К содержанию
РецензированоUZ2026

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SAYLOVCHILARNING SIYOSIY ONGINI SHAKLLANTIRISHDAGI HUQUQIY VA INSTITUTSIONAL ROLI

Ashurov Alisher Gʻulom oʻgʻli (INSTITUTSIONAL ROLI)

Talqin va tadqiqotlar · 36 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarining (OAV) saylov jarayonlarida saylovchilar siyosiy ongini shakllantirishdagi oʻrni huquqiy va institutsional nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Siyosiy ong tushunchasi va uning tarkibiy qismlari ochib berilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda OAV toʻgʻrisidagi qonunlar doirasida axborot erkinligini taʼminlash va axborotning ishonchliligini nazorat qilish masalalari yoritiladi. Maqolada OAVning siyosiy kommunikatsiya jarayonidagi funksiyalari va ularga doir nazariyalar gʻoyalari sharhlangan. Xalqaro tajriba misolida (AQSh, Germaniya va YeI davlatlari) raqamli platformalar davrida siyosiy kommunikatsiyadagi manipulyatsiya, dezinformatsiya, “feyk news” va “filter bubble” kabi hodisalar tahlil qilinib, ularga qarshi huquqiy choralar koʻrib chiqiladi. Kalit soʻzlar: ommaviy axborot vositalari, siyosiy ong, siyosiy kommunikatsiya, saylovchilar, axborot erkinligi, manipulyatsiya, dezinformatsiya, feyk xabarlar, raqamli platformalar. Kirish. Har bir demokratik jamiyatda saylovchilarning siyosiy ongi darajasi va ularning maʼlumotli qaror qabul qilishi davlat boshqaruvi legitimligi va barqarorligining muhim omili sanaladi. Fuqaro oʻz siyosiy pozitsiyasini ongli ravishda shakllantirish uchun zarur axborotni erkin olish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi hamda istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga egaligi mustahkamlangan [1; 33-modda]. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 128-moddasida fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi kafolatlanadi [1; 128-modda]. Bu huquqlarning amalga oshishi uchun jamiyatda erkin va ishonchli axborot muhiti boʻlishi, ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar siyosiy jarayonlar haqida toʻlaqonli xabardor etilishi zarur. Ommaviy axborot vositalari zamonaviy demokratik jamiyatda “toʻrtinchi hokimiyat” sifatida eʼtirof etiladi. Ular siyosiy kommunikatsiya kanalining asosiy boʻgʻini boʻlib, fuqarolarni siyosiy axborot bilan taʼminlash, ularning dunyoqarashi va siyosiy pozitsiyasini shakllantirishga bevosita taʼsir koʻrsatadi [2; B. 219]. Siyosiy ijtimoiylashuv nazariyasiga koʻra, shaxslar siyosiy qadriyat va eʼtiqodlarni jamiyatdagi ~ 26 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 8(66) turli institutlar orqali oʻzlashtiradi. Bunda OAV oila, maktab kabi birlamchi ijtimoiy institutlardan keyin eng muhim ikkilamchi ijtimoiylashtiruvchi agent hisoblanadi. Sotsiolog olimlar Gabriel Almond va Sidney Verba fuqarolarning siyosiy madaniyatini oʻrgangan tadqiqotlarida jamiyatdagi siyosiy ong va qadriyatlar tizimi demokratik barqarorlikka bevosita taʼsir qilishini koʻrsatgan edilar [3; B. 14]. Ular taʼriflagan “fuqarolik madaniyati” konsepsiyasida aholining siyosiy jarayonlarda ishtirok etish faolligi va xabardorlik darajasi muhim omillar sifatida keltiriladi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari orqali siyosiy axborot uzatishda uning qanday talqin qilinishi va auditoriyaga yetkazilishi saylovchilarning siyosiy ongida turlicha aks etadi. Mass-media siyosiy axborotning asosiy manbai boʻlib, fuqarolarning muayyan masalalarga doir fikrini shakllantiradi, muhokama doirasini belgilaydi va hatto ularning siyosiy xulq-atvorini yoʻnaltirishi mumkin. Shu sababli aksariyat davlatlarda OAV faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish va institutlashtirish masalasi dolzarbdir. Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonunida OAV erkinligi qonun darajasida kafolatlanib, ular Konstitutsiya va boshqa qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishi belgilangan [4; 1-modda]. Ushbu qonunga binoan, ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, olish va tarqatish huquqidan foydalanadi, biroq ayni paytda tarqatilayotgan axborotning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun qonun oldida javobgar boʻladi. Oʻzbekistonda senzura qonunan taqiqlangan boʻlib, hech kim OAV chiqayotgan materiallarni oldindan kelishishni yoki ularni toʻliq yoki qisman efirga qoʻymaslikni talab qilishga haqli emas [1; 82-modda]. Bu normalar axborot erkinligini taʼminlashga qaratilgan boʻlsa-da, axborotdan suiisteʼmol qilish – yaʼni yolgʻon yoki buzgʻunchi xabarlar tarqatish holatlarini ham oldini olish zaruriyatini yuzaga chiqaradi. Global axborot makonining bugungi rivojlanish bosqichida, xususan raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlarning paydo boʻlishi bilan, saylovchilar siyosiy ongiga taʼsir oʻtkazish mexanizmlari yanada murakkablashdi. Facebook, Twitter (X), YouTube, Telegram, TikTok kabi platformalar nafaqat anʼanaviy OAVga qoʻshimcha axborot manbaiga, balki baʼzan yolgʻon xabarlar va manipulyativ kontent tarqalish maydoniga aylandi. Bu esa butun dunyoda saylov jarayonlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan dezinformatsiya, “feyk news” kabi salbiy hodisalarga qarshi huquqiy choralar ishlab chiqishga undamoqda. Masalan, AQShda soʻz erkinligi Konstitutsiya Birinchi tuzatishi bilan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarining (OAV) saylov jarayonlarida saylovchilar siyosiy ongini shakllantirishdagi oʻrni huquqiy va institutsional nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarining (OAV) saylov jarayonlarida saylovchilar siyosiy ongini shakllantirishdagi oʻrni huquqiy va institutsional nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ommaviy axborot, axborot vositalari, siyosiy ong, siyosiy kommunikatsiya, raqamli platformalar, dezinformatsiya feyk, saylovchilar siyosiy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники