МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
AYOLLAR SPORT KURASHINING JISMONIY TAYYORGARLIK USULLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI
Fayzullayeva Maftuna Lutfulla qizi · AND THEIR EFFECTIVENESS (Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti,)
Talqin va tadqiqotlar · 36-39 · 2026
Аннотация
This article analyzes the main directions, methods, and effectiveness of physical training in women's wrestling. Based on the athlete’s age, physiological condition, sports experience, and competition level, a framework for planning physical training, monitoring functional status, and improving sports performance is substantiated. The study highlights the advantages of modern training technologies, the balance of intensity and volume, as well as types of loads adapted for female wrestlers and their impact on athletic outcomes through practical examples. Keywords: women's wrestling, physical preparation, training methods, endurance, agility, strength, effectiveness, sports physiology, functional training. Kirish.So‘nggi yillarda ayollar sport kurashi xalqaro sport maydonlarida o‘z o‘rnini topib bormoqda. Bu sohada O‘zbekiston sportchilari ham salmoqli natijalarga erishmoqda. Ayollarning kurashdagi muvaffaqiyati faqatgina texnik va taktik tayyorgarlik emas, balki yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ham bevosita bog‘liqdir.Ayollar organizmining anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlari mashg‘ulot jarayoniga erkaklarga nisbatan boshqacha yondashishni talab etadi. Shu sababli, ayollar sport kurashida qo‘llaniladigan jismoniy tayyorgarlik metodlari chuqur o‘rganilishi va moslashtirilgan holda qo‘llanilishi zarur. Maqolaning maqsadi — ~ 97 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) ayollar sport kurashida samarali jismoniy tayyorgarlik tizimini tavsiflab, amaliy takliflar berishdan iborat. Ayollar sport kurashi jahon sport tizimida tobora rivojlanib borayotgan yo‘nalish bo‘lib, unda jismoniy tayyorgarlik muhim o‘rin egallaydi. Ayollar organizmining fiziologik va psixologik xususiyatlari erkaklarnikidan farq qilgani sababli, ularga moslashtirilgan mashg‘ulot metodikasi va yondashuvlar talab etiladi. Mazkur maqolada ayol kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini shakllantirishda qo‘llaniladigan usullar, ularning samaradorligi va individuallashtirish tamoyillari tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi: Ayol sportchilar uchun samarali jismoniy tayyorgarlik usullarini aniqlash va ularni qo‘llash natijasida erishilgan sport natijalarini ilmiy asosda tahlil qilish. Tadqiqot vazifalari: 1. Ayollar sport kurashining o‘ziga xos jismoniy tayyorgarlik talablari va fiziologik xususiyatlarini tahlil qilish; 2. Jismoniy tayyorgarlikning asosiy komponentlarini (kuch, chidamlilik, tezlik, epchillik, muvozanat) aniqlash va ularni baholash mezonlarini ishlab chiqish; 3. Turli jismoniy tayyorgarlik usullarini (an’anaviy, plyometrik, funksional, individual yondashuvli) sinovdan o‘tkazish va ularning samaradorligini solishtirma tahlil qilish; 4. Tadqiqot natijalari asosida jismoniy tayyorgarlikning optimal metodikasini shakllantirish va ayol sportchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish; Tadqiqot predmeti. Jismoniy tayyorgarlik usullarining samaradorligi, ularning kuch, chidamlilik, tezlik, muvozanat va egiluvchanlik kabi komponentlarga ta’siri. Asosiy qism. Ayollar sport kurashida yuqori natijalarga erishishida ularning fiziologik va biologik xususiyatlari muhim rol o‘ynaydi. Ayol sportchilarning tanasi erkaklarnikidan morfologik va gormonal jihatdan farq qilgani sababli, mashg‘ulot jarayonida bu omillarni inobatga olish juda muhimdir. Birinchidan, ayollarda mushak massasining nisbatan kamligi va mushak tolalarining hajmiy jihatdan kichikligi ularning kuch ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi. Bu holat maksimal kuch yuki bilan ishlashda va kuchga asoslangan mashqlarda individual yondashuvni talab etadi. Ikkinchidan, suyak tuzilmasining o‘ziga xosligi — ya’ni suyak zichligining pastligi va bo‘g‘imlarning nisbatan elastikligi — jarohatlar xavfini oshiradi. Shu bois og‘ir yuklamali mashqlarda biomekanik muvozanat va texnika to‘g‘riligini ta’minlash juda muhim sanaladi. Uchinchidan, ayollarda gormonal o‘zgaruvchanlik ayniqsa hayz tsikli davrida salomatlik, chidamlilik, mushak kuchi va psixo-emotsional holatga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tsiklning follikulyar bosqichida (1–14- kunlar) mushak kuchi va chidamlilik yuqori bo‘lib, mashg‘ulotlar samaradorligi ~ 98 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) oshadi. Luteal bosqichda esa organizm stressga sezuvchanroq bo‘lib, mashg‘ulot intensivligini pasaytirish tavsiya etiladi. To‘rtinchidan, ayollarda yurak-qon tomir tizimining fiziologik xususiyatlari (kichikroq yurak o‘lchami, yurak chiqarish hajmining pastligi, yuqoriroq puls ko‘rsatkichi) aerob va anaerob yuklamalarni rejalashtirishda farqni hisobga olishni talab qiladi. Shu bois, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini ayollar uchun individual tarzda rejalashtirish, ularning gormonal sikli, mushak salohiyati, yurak-qon tomir va suyak- mushak tizimining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, moslashtirilgan mashg‘ulot dasturlarini qo‘llash – yuqori sport natijalarining kafolatli omilidir. Kuch – raqibga qars
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the main directions, methods, and effectiveness of physical training in women's wrestling.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the main directions, methods, and effectiveness of physical training in women's wrestling. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- women's wrestling, physical preparation, training methods
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеНазарова Шаҳло2017
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021