К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA KREDIT BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Mahmudov Sherzod Shamsiddinovich

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

This scientific thesis analyzes the development trends, existing problems and future opportunities of the credit market in the Republic of Uzbekistan. The credit market, as an important component of the country's economy, plays a key role in financing the population and business entities. The thesis examines the current state of lending based on statistical data and justifies the need to improve the market through digital technologies, financial inclusion and ensuring territorial balance. In particular, optimization of interest rate policy, expansion of credit information systems, and creation of financial facilities for small businesses are presented as the main promising areas. At the end of the thesis, it is concluded that the sustainable and inclusive development of the credit market is an important factor in increasing the competitiveness of the Uzbek economy. Keywords:Credit market, commercial banks, credit portfolio, lending mechanism, interest rate, financing, collateral, digital banking services, financial inclusion, credit scoring, credit risk, financial stability, small business lending, 143 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference credit policy, regional imbalance, credit bureau, consumer credit, creditworthiness. Tahlil va natijalar O‘zbekiston Respublikasida kredit bozori so‘nggi yillarda sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Bu jarayon mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, bank-moliya tizimini liberallashtirish choralari va raqamli texnologiyalar joriy qilinishi bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish, kredit resurslarining maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kreditga kirish imkoniyatini kengaytirishga doir qadamlar bozorning jadallashuviga xizmat qilmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2020-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda umumiy kredit portfeli hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshgan. Xususan, iste’mol kreditlari ulushi ortib borgan bo‘lsa-da, investitsion loyihalarni moliyalashtirish yo‘nalishidagi kreditlar nisbatan sust o‘smoqda. Bu holat real sektorga yo‘naltirilgan moliyalashtirish imkoniyatlarining cheklanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, aholining qarzdorlik darajasi ortayotgani ham iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim omil hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kreditlash jarayonida bir qator tizimli muammolar mavjud. Avvalo, yuqori foiz stavkalari bank xizmatlaridan foydalanishni cheklamoqda. Masalan, 2023-yilda kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 24–26% atrofida bo‘lib, bu holat ko‘plab xonadonlar va kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy yukni og‘irlashtirmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda, garov ta’minoti talablarining murakkabligi va kreditga layoqatlilikni baholashdagi noaniqliklar ham kredit olish jarayonini qiyinlashtirmoqda. Kredit axborot infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmagani yana bir dolzarb muammodir. Hozirda mavjud bo‘lgan yagona kredit byurosi barcha moliyaviy subyektlar bilan yetarli darajada integratsiyalashmagan. Bu esa banklar uchun mijozlar to‘lovga layoqatliligini ishonchli baholashda to‘siq bo‘lib xizmat qilmoqda. Natijada, banklar kredit berishda ehtiyotkorlikni kuchaytiradi va bu bozor faolligining pasayishiga olib keladi. Hududiy nomutanosiblik ham kredit bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir. Toshkent shahri va yirik sanoat markazlarida bank filiallari ko‘pligi, infratuzilmaning rivojlanganligi kreditlash jarayonini faollashtirgan bo‘lsa-da, chekka hududlarda bank xizmatlarining mavjud emasligi yoki cheklanganligi moliyaviy inklyuziya darajasini past saqlab qolmoqda. Bu holat esa hududlararo iqtisodiy tengsizlikka zamin yaratadi. 144 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Biroq, mavjud muammolarga qaramasdan, bozorni rivojlantirish istiqbollari keng. Xususan, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali masofaviy kreditlash xizmatlari taklif qilinmoqda. Fintech kompaniyalar, raqamli bank ilovalari, onlayn kredit skoring tizimlari mijozlar uchun kredit olish jarayonini soddalashtirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, hukumat tomonidan kichik biznes uchun imtiyozli kredit liniyalari, subsidiya va kafolat mexanizmlari joriy etilayotgani ham kredit bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, kredit bozorini rivojlantirishda moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish ham muhim omil hisoblanadi. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda, ammo tizimli yondashuv zarur. Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida kredit mahsulotlari, foiz stavkalari va to‘lov shartlari haqida yetarlicha axborot tarqatilsa, bu kreditlarning maqsadli va oqilona sarflanishiga olib keladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston kredit bozorining ko‘lami va dinamikasi jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Bu jarayon Markaziy bank tomon

Доказательный фрагмент

«This scientific thesis analyzes the development trends, existing problems and future opportunities of the credit market in the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific thesis analyzes the development trends, existing problems and future opportunities of the credit market in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Credit market, commercial banks, credit portfolio, lending, kreditga layoqatlilik., kichik biznes kreditlash, kredit skoring, garov, moliyaviy inklyuziya, raqamli bank xizmatlari, moliyaviy barqarorlik, iste’mol krediti, hududiy nomutanosiblik, Kredit bozori, kredit portfeli, kreditlash mexanizmi, kredit riski, foiz stavkasi, moliyalashtirish, kredit byurosi, tijorat banklari, kredit siyosati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники