К содержанию
РецензированоRU2026

FORSIY SHE’RIYATDA G‘AZAL

FORSIY SHE’RIYATDA G‘AZAL · Jo‘rayeva Mahliyo Dusmurod qizi · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU · ORCID ID: ---

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В статье представлен сборник уникальных открытий, сделанных поэтами, включая совершенствование жанра газели в персидской поэзии, обновление образом и мотивов, приёмовизображения и научный подход к ним. Ключевие слова: персидская газель, возлюбленный, возлюбленная, имена пророков, аяты Корана Annotation. This article presents a collection of unique discoveries discovered by poets, including the improvement of the ghazal genre in Persian poetry, updated images and motifs, methods of depiction, and a scientific approach to them. Key words: Persian ghazal, lover, names of prophets, verses of Kur’an Kirish. Arab adabiyotida vujudga kelgan g‘azal fors she’riyatida iste’dodli fors shoirlarining mehnatlari samarasi o‘laroq ma’lum qonun-qoidalar asosida shakllandi, rivojlandi, janrga yangi obraz va motivlar, tasvir usullari kiritildi. Bunday shoirlarning dastlabki jamoasi Abu Shakuriy, Shohidi Balxiy, Rudakiy, Daqiqiy, Farruxiy, Unsuriy kabi ijodkorlardir. Asosiy qism. Dastlab ishqiy she’rlarda dunyoviy tuyg‘ular, ideal hayot tarzi, o‘yin-kulgu, ayol vasfi yetakchilik qilgan. She’rlarda sevgilining jismoniy go‘zalliklari kuylanib, bunda arab shoirlarining tashbehlaridan keng foydalanildi. Jumladan, Daqiqiy yor yuzini to‘lin oyga, labini qirmizi yoqutga, bo‘yini sarv daraxtiga o‘xshatadi va sevgilisini sarvi sanobar bo‘ylik, qora ko‘zlik, shakkarlab, parichehra bir go‘zal, ammo ayyor ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Armutlu ma’lumotlariga ko‘ra, Rudakiy nasiblariga ham arabcha she’rlardagi mazmun- mohiyat, shakl-shamoyil ko‘chgan, yor vasfi, ishq tasviri, ifoda yo‘nalishi bir-biriga o‘xshash. Uning asarlarida ham yor yuzi oydek nurafshon, ko‘zi qora, sochi anbar hidli, bo‘yi sarv daraxtidek tik etib tasvirlanadi. Bu kabi tasvirlar bilan birga shoirning originalligini namoyish etadigan go‘zal satrlar ham borki, ularni fors she’riyatidagi yangilik sifatida ko‘rishimiz mumkin. Xususan, yorning yashash hududiga oid jumlalar fors ishqiy she’riyatida Rudakiygacha hech bir shoir ijodida uchramagan. Rudakiyning “Ko‘ngil Buxoroda Taroz go‘zallarida” jumlalari fors adabiyotida yor maskanining ilk tasvirlari edi. Shuningdek, arab g‘azallarida “sajda” tushunchasi ko‘pincha “yor” bilan aloqador tasvirlansa, Rudakiyda yor bosgan izlar, tuproq bilan aloqador. Quyidagi misrada so‘zimizning isbotini ko‘ramiz: “ رازھ اروت نيمز نآ کاخ مرب هدجس” “Sen bosgan yerning hokiga minglarcha sajda etaman”. Rudakiyning yana bir buyuk topilmalaridan biri esa yor zulfining gajagini jimga, jimdagi nuqtani yorning yuzidagi xolga o‘xshatishidir: 90 درک هک نآ درک هک ميج ار وت فلز درک ميج نآ ۀطقن ار وت لاخ “Sening sochingni kim jim aylagan bo‘lsa, yuzingdagi xolni ham o‘sha jimning nuqtasi qilibdi”. Keyinchalik forsiy va turkiy adabiyotda ommalashib ketgan bu o‘xshatishni dastlab Rudakiy qo‘llagan. G‘azallarda payg‘ambar nomlarini Yusuf va Yaqub alayhissalomlar misolida dastlab Rudakiy kiritgan. Rudakiydan so‘ng Daqiqiy yorni va uning go‘zalligini Yusuf payg‘ambarga, oshiq hamda uning azob-uqubatlarini uning otasi Yaqubga mengzagan. Shu tarzda adabiyotda bu ta’riflar an’anaga aylanib bordi va fors adabiyotining arab adabiyoti ta’siridan chiqib, mustaqil bo‘lishiga zamin hozirladi. Garchi fors shoirlari mavzu, g‘oya, mazmun va mohiyatni yoritishda arab she’riyatidan namuna olgan bo‘lsalar-da, she’rlarida noyob topilmalar qilib, o‘xshashi yo‘q tashbehlar qo‘lladilar. Ularning g‘azallari orqali ilk marta payg‘ambar nomlari, Qur’on oyatlari ishqiy she’riyatga kirib keldi. Bu, albatta, fors shoirlarining naqadar buyuk iste’dod egasi ekanligidan dalolat beradi [1:146]. Fors adabiyotining buyuk qasidanavis shoirlaridan biri XI asrda yashab ijod etgan, G‘aznaviylar saroyining malik ush-shuarosi hisoblangan Unsuriy (vaf.1039) ishqiy she’rlari ham o‘ziga xos. Browne [2:120], Rypka [3:170], Şafak [4:152], Armutlu [1:128] singari olimlar fikriga ko‘ra, qasidalarini oshiqona nasiblar bilan boshlagan ushbu shoir she’rlari arab g‘azallariga o‘xshash. Xususan, ko‘z nargizga, yanoqlar oyga, bo‘y sarvga o‘xshatiladi. Yorning halqasimon va anbar hidli zulfi, sharob rangidagi va shakardek dudoqlari oshiqni o‘ziga asir etadi. Unsuriy ham o‘zidan avvalgi shoirlar kabi arab adabiyotidagi o‘xshatmalardan foydalangani holda o‘z san’atkorlik qobiliyatini namoyish etib, oxorli topilmalar qiladi. Xususan, g‘azallarida sochni halqadek tasvirlash arab adabiyotidan ko‘chgan bo‘lsa, uni kofir rangida bo‘lishi, yor yuzidagi nur esa musulmonlar uchun ezgulik alomati sifatida tasvirlash adabiyotda bir yangilik edi. Bu kabi islomiy o‘xshatishlarni fors shoirlari g‘azallarida ko‘plab uchratish mumkin. Xulosa. G‘azal dastlab arab adabiyotida an’anaviy qasidaning kirishidagi ishqiy she’rlar o‘laroq vujudga keldi. Vaqt o‘tishi va ijtimoiy-siyosiy hayotning o‘zgarishi bilan g‘azal ham rivojlanib alohida bir janr o‘laroq bo‘y ko‘rsata boshladi. Rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi, tasvir usuli, g‘azal o‘quvchi va tinglovchilar ko‘lami, shoirlarning ijtimoiy kelib chiqishi hamda g‘azalda ifodalangan

Доказательный фрагмент

«В статье представлен сборник уникальных открытий, сделанных поэтами, включая совершенствование жанра газели в персидской поэзии, обновление образом и мотивов, приёмовизображения и научный подход к ним.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлен сборник уникальных открытий, сделанных поэтами, включая совершенствование жанра газели в персидской поэзии, обновление образом и мотивов, приёмовизображения и научный подход к ним. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Persian ghazal, lover, names of prophets, verses of Kur’an, payg‘ambar nomlari, Qur’on oyatlari, oshiq, yor, forsiy g‘azal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

5