Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PRAGMATIK LINGVISTIKA VA UNING FRAZEOLOGIYAGA TADBIQI
SCIENCE SHINE · Ibodullayeva Farangiza Shokir qizi · Ilmiy rahbar: PhD U.A.Jabborov
Свет науки · 1 · 41–58 · 2025
Аннотация
This article explores the intersection between pragmatic linguistics and phraseology. Phraseological units are analyzed not merely as semantic or structural constructs, but as pragmatic tools functioning within real communicative contexts. Based on theoretical frameworks proposed by J.L. Austin, J. Searle, and H.P. Grice - such as speech acts, implicature, presupposition, and deixis - the article examines the ways in which phraseological expressions convey meaning in context. Through comparative examples from English and Uzbek, the study highlights variations in contextual meaning, stylistic and emotional load, cultural connotations, and communicative function. The results demonstrate the significance of a pragmatic approach to phraseology, providing a scientific basis for its application in translation, language teaching, and intercultural communication. Keywords: phraseology, pragmatics, speech act, context, implicature, stylistics, intercultural communication, communicative function. 48 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 Kirish. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikda nutq jarayonida til birliklarining qo‘llanishiga, ya’ni tilning kommunikativ funksiyasiga e’tibor kuchaydi. Ayniqsa, tilning kontekstga bog‘liq holda qanday ishlashi, ma’no hosil qilishi va tinglovchiga qanday ta’sir ko‘rsatishi masalalari alohida yo‘nalish - pragmatik lingvistika doirasida o‘rganila boshlandi. Pragmatika – til birliklarining qo‘llanishidagi maqsadlilik, kontekstual bog‘liqlik, gapiruvchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqot tamoyillarini o‘rganadigan lingvistika sohasi bo‘lib, uning shakllanishida J.L. Ostin, J. Searle, H.P. Grice kabi olimlarning nutq aktlari nazariyasi, maxfiy ma’no (implikatura), presuppozitsiya, deiksis kabi tushunchalari muhim o‘rin tutadi. Tilshunoslikning yana bir muhim sohalaridan biri bu - frazeologiya bo‘lib, unda tilning ifodaviy vositalaridan biri bo‘lgan frazeologik birliklar - barqaror iboralar, maqollar, matallar, idiomalar va boshqa ko‘p so‘zli birliklar tahlil qilinadi. Frazeologik birliklar tildagi obrazlilik, emotsionallik, milliy madaniyat aks etgan noyob vositalar sifatida o‘rganiladi. Biroq bu birliklarning muloqotda qanday maqsadda, qanday konnotatsiyada, qanday kommunikativ niyat bilan ishlatilishi ko‘p hollarda chuqur tahlil qilinmaydi. Shu bois, ushbu maqolada tilshunoslikdagi ikki mustaqil yo‘nalish - pragmatika va frazeologiyaning tutashgan nuqtalarini aniqlash, ya’ni frazeologik birliklarga pragmatik yondashuv asosida baho berish, ularning kontekstda qanday kommunikativ vazifani bajarishini o‘rganish maqsad qilib qo‘yiladi. Chunki frazeologizmlar nafaqat leksik, balki konnotativ, stilistik, emotsional va pragmatik yuklamaga ega bo‘lgan birliklardir. Ularning real muloqotdagi ishlatilishi ko‘pincha ma’lum bir ijtimoiy- madaniy kontekstga, nutq egasining niyatiga, tinglovchi bilan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotning maqsadi: Frazeologik birliklarning pragmatik jihatdan ishlatilishini, ya’ni ularning kommunikativ kontekstda tutgan o‘rni, maqsadi va semantik o‘zgarishini tahlil qilish. Tadqiqot obyekti: Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklar. Tadqiqot predmeti: Mazkur frazeologik birliklarning pragmatik kontekstda ishlatilish xususiyatlari, ya’ni kommunikativ niyatga ko‘ra ma’no, uslub va ta’sirchanlikdagi o‘zgarishlari. Maqolaning dolzarbligi: Zamonaviy tilshunoslikda frazeologizmlarning faqat semantik yoki strukturaviy emas, balki pragmatik jihatdan ham o‘rganilishi zarur. Chunki zamonaviy kommunikatsiyada idiomatik ifodalar tinglovchiga ta’sir ko‘rsatish, kinoya, istehzo, iltimos, inkor, e’tiroz, ijobiy yoki salbiy baho bildirish 49 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 17(52), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.07.2025 kabi nozik ma’nolarni yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa til o‘rganish, tarjima, madaniyatlararo muloqot va til o‘qitish jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariy asoslar va adabiyotlar sharhi Pragmatik lingvistika tilshunoslikning eng zamonaviy va dinamik rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, u tilning faqat strukturaviy tomonlarini emas, balki kommunikativ aspektlarini chuqur tahlil etishga yo‘naltirilgan. Ushbu yondashuv til birliklarini real nutq jarayonida qanday qo‘llanilishi, gapiruvchining niyati, tinglovchining bu niyatni qanday tushunishi, kontekst, madaniy muhit, ijtimoiy rollar va kommunikativ strategiyalar kabi ko‘plab omillarni hisobga oladi. Pragmatika nazariy jihatdan ilk bor XX asr o‘rtalarida shakllana boshlagan bo‘lsa-da, uning asoslari klassik falsafiy tafakkurda, xususan, Aristotelning mantiqiy tafakkurida, shuningdek, stoiklar va antik falsafa an’analarida ko‘zga tashlanadi. Biroq zamonaviy lingvistik pragmatikaning nazariy poydevorini J.L. Ostin, J. Searle, H.P. Grice, D. Kaplan, P. Strawson kabi tilshunos-falsafachilar yaratganlar. Pragmatika fanining shakllanishiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan naza
Доказательный фрагмент
«This article explores the intersection between pragmatic linguistics and phraseology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the intersection between pragmatic linguistics and phraseology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseology, pragmatics, speech act, context, implicature, stylistics
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025