Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHE’RIY TARJIMADA SHAKL VA MAZMUN BIRLIGINI SAQLASH MASALASIGA DOIR AYRIM KUZATISHLAR (I.V. GYOTE “FAUST” ASARINING RUSCHA VA O‘ZBEKCHA TARJIMALARI MISOLIDA)
SCIENCE SHINE · TARJIMALARI MISOLIDA) · Yakubova Matluba Tajiboevna
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Maqolada I.V. Goethe’ning «Faust» asaridagi she’riy parchaning ruscha va o‘zbekcha tarjimalari shakl va mazmun birligi nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tarjimalarda asl matnga nisbatan ortiqcha misralar qo‘shilgani, natijada badiiy uslub va mazmunning buzilgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, N. Xolodkovskiy tarjimasi asliyatga nisbatan sodiqligi bilan ajralib turishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Goethe, Faust, tarjima, shakl va mazmun birligi, poetik tarjima, Pasternak, Xolodkovskiy, Vohidov, badiiy uslub, originalga sodiqlik. Ma’lumki, adabiyotshunoslik nazariyasida maxsus kategoriyalar sifatida o‘rganiladigan shakl va mazmun birligi masalasi tarjima nazariyasining ham muhim mavzularidan biridir. Chunki adabiy asarning badiiy (poetik) koloritini muqobil tarzda tarjimada qayta yaratish masalasi ko‘p jihatdan aynan shakl va mazmun birligining bir tildan ikkinchi tilga qaysi darajada va qaysi yo‘sinda “o‘tkazilgani”ga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z navbatida, badiiy o‘girma sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydigan asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Tabiiyki, tillarning (asl matn tili va tarjima tili) o‘ziga xos tabiati, semantik- strukturaviy xususiyatlari badiiy tarjima jarayonida mutarjim oldida qator murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Bu murakkabliklarni bartaraf etish proza tarjimasi uchun bir muncha osonroq kechishi mumkin, ammo she’riy tarjimada esa bu masala doim ham silliq kechmaydi. Chunki nasr qoidalariga nisbatan nazmning qoidalari bir muncha talabchan va “qat’iy”dir. Bu hol tarjimonning matnga ortiqcha aralashuviga yo‘l qo‘ymaydi. Masalaning mohiyati shundaki, muqobil tarjima yaratish tamoyillari aynan shuni talab qiladi. Zero, tarjima amaliyotida uchrab turadigan shakl va mazmun birligiga rioya etilmagan holda yaratilgan disproportsional tarjimalar aynan shu talabdan chetga chiqilganda namoyon bo‘ladi. Bunday paytda esa mutarjimning “tashabbusi” bilan 93 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025 “semiz” yoki aksincha “kifti qisq” kitoblar paydo bo‘ladi. Bunday holatda tarjima orqali asar muallifini qanday ahvolga solib qo‘yishni I.V. Gyote “Faust” asarining turli tarjimalari misolida ko‘rib chiqish mumkin. Misol sifatida “Faust” asarining “Alvasti oshxonasi” sahnasidagi Mefistofelning quyidagi satrlarini olamiz: Asl nemischa matn (I.V. Gyote): Entzwei! Entzwei! Da liegt der Brei! Da liegt das Glas! Es ist nur Spass, Der Takt, du Aas, Zu deiner Melodei. Ma’no tarjimasi: Sindir! Sindir! Mana bu bo‘tqa! Unaqa shisha! Bu hali hazil, Sen ovsarning kuyiga Monandgina bir nag‘ma. Ruscha tarjimalar: B. Pasternak tarjimasi: И мы содом Произведем, И поделом! Имей в виду! Все в прах, все вдрызг! У, василиск! Подымет визг! Я не твою Посуду бью- N. Хolodkovskiy tarjimasi (ancha yaqin): Раз бью, два бью Котел свалю Стряпню порою! Спой, морда, так Стучи я в такт 94 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025 Под песнь твою. O‘zbekcha tarjima (E. Vohidov): Biz turmaymiz jim Jim qilib ta’zim. Bilmabsan biz kim. Shoshmay tur hali, Singay devor, tom, Ushalgay tamom Sen qilgan taom. To‘kilgay bari Hali bu senga Hazilim halos Sening kuyinga Jo‘r bo‘lganim mos. Ko‘rinib turibdiki, faqat N. Khollodkovskiyning tarjimasi asl matnning shakl va mazmun birligini saqlab, muqobil tarzda ifoda eta olgan. B. Pasternak va E. Vohidov tarjimalarida esa matn hajmi mutlaqo o‘zgargan: Gyote matni 6 misra, Pasternakda esa 11 misra, Vohidovda esa 12 misragacha cho‘zilgan. Shuningdek, Gyote matnidagi “du Aas” undalmasi (“ovsarning”) har ikki tarjimada ham qoldirib yuborilgan, natijada obrazlilik va irooniya kuchsizlangan. Qofiyalanish jihatidan ham farq katta: - Gyote matni: a-a-b-b-b-a - Pasternakda: a-a-a-b-v-s-s-s - Vohidovda: a-a-a-b-v-v-v-b-g-s-g-s - Хolodkovskiy da esa yana yaqin: a-a-a-b-b-a Tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, butun tragediya davomida B. Pasternak asarga taxminan 600 misra qo‘shgan bo‘lsa, E. Vohidov o‘zbekcha tarjimasiga asliyatga aloqasi bo‘lmagan 1600 ta qo‘shimcha satr kiritgan. Bu holatda Pasternak tarjimasi Vohidov uchun asosiy namuna bo‘lib xizmat qilgan. Biroq shundan xulosa chiqishi mumkinki, rus tilida N. Khollodkovskiyning shakl va mazmun jihatdan asliga yaqin tarjimasi ham mavjud bo‘lgan va uni Vohidov namuna qilib olishi mumkin edi. Xulosa qilib aytganda: she’riy tarjimada shakl va mazmun birligini saqlash nafaqat matnning asliyatga yaqinligini, balki uning badiiy qiymatini, obrazlilik, 95 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025 ritmika va uslubini ham asrab qoladi. Bu masalada muqobil va mas’uliyatli yondashuv talab etiladi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. J.W.Goete. Faust. Berlin. 1966. 2. Go‘te.Faust (Perevod B. Pasternak). Moskva 1960. 3. Go‘te.Faust (Perevod N.Xolodkovskiy). Moskva (Det. Lit-pa)1969 4. Go‘te.Faust (e.Vaxidov tarjimasi) I- qism. Tashkent. 1972. 96
Доказательный фрагмент
«Maqolada I.V. Goethe’ning «Faust» asaridagi she’riy parchaning ruscha va o‘zbekcha tarjimalari shakl va mazmun birligi nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tarjimalarda asl matnga nisbatan ortiqcha mis…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada I.V. Goethe’ning «Faust» asaridagi she’riy parchaning ruscha va o‘zbekcha tarjimalari shakl va mazmun birligi nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tarjimalarda asl matnga nisbatan ortiqcha mis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shakl mazmun, she riy, mazmun birligi, science shine, shine international, international scientific, scientific journal
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026