil deb qarab bo‘lmaydi. Bir necha sinonimik so‘zlar bir hodisani ko‘rsatish uchun xizmat qilsa ham, har bir sinonimik so‘z anglatgan ma’no o‘zining ma’lum ma’no nozikligi bilan ikkinchisidan farq qiladi. Ya’ni qah-qah urib kulish paytidagi tovush bilan piq etib kulish paytidagi tovushni bir xil deb izohlab bo‘lmaydi. Shuningdek, kishilarning turli xil holatda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz holatda chiqargan ovozlariga taqlidni ifodalash uchun: g‘iyq, g‘iyq - g‘iyq , g‘ij-g‘ij, ap-shu, g‘iq, ix-xi, xix-ho, g‘ilq, hiq-hiq, huv-huv kabi: «Ferma tog‘a» jo‘xori tiqilgan xo‘rozdek bo‘ynini cho‘zib, «g‘iyq» deb qo‘ydi. Keyin qiyiq ko‘zlarini chirt yumib oldi-da, dikkaygan mo‘ylovini changallab, tag‘in ikki marta «g‘iyq», «g‘iyq» qildi[8, 162].Ammamning qop-qora bilaklari birpasda unga belandi.U boshini bir yonga tashlagancha elakni tapillatadi.G’ij-g‘ij nafas oladi.Qiziq, xuddi ichiga mitti odamlar kirib olgan-u, hadeb hushtak chalayotgandek. Ba’zan «hushtak» shunaqa kuchayib ketadi-ki, o‘zimning ham nafasim bo‘g‘ilib qolayotganga o‘xshaydi. Mana hozir ham ammam «g‘iyq-g‘iyq» nafas olayapti [9,22]. –Amaki… - dedi-yu, ketma-ket olti marta aksa urdi. – Men… ap-shu! «Zaporojes»ni… ap-shu, tormozi… ap-shu…tormozi 118 qayoqda bo‘ladi demoqchiydim [8, 156]. – Ana undan keyin Rais buvaning qovug‘ini mo‘ljallab turib chunonam tepdiki, Rais buvaning ichidan «g‘iq» degan ovoz chiqdi [8, 177]. Undan keyin rais buvaga qaradi-da, ingichka yelkalari silkinib g‘alati ovoz chiqardi.«Ix-xi», dedimi, «xix-ho», dedimi, yaxshi eshitmadim [8,208].Ishonsangiz, tomog‘imdan ovqat tugul suv o‘tmaydi.G’ilq etib qaytib tushadi[8,235].Cha
Доказательный фрагмент
«Taqlidiy so‘zlar kishi ruhiyati, uning holati, shuningdek, kishini o‘rab turgan obyektiv borliq to‘g‘risida poetik tasvir yaratishda muhim uslubiy vosita bo‘la olishi mumkin.»
Образец извлечения
Демо-превьюTaqlidiy so‘zlar kishi ruhiyati, uning holati, shuningdek, kishini o‘rab turgan obyektiv borliq to‘g‘risida poetik tasvir yaratishda muhim uslubiy vosita bo‘la olishi mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseological units, calque translation, denotative meaning, connotative meaning, uslubiy ma’no, taqlid so’z, ma’nodoshlik, tovushga taqlid, ko‘pma’nolilik, holatga taqlid
Смежные источники
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеОйдин Турдиева2016