МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
Классификация лексики произведения "Хайрат уль-Аброр" в зависимости от отношения формы и значения
Shakhzoda SOBIROVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 138-144 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье проводится системный анализ лексики лексикология, произведения Алишера Навои «Хайрат ул-аброр» на основе омонимия, соотношения формы и значения. Лексические единицы, синонимия, используемые в произведении, классифицируются по метафора, метонимия, семантическим группам, рассматриваются их синонимическая морфологические формы и духовно-эстетическая нагрузка. парадигма, Особое внимание уделяется таким семантическим омонимический ряд, явлениям, как синонимия, антонимия, омонимия, метафора лексика староузбекского и метонимия. Статья способствует глубокому пониманию языка. художественных возможностей языка Навои через изучение лексического богатства произведения. Результаты исследования позволяют классифицировать лексику данного произведения на основе современных лингвистических подходов. “Hayrat ul-abror”da omonimlar, sinonimik paradigma, antonimlardan maqsadga muvofiq foydalanilgan. Omonimlar. “Hayrat ul-abror”dagi omonimlarni turkum jihatdan quyidagicha ajratish mumkin. Bir turkumga mansub so‘zlar o‘rtasidagi omonimlik: a) omonimlik ot turkumiga mansub so‘zlar orasida kuzatiladi: ot I; ot II: burj I “qadimgi astronomiyada quyoshning yillik harakat doirasidagi o‘n ikki nuqtaning har biri”: ... oftob qavs burjida edi (321); burj II “qal’a devorining tirgaklari, qal’aning cho‘qqisi”. Namoz xufton burj uchti (93); tosh 1 “to‘p, zarbzan o‘qi, quroli” ...tosh tayyor bodubtur, ne farmon bodur? Farmon bo‘ldikim, bu toshni otsun, yana men borg‘uncha yana bir toshni tayyor qilsun (442); tosh II “jism”: Imorat kursisini tamom toshdin farsh qilibturlar (106); tosh III “ichimlik, chog‘ir navi”: Ikki nav’ chog‘ir bo‘lur: arra toshi va suhan toshi derlar (191). Bu o‘rinda tosh arra toshi va suhan toshi qo‘shma so‘zlarining tarkibiy qismidir; ko‘hpoya I “ulug‘”: ...ikki ko‘hpoyadur, Sayid Yusuf majam aning ulug‘i edi... (130); ko‘hpoya II “ma’muriy – hududiy birlik”: Isfara viloyati to‘rt bo‘luk ko‘hpoyadur (61); ko‘hpoya III geografik hudud, Yana bir Isfaradur, ko‘hpoyada voqi’ bodubtur (61); boshliq I “bosh kiyimi” ; boshliq II “guruh yetakchisi”; naqsh I “kuy, ashula (NAL,457): ,.ul jumladin bir naqshi bor, nuhranga mavsum (242); naqsh II “buyum va binolardagi naqsh”; b) omonimlik fe’l turkumiga mansub so‘zlar orasida kuzatiladi: fe’l I; fe’l II. Rioyat qilmoq I “ri’oyat”- a. “rioya, e’tiborga olish“ so‘zidan, “hurmatlamoq” ma’nosida kelgan (NAL,527): Otam Umarshayx mirzo rioyat qilib edi va hanuz rioyat qilmoqta edi (111). Rioyat qilmoq II “amal qilmoq”: Naqohat ayyomini obdonrioyat qilaolmadim, uzuldum (111). 1. Turli turkum so‘zlari o‘rtasidagi omonimlik: ot I; ot II; ravish III: pul I “ko‘prik”. Qo‘rg‘ong‘a yetib, shotu qo‘yub chiqib darvozani olib, puli ravon solilib,..(l67); pul II “vaqt birligi”: Yana har girini oltmish bodubturlar, har birini pul debturlarkim, bir kecha- kunduz uch ming olti yuz pul bo‘lg‘ay (448); pul III “bir to‘da,bir talay, allaqancha”: ...pul tir yig‘ilib turubtur, o‘bdon-o‘bdon yigitlardek..(259); 139 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2025) / ISSN 2181-3701 ot I; ravish II: ariq “soliq turi“...Nazar bahodur otliq navkarini Balxning ariqlarini yiqqoli yibordi (115/65, II); ariq ”oson”: ...bir zamonda daryodagilarni ariq olib, borini qirdilar (121,168,11); ariq ol- “oson egallamoq”; “Hayrat ul-abror”dagi omoninılar genetik xususiyatiga ko‘ra quyidagicha: 1. Omonimlik bir tilga mansub so‘zlar o‘rtasida sodir bo‘lgan: 1) turkiy so‘z I; turkiy so‘z 11; turkiy so‘z III: to‘ra I “qoida, qonun, intizom, odat” (ANATIL, 111,270): hazm va ehtiyotni mar’iy tutub, to‘ra va siyoqkim, tartib qililib edi; to‘ra II odam bo‘yi baravar keladigan qalqon (ANATIL, 111,269): Tufakandozlar bu aroba va to‘ralarning keynida turub, tufak otqaylar (334/192,1); to‘ra III “qism, a’zo”: ...Husayn olilg‘onda qisqaliq qilg‘anlarning kayfiyatin ko‘rub, to‘ra-muchalaridin hurattuk (306). ish I “shaxsning muayyan faoliyati” Ish ham qila olmadi (87/50,1); ish II “kuy”: Bir navbat Badiiuzzamon mirzoning suhbatida bir ishni naydin xo‘b chiqarur, Qul Muhammad g‘ijjakta ul ishni chiqara olmas (245/140,1). “Mashg‘ulot” ma’nosidagi ish va “kuy” ma’nosidagi ish polisemantik so‘zlar o‘rtasidagi semantik bog‘liqlikning yo‘qolishi natijasida shakllangan omonimlar hisoblanadi. 2. Omonimlik turli tilga oid so‘zlar o‘rtasida sodir bo‘lgan: arabcha so‘z I; hindcha so‘z II: roy I. “fikr, qarash”: Mirzo royi bila amal qilmas edi (232); roy II “Hind podshohlari unvoni “ (BAL, 119): Agarchi kichik-kirim roy va roja tog‘ va jangalda xeli bar edilar, vale mu’tabar va mustaqil bular edilar (340). “Hayrat ul-abror”da qo‘llangan omonimlarning hozirgi o‘zbek tiliga munosabatida quyidagilar ma’lum bo‘ldi. 1. Omonim hisoblangan har ikkita (uch) so‘z hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanadi. Qalin I “yonlama hajm”; qalin II “nikoh to‘yida qiz uchun kuyov tomonidan beriladigan mol, pul” ma’nosini ifodalaydi. Qalin keli
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье проводится системный анализ лексики лексикология, произведения Алишера Навои «Хайрат ул-аброр» на основе омонимия, соотношения формы и значения.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье проводится системный анализ лексики лексикология, произведения Алишера Навои «Хайрат ул-аброр» на основе омонимия, соотношения формы и значения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lexicology, Navoi’s artistic language capabilities by studying the lexical, omonimiya, eski o‘zbek tili leksikasi, метафора, metonymy, leksikologiya, sinonimiya, synonymic paradigm, лексикология, синонимическая парадигма, лексика староузбекского языка, metonimiya, omonimik qator, homonymy, sinonimik paradigma, metafora, Old Uzbek vocabulary, homonymic series, омонимия, synonymy, синонимия, омонимический ряд, metaphor, метонимия
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019