Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH DAVRIDA UCHROVCHI JANUB OMBOR PARVONASI (PLODIA INTERPUNCTELLA) ZARARKUNANDASIGA QARSHI FEROMON TUTQICHNI QOʻLLASH
Sulaymonov Inoyatullo Novatullo o‘g‘li · Mambetnazarov Asan Bisyenbayevich q.x.f.f.d (ilmiy- tadqiqot instituti katta ilmiy hodim.) · Rasulova Madina (instituti laboratoriya mudiri.)
Образовательные инновации и интеграция · 2021
Аннотация
Omborxonada saqlanayotgan qishloq xoʻjаligi mаhsulotlаriga zаrаri yuqori boʻlgаn janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella) zararkunandasiga qarshi feromon tutqichidan foydalanish yoritilgan. Kalit so’zlar. Omborxonada, feromon tutqich, janub ombor parvonasi, kurash, mаhsulotlаr. Аннотatsiя. На складе, феромонная ловушка, южная амбарная огнёвка, зашита, продукты. Ключевые слова. На складе, Тб, Южная амбарная огнёвка, феромон, борьба, продукты. Annotation. The use of a pheromone trap against the southern barn moth (Plodia interpunctella), a pest that causes significant damage to stored agricultural products, is discussed. Keywords. In pheromone trap, southern granary moth, protection, products. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6262-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5185-son Qarorida O‘simliklar karantini va himoyasida zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashda uyg‘unlashgan kurash tizimini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda samarali qarshi kurash olib borish saqlanayotgan ombor maxsulotlari zararkunandasiga qarshi samarali kurashish aytib o‘tilgan . https://scientific-jl.com 2 4 0 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bugungi kunda dunyo miqyosida aholi sonining intensiv o‘sib borishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham jadallik bilan ortib bormoqda. Ushbu holat insoniyatning oziq-ovqat mahsuldorligi yuqori bo‘lgan, sifatli va eksportbop meva mahsulotlariga bo‘lgan talabini ham ortishiga olib kelmoqda. Jahonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonida turli zararkunanda hasharotlar, xususan omborxonalarda saqlanayotgan mahsulotlarni saqlash davrida zarar yetkazadigan janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella) ning hosildorlikka katta zarar keltirmoqda. Xususan, omborxonada saqlanayotgan mahsulotlarga janub ombor parvonasi zarari ta’sirida 30-45% qismi nobud bo‘lishi aniqlangan. Shu jihatdan, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari keltirib chiqaradigan biozararlanishlarni aniqlash, ularni oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella Hübner) 1-rasim Lotincha (o‘zbek) nomi: Janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella Hübner) Kirill (o‘zbek) nomi: Janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella Hübner)Rus tilida nomi: Ambarnaya ognyovka (Plodia interpunctella Hübner) Ingliz tilida nomi: Indian meal moth (Plodia interpunctella Hübner) 1. Feromon tutqichlarining ahamiyati Janub ombor parvonasi – don, urug‘, quruq mevalar, yong‘oq, yem-xashak mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat omborlaridagi qimmatli mahsulotlarni zararlovchi asosiy ombor zararkunandalaridan biridir. Lichinkalari oziq moddalar bilan oziqlanib, ifloslanishi natijasida mahsulotning bozor qiymatiga va sanitar sifatlariga jiddiy putur yetkazadi. Feromon tutqichlar yordamida populyatsiyani erta aniqlash va samarali nazorat qilish imkoni yaratiladi. 2. Feromon modda tarkibi Janub ombor parvonasi uchun feromon tarkibida sis- 9-trans-12-tetradetsen-1-il-asetat (95%) sis-9-trans-12-tetradetsen-1-ol (5%) asosli ta’sir etuvchi modda sifatida ishlatiladi. U faqat erkak kapalaklarni jalb etadi va populyatsiyaning faolligini monitoring qilishda yuqori samara beradi. Feromonlar https://scientific-jl.com 2 4 1 49-son_1-to’plam_Iyul -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi rezina kapsula yoki maxsus dispenserlar ko‘rinishida bo‘lib, uzoq muddat hid tarqalishini ta’minlaydi. 3. Tutqichlarni o‘rnatish usuli Feromon tutqichlar omborxonalar, yetishtirish va qayta ishlash sexlari ichidagi zararkunandalarni kuzatish uchun har 100-120 m3 maydonga 1–2 dona miqdorida o‘rnatiladi. Ular 1,5–2 m balandlikda, ba’zi hollarda oziq-ovqat mahsulotlariga yaqin, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo oqimiga tushmaydigan joylarga ilib qo‘yiladi. Tutqichlar doimiy ravishda, yil davomida qo‘llaniladi va zarur holda almashtirilib boriladi. 4. Monitoring va nazorat yuritish Feromon tutqichlar har 3–5 kunda tekshirilib, ularda to‘plangan kapalaklar soni daftarida qayd etiladi. Agar bir tutqichda 7–10 ta yoki undan ko‘p kapalak aniqlansa, mexanik, kimyoviy yoki biologik kurash choralari ko‘riladi. Nazorat natijalari har hafta hisobot qilinadi va ombor sohasida zararkunandaga qarshi chora-tadbirlar rejalashtiriladi. 5. Iqtisodiy va ekologik samara Feromon tutqichlar zararkunandaning faolligini aniqlash, uning ommaviy tarqalishini oldini olish va insektitsidlarni faqat kerakli vaqtda qo‘llashga imkon beradi. Bu orqali mahsulotning saqlanish muddati uzayadi, chiqimlar kamayadi va oziq-ovqat xavfsizli
Доказательный фрагмент
«Omborxonada saqlanayotgan qishloq xoʻjаligi mаhsulotlаriga zаrаri yuqori boʻlgаn janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella) zararkunandasiga qarshi feromon tutqichidan foydalanish yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюOmborxonada saqlanayotgan qishloq xoʻjаligi mаhsulotlаriga zаrаri yuqori boʻlgаn janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella) zararkunandasiga qarshi feromon tutqichidan foydalanish yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- In pheromone trap, southern granary moth, protection, products, kurash, janub ombor parvonasi, Kalit so’zlar. Omborxonada, feromon tutqich, mаhsulotlаr.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025