К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR EVOLYUTSIYASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA ULARNING MULK HUQUQIGA TA’SIRI

Xudаibergenоvа Dilnоzа Ulugʻbek qizi · Худайбергенова Дилноза Улугбековна

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

This article explores the transformative impact of digital technology evolution on property rights, particularly their constitutional-legal foundations. It examines how new digital assets—such as NFTs, metaverse land, AI products, and algorithmic content—are reshaping traditional ownership concepts. The study highlights legislative gaps in Uzbekistan where such digital property is not yet legally recognized and argues for modernization based on international practices, including the EU’s Data Act, UN’s Digital Human Rights Charter, and OECD reports. Keywords: digital technologies, property rights, constitutional foundations, NFT, metaverse, artificial intelligence, functional ownership, digital identity, blockchain, digital sovereignty, jurisdiction, legal protection, civil code, Data Act, digital property. Zamonaviy jamiyat raqamli texnologiyalar evolyutsiyasi ta’sirida misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarib bormoqda. Internet, sun’iy intellekt (AI), bulutli texnologiyalar, blokcheyn, metaverse, NFT, aqlli qurilmalar va boshqa raqamli innovatsiyalar turmush tarzimiz, iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy aloqalar va eng muhimi — huquqiy institutlar shakliga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu o‘zgarishlar orasida mulk huquqi eng dolzarb va eng sezilarli transformatsiyaga duch kelayotgan huquqiy institutlardan biri hisoblanadi 2. An’anaviy huquqiy tizimlarda mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqlari, asosan, moddiy ob’ektlarga — yer, bino, texnika, mahsulot kabi real mulklarga nisbatan qo‘llanilgan. Biroq 21-asrda mulk ob’ektlari tushunchasi kengayib, u endi raqamli shakldagi, nomoddiy va virtual obyektlarni ham o‘z ichiga ola boshladi. Masalan, NFT (non-fungible token) texnologiyasi orqali yaratilgan raqamli san’at asarlari, metaverse muhitidagi raqamli yerlar va avatarlar, algoritmik 2 Schwab, K. The Fourth Industrial Revolution. Geneva: World Economic Forum, 2016. ~ 69 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) kodlar, sun’iy intellekt mahsulotlari, raqamli identifikatorlar kabi obyektlar bugun jahon bo‘ylab real iqtisodiy qiymatga ega bo‘lib, egalik huquqi obyektiga aylangan 3. Bunday yangi shakldagi raqamli aktivlar, o‘z navbatida, klassik mulk huquqi mexanizmlari uchun yangi huquqiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan obyektlarning oson nusxalanishi, tezkor ko‘chiriluvchanligi, transchegaraviy muomalada bo‘lishi va egalikni texnologik vositalar (masalan, shifrlangan kalitlar yoki smart-kontraktlar) orqali amalga oshirilishi — bu institutni faqat huquqiy emas, balki texnologik fenomen sifatida ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda 4. O‘zbekiston ham bu global jarayonlardan chetda emas. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mamlakatda raqamli transformatsiya jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda. Elektron hukumat, elektron arxivlar, ochiq ma’lumotlar portallari, raqamli ta’lim tizimi, elektron notariat, elektron reyestrlar kabi platformalar keng joriy etilmoqda. Lekin bu texnologik yutuqlarning huquqiy asoslari — ayniqsa, raqamli mulkka egalik va uni huquqiy himoya qilish mexanizmlari — hali to‘liq shakllanmagan 5. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining amaldagi tahririda mulk huquqi faqat moddiy ob’ektlar bilan bog‘langan. Raqamli aktivlar yoki sun’iy intellekt mahsulotlari mustaqil mulk obyektlari sifatida tan olinmagan. Bu esa, yangi turdagi egalikni tan olish, huquqiy himoya qilish, yurisdiksiya aniqlash va nizolarni hal etish kabi masalalarda aniq normalarning yo‘qligini anglatadi 6. Dunyo davlatlarida esa bu borada aniq huquqiy yondashuvlar shakllanmoqda: Yevropa Ittifoqining “Data Act” (2023) hujjatida raqamli resurslarga egalik qilish nafaqat huquqiy asos, balki foydalanish, boshqarish va nazorat qilish imkoniyati orqali aniqlanishi belgilangan. Bu yondashuv “funksional egalik” tamoyiliga asoslanadi 7. OECD tomonidan 2021 yilda ishlab chiqilgan hisobotda esa egalik masalasida asosiy e’tibor “nazorat qiluvchanlik” mezoniga qaratilgan — ya’ni kim texnologiyani real boshqara olsa, egasi ham shu bo‘ladi 8. BMTning “Digital Human Rights Charter” (2022) konsepsiyasida raqamli makonda egalik qilish insonning fundamental huquqlaridan biri sifatida tan olingan. Bu esa shuni anglatadiki, raqamli mulkka egalik endi shaxsning erkinligi va huquqiy 3 Tapscott, D., & Tapscott, A. . Blockchain Revolution: How the Technology Behind Bitcoin and Other Cryptocurrencies is Changing the World. 2018. 4 De Filippi, P., & Wright, A. Blockchain and the Law: The Rule of Code. Harvard University Press.2018. 5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PQ–6079-son qarori. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2020. 6 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. (Amaldagi tahrir). 15-bob“Mulk huquqi”1997. 7 European Commission. Proposal for a Regulation on harmonised rules on fair access to and use of data

Доказательный фрагмент

«This article explores the transformative impact of digital technology evolution on property rights, particularly their constitutional-legal foundations.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the transformative impact of digital technology evolution on property rights, particularly their constitutional-legal foundations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital technologies, property rights, constitutional foundations, NFT
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3
[3]ФилологияUZРецензированоОткрытый доступ
ALISHER NAVOI’S LOVE FOR THE TURKISH LANGUAGE

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИАбдурахмон Гузель2022

3