К содержанию
РецензированоUZ2026

BANK KAPITALINI BOSHQARISH TIZIMI VA UNING TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH.

Saidov Elnur Dilmurod og‘li

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Bank capital is the basis of the financial stability of commercial banks, their ability to absorb risks and the possibility of expanding their activities. This thesis analyzes the structure of bank capital, the theoretical foundations and practical aspects of its management. In particular, risk-appropriate management strategies based on the Basel III standards, core and additional capital elements, capital adequacy assessment systems (ICAAP) and stress tests are studied. The weaknesses of the existing capital structure in the banking system of Uzbekistan, the lack of capital reserves, the level of diversification and the use of international financial instruments are considered on the basis of practical examples. According to the results of the study, it is necessary to diversify the capital structure, increase preparedness for digital risks and implement a strategic capital policy to improve the bank capital management system. The proposed measures will serve to strengthen the financial stability of banks. 171 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Keywords: Bank capital, capital management, core capital (Tier 1), additional capital (Tier 2), capital adequacy, Basel III, ICAAP, risk-based management, stress test, capital diversification, financial stability, strategic capital policy, commercial banks of Uzbekistan, digital risks, capital reserves. Tahlil va natijalar Bank kapitali tijorat banklarining asosiy moliyaviy tayanchi sifatida ularning barqarorligi, ishonchliligi va rivojlanish strategiyasida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Kapital yetarliligi bank faoliyatidagi mavjud va kutilayotgan risklarni qamrab olishi, shuningdek, bank mijozlari va investorlar oldida ishonchli hamkor sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlashi lozim. Shu nuqtayi nazardan, kapital tarkibi va boshqaruv tizimini chuqur tahlil qilish zamonaviy bank faoliyatining ajralmas bo‘lagidir. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda bank kapitali ko‘pincha ustav fondi va bo‘linmagan foyda hisobiga shakllantirilmoqda. Biroq xalqaro tajriba shuni anglatadiki, kapital tarkibini diversifikatsiyalash, ya’ni qo‘shimcha kapital manbalarini jalb etish – masalan, obligatsiyalar emissiyasi, IPO (birlamchi ommaviy taklif), hamda xalqaro moliyaviy institutlardan uzoq muddatli subordinatsiyalashgan kreditlar olish orqali bank kapitalining hajmi va sifatini sezilarli darajada oshirish mumkin. Shu bilan birga, banklar tomonidan ichki kapital yetarliligi baholash jarayonlari (ICAAP) va stress-testlar amaliyoti hali to‘liq joriy etilmagan yoki yuzaki bajarilmoqda. Bu holat kapital boshqaruvida riskka asoslangan yondashuvning zaifligini ko‘rsatadi. Holbuki, Basel III standartlariga ko‘ra, kapital boshqaruvi faqat foiz stavkalari yoki aktivlar hajmi bilan emas, balki turli xatarlar – kredit riski, bozor riski, operatsion xavflar va hatto raqamli xavflarni qamrab olgan holda tashkil etilishi lozim. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021–2024 yillar davomida O‘zbekiston bank tizimining umumiy kapital hajmi 1,5 baravarga oshgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkichning asosiy qismini davlat mulkidagi yirik banklar tashkil qilmoqda. Xususiy banklarda esa kapitalning yetarlilik darajasi o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hollarda minimum talab darajasiga yaqinlashgan. Shu sababli, banklarning o‘z kapital siyosatini faqat regulyator talablari doirasida emas, balki kelajakdagi bozor risklariga tayyor bo‘lish nuqtayi nazaridan rejalashtirishi zarur. Kapital tuzilmasidagi yana bir muhim jihat – bu likvid bo‘lmagan aktivlarning yuqori ulushi. Ayrim banklar o‘z kapitalini ko‘chmas mulklar yoki uzoq muddatli investitsiyalar orqali shakllantirayotgan bo‘lib, bu holat likvidlik va operatsion xavflar nuqtayi nazaridan noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. 172 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Shu bois, kapital tarkibi qisqa muddatli zaxiralar, likvid aktivlar va tezda mobilizatsiya qilinadigan resurslar bilan muvozanatlangan bo‘lishi lozim. Raqamli bank xizmatlarining rivojlanishi esa kapital boshqaruvida yangi bosqichni boshlab berdi. Kiberxavflar, texnologik xatoliklar va raqamli tahdidlar uchun maxsus “kapital bufer” (capital buffer for cyber risk) shakllantirish zarurati yuzaga keldi. Ayrim ilg‘or xorijiy banklar bu borada alohida kapital rezervlarini ajratmoqda. O‘zbekiston banklari ham bu tajribani joriy etish orqali raqamli xavflarga tayyor bo‘lishlari lozim. Zamonaviy bank faoliyatida kapital nafaqat moliyaviy zaxira, balki risklarga qarshi asosiy tamoyil, ishonch kafolati va barqarorlik omili sifatida qaralmoqda. Shu bois kapitalni boshqarish jarayonini samarali tashkil etish bugungi bank menejmentining eng muhim ustuvorliklaridan biridir. Bunda bir qator strategik yondashuvlar asosiy yo‘nalish sifatida e’tirof etiladi. Birinchidan, kapital yetarliligini doimiy monitoring qilish va ICAAP tizimlarini to‘liq joriy etish orqali banklar nafaqat regulyatorlar t

Доказательный фрагмент

«Bank capital is the basis of the financial stability of commercial banks, their ability to absorb risks and the possibility of expanding their activities.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bank capital is the basis of the financial stability of commercial banks, their ability to absorb risks and the possibility of expanding their activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bank capital, capital management, core capital (Tier 1), Basel III, riskga asoslangan boshqaruv, kapital zaxiralari., raqamli xavflar, Bank kapitali, ICAAP, kapitalni boshqarish, kapital diversifikatsiyasi, O‘zbekiston tijorat banklari, stress-test, qo‘shimcha kapital (Tier 2), kapital yetarliligi, yadro kapital (Tier 1), moliyaviy barqarorlik, strategik kapital siyosati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники