К содержанию
РецензированоUZ2022

Yangi sars-cov-2 omikron shtammidagi bolalarda covid-19 klinik kechish xususiyatlari

Elmurodova A. A.

Научные статьи · 2022

Аннотация

Bizning tadqiqotimiz COVID-19 bilan kasallangan bolalarning klinik xususiyatlarini aniqlash, davolovchi shifokorlarga shubhali bolalarni imkon qadar tezroq tasdiqlash va davolashga yordam berish va bolalarda COVID-19 bo'yicha ko'rsatmalarni ishlab chiqishga yordam berishga qaratilgan. O’tkazilgan tadqiqotda 2022 yil yanvar oyidan iyul oyi davomida Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusli infeksiya tashhisi bilan yotib davolangan 90 nafar bemor bolalar oʼrganildi. Bemor bolalarning yotib davolangan vaqtidagi obʼektiv holati, kasallik tar- ixi, demografik maʼlumotlar, kasallikning klinik koʼrinishi, hamroh kasalliklar, laborator va immunologik tahlili natijalari hamda oʼpka rentgenologik tasvirlari umumlashtirildi va tahlil qilindi. Barcha bemorlarda SARS-CoV-2 in- feksiyasi laborator tasdiqlangan (joriy vaqtda SARS-CoV-2 uchun maxsus boʼlgan PZR natijalari musbat). Barcha ko’rib chiqilgan holatlarda bolalarda COVID-19 belgilari kuzatilgan. Anamnestik ma’lumotlarni yig’ish jarayoni shuni ko'rsatdiki, 83% (n=75) holatlarda bemorlarning oila a'zolari COVID-19 bilan kasallangan. Bemor bolalar yosh guruhi jixatidan o’rganilganda, 0-1 yosh 10,5% (n=9), 2-5 yosh 37,5% (n=34), 6-14 yosh 32% (n=29) va 15-17 yosh 20% (n=18) ni tashkil qildi. Bolalarning 78% (n=70) kasallikning yengil va 22% (n=20) og'ir holatlarga to’g’ri keladi.

Доказательный фрагмент

«Bizning tadqiqotimiz COVID-19 bilan kasallangan bolalarning klinik xususiyatlarini aniqlash, davolovchi shifokorlarga shubhali bolalarni imkon qadar tezroq tasdiqlash va davolashga yordam berish va bolalarda COVID-19…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bizning tadqiqotimiz COVID-19 bilan kasallangan bolalarning klinik xususiyatlarini aniqlash, davolovchi shifokorlarga shubhali bolalarni imkon qadar tezroq tasdiqlash va davolashga yordam berish va bolalarda COVID-19… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники