К содержанию
РецензированоUZ2026

TIJORAT BANKLARIDA KOMPLAYENS FUNKSIYASINING ICHKI NAZORAT TIZIMIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Xoliqov Nozir Nozim o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 14–21 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda tijorat banklari faoliyatida komplayens funksiyasining ichki nazorat tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Komplayens nazorati bank operatsiyalarining milliy va xalqaro qonunchilikka muvofiqligini ta'minlash, moliyaviy jinoyatlarning oldini olish va axloqiy me’yorlarga rioya etilishini nazorat qilish vositasi sifatida qaraladi. Tezisda ichki nazorat tizimi doirasida komplayens funksiyasining integratsiyalashuvi, uning asosiy vazifalari va zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Shuningdek, “Agrobank” ATB misolida komplayens tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Natijada, komplayens funksiyasi bank faoliyatining barqarorligini ta’minlashda strategik ahamiyat kasb etuvchi asosiy omil sifatida e’tirof etiladi. Kalit soʻzlar: tijorat banklari, komplayens funksiyasi, ichki nazorat tizimi, bank xavflari, qonunchilikka muvofiqlik, moliyaviy monitoring, AML/CFT, bank boshqaruvi, axloqiy standartlar, “Agrobank” ATB, raqamli komplayens, risklarni boshqarish, huquqiy nazorat, mijozlarni identifikatsiyalash (KYC), bank shaffofligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati keng ko‘lamli moliyaviy operatsiyalar, tezkor qaror qabul qilish va yuqori darajadagi xavf omillari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda bank tizimida qonunchilik talablari va xalqaro moliyaviy standartlar keskin yangilanayotgani, shuningdek, raqamli texnologiyalar joriy etilayotgani ushbu muassasalarda muvofiqlik (komplayens) funksiyasining dolzarbligini yanada oshirmoqda. Komplayens – bu bank faoliyatining barcha jabhalarida qonunlar, ichki me’yorlar va axloqiy standartlarga rioya etilishini ta’minlovchi tizimli nazorat jarayonidir. Ichki nazorat tizimi tarkibida komplayens funksiyasi alohida o‘rin egallab, xatarlarni erta aniqlash, firibgarliklar va huquqbuzarliklarning oldini olish, hamda mijozlar ishonchini mustahkamlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Ayniqsa, xalqaro sanksiyalar, pul yuvishga qarshi kurashish va mijozlarni identifikatsiyalash (KYC) bo‘yicha talablar kuchaygan bir davrda komplayens tizimi banklarning barqaror rivojlanishida strategik vosita sifatida maydonga chiqmoqda. 135 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Bugungi kunda tijorat banklari faoliyatida xavfsizlik, qonuniylik va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, bank tizimiga nisbatan regulyatorlar tomonidan qo‘yilayotgan talablarning ortishi, xalqaro moliyaviy bozorlar bilan integratsiyalashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari banklar faoliyatining yanada murakkab va xavfli tus olishini ta’minlamoqda. Bunday sharoitda komplayens funksiyasi — ya’ni bank faoliyatining barcha bosqichlarida qonunchilikka, ichki tartib-qoidalarga va axloqiy normalarga rioya etilishini ta’minlovchi tizim — ichki nazorat tizimining ajralmas va strategik tarkibiy qismiga aylangan. Komplayens (Compliance) atamasi bank faoliyatida “muvofiqlikni ta’minlash” degan ma’noni anglatadi. Bu funksiyaning vazifasi shundaki, u bankning barcha bo‘limlari va xodimlarining faoliyatini ichki siyosatlar, milliy qonunchilik, xalqaro moliyaviy regulyatsiyalar va axloqiy tamoyillarga muvofiqligini ta’minlaydi. Komplayens tizimi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi. Tijorat banklarida komplayens funksiyasi huquqiy, axloqiy va operatsion jihatdan muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bir necha asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi. Birinchidan, huquqiy nazorat — bu bankning barcha faoliyat turlarini milliy qonunchilik va xalqaro regulyativ talablar bilan muvofiqligini ta’minlashdir. Bu yo‘nalish bank operatsiyalarini qonunbuzarliklarsiz olib borishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ikkinchidan, axloqiy me’yorlar nazorati orqali bank xodimlari faoliyatining axloqiy tamoyillarga mosligi doimiy nazorat qilinadi. Bu esa, o‘z navbatida, ichki madaniyat va mijozlar bilan ishonchli munosabatlar shakllanishiga xizmat qiladi. 136 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Huquqiy nazorat Axloqiy me’yorlar nazorati KYC (Know Your Customer) Reputatsion risklarni boshqarish 1-rasm. Tijorat banklarida komplayens funksiyasining asosiy yo‘nalishlari Manba: Muallif ishlanmasi. Shuningdek, komplayens tizimining muhim komponentlaridan biri bu — KYC (Know Your Customer) mexanizmi hisoblanadi. U mijozlarni aniqlash, ularning hujjatlarini tekshirish va risk darajasini baholash orqali firibgarlik va pul yuvish kabi salbiy holatlarning oldini olishga yordam beradi. Nihoyat, reputatsion risklarni boshqarish funksiyasi bank obro‘sini xavf ostiga qo‘yuvchi xatti-harakatlar va vaziyatlarni erta aniqlab, oldini olish choralarini ishlab chiqadi. Ushbu barcha yo‘nalishlar birgalikda komplayens tizimining ichki nazoratdagi rolini mustahkamlaydi. Banklarda ichki nazorat tizimi — bu faoliyatni rejalasht

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda tijorat banklari faoliyatida komplayens funksiyasining ichki nazorat tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda tijorat banklari faoliyatida komplayens funksiyasining ichki nazorat tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
komplayens funksiyasi, CFT, moliyaviy monitoring, qonunchilikka muvofiqlik, ichki nazorat tizimi, bank boshqaruvi, axloqiy standartlar, bank shaffofligi., huquqiy nazorat, AML, mijozlarni identifikatsiyalash (KYC), bank xavflari, tijorat banklari, raqamli komplayens, “Agrobank” ATB, risklarni boshqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники