Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
История деятельности Джизакского областного музыкально-драматического театра
Farangiz NORMURODOVA · July -/© in Science LLC. (Jizzakh State Pedagogical University) · K. Yashin (Jizzakh State Pedagogical University) · A. Qahhor (Jizzakh State Pedagogical University) · Yunus Rajabiy (Jizzakh State Pedagogical University)
Общество и инновации · 6 · 169-174 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается процесс зарождения театр, театрального искусства в Джизакской области, освещается «Синяя рубаша», деятельность представителей искусства региона, а также сцена, приводятся сведения о работе Джизакского областного спектакль, репертуар, музыкально-драматического театра имени Юнуса Раджаби. комедия, Джизак, Фориш, Бахмал, Зомин, Хамза, К. Яшин, А. Каххор, Юнус Раджаби, «Золотая стена», «Холисхан», «Благородная невеста». San’atning vujudga kelishi va rivojlanib taraqqiy etishi uzoq hamda boy o‘tmishga egadir. Zero, “Har bir xalqning qadimgi madaniyatini yaqqol ko‘rsatib beradigan narsa uning san’ati hisoblanadi”, deya ta’riflagan edi mashhur teatrshunos olim Mamajon Rahmonov. Haqiqatdan ham san’at kishilik tarixini avlodlarga yetkazish omili hisoblanadi. Xususan, teatr san’ati ham ma’naviyatning eng yorqin, ta’sirchan ko‘rinishlaridan biridir. Chunki teatr tomoshabinlarga bevosita ta’sir ko‘rsatib, sahna bilan tomoshabinlar o‘rtasida samimiy bog‘lanish va muloqot hosil qilib, sahna ijodkorlarini ham tomoshabinlarni ham ma’nan boyitadi, ruhini sozlaydi hamda ko‘nglini ko‘taradi. Qolaversa, milliy mafkura, milliy g‘urur, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik, mehr-saxovat, insoniylik hamda odob va axloq masalalarini yoritishda teatr boshqa san’at turlaridan ta’sirli, kuchli hamda jozibali imkoniyatga ega bo‘lganligi uchun har bir millat teatr san’atini shakllantirishga intiladi. Teatr san’ati yer yuzining barcha qit’alarida bir vaqtda, ya’ni ibtidoiy davrlarda marosimga oid harakatlarga bog‘liq holda vujudga kelgan va har bir makonda teatrning taraqqiyot yo‘llari turlicha bo‘lgan. Xususan, Jizzax viloyatida ham teatr san’ati uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va davr talablariga mos ravishda rivojlangan. Jizzaxda teatr san’atining shakllanishi 1918–1919-yillarda boshlangan. Bu yillarda bir guruh san’at ixlosmandlaridan Mulla Hoshim, Abdusattor Abdurazzoqov, Abdulla Ahmedov, Ibrohim Mustafoqulov, Boymat Oymatov, Sodiq Zoirov, Orifjon Olimjonov, 170 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2025) / ISSN 2181-1415 Ohunjon Shernazarov, Saidqosim Xo‘jayev, Mirzakarim Hojilar tomonidan dastlabki havaskorlik drama to‘garagi tuziladi. Bu to‘garak a’zolari Mamarahim Hojining uyida teatr ochib, Hamzaning “Boy ila xizmatchi”, “Farg‘ona fojiasi”, “Tuhmatchilar jazosi”, M. Uyg‘urning “Turkiston tabibi”, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” singari asarlarini sahnaga qo‘yishadi. Ana shu kichkina uyda boshlangan dastlabki havaskorlik harakati keyinchalik hozirgi Jizzax viloyati musiqali drama teatrining tashkil etilishiga asos bo‘ladi. 1920-yilning 17-dekabrida Turkiston Respublikasi xalq maorifi komissarligida TEO (teatr bo‘limi) barcha oblast va rayonlarda dramatik truppalar, Toshkentda esa doimiy ravishda ishlaydigan o‘lka namunali o‘zbek drama truppasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu qaror Turkiston Respublikasi xalq komissarlari Sovetining 1921-yil 7-maydagi maxsus qarori bilan mustahkamlanadi. Mazkur qaror Jizzaxda faoliyat ko‘rsatayotgan havaskorlik to‘garagi nomini o‘zgartirib “Ko‘k ko‘ylak” truppasi tuzilishiga asos bo‘ladi. Truppa Narimonov nomli maktab ixtiyoriga berilib, o‘quvchi yoshlar bilan a’zolar soni to‘ldiriladi hamda maktab o‘qituvchilaridan Said Qosimxo‘jayev, Abdulla Ahmedov, Boymat Oymatovlar truppaga rahbarlik qila boshlaydilar. To‘garak a’zolari Forish, Baxmal, Zomin, G‘allaorol kabi tumanlarda tez-tez bo‘lib, aholiga tomoshalar ko‘rsatib, bo‘layotgan voqealardan xabardor qilib borishgan. Dam olish kunlarida esa Jizzaxning eski shahridagi bozor maydonlarida, dam olish maskanlarida, xalq ko‘p to‘planadigan joylarda sozanda, aktyor, raqqoslar ishtirokida aholiga madaniy xizmat qilganlar. Aktyorlar o‘z san’atlaridan tashqari mehnatkash xalq o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib borgan, ularga gazeta va jurnallardagi so‘nggi yangiliklarni o‘qib berib, aholini dunyo yangiliklari bilan ham tanishtirib borgan. O. Abdurazzoqov, O. Shernazarov, A. Ahmedov, I. Mustafaqulov va S. Xo‘jayevlar teatrning ilk qaldirg‘och ijodkorlari bo‘lishgan. 1928–1931-yillarda rejissyor Po‘lat Nosirov ilk bor G‘. Zafariyning “Halima” nomli musiqali dramasini, U. Hoshimbekovning “Arshin Mololan”, S. Ayniyning “Buxoro jallodlari” kabi asarlarini sahnalashtiradi. Spektakllarda bosh rollarni Ibodat Xaqberdiyeva, Po‘lat Nosirov, Said Xoldorov va Ibrohim Karimovlar mahorat bilan ijro etadilar va xalq olqishiga sazovor bo‘lishadi. 1932-yil 23-aprelda Markaziy Komitetning “Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta tuzish haqidagi” qarori asosida Jizzax shahridagi “Ko‘k ko‘ylak” truppasi Samarqand kolxoz-savxoz teatri deb yuritila boshlanadi. Bu teatrga rejissyor Sa’dulla Jo‘rayev badiiy rahbar etib tayinlanadi. Bu yillar davomida teatrda K. Yashinning “O‘rtoqlar”, “Nomus va muhabbat” G‘. Zafariyning “Xalima”, N. Safarovning “Uyg‘onish”, italiyalik dramaturg K. Gossining “Malikai Turandot” kabi asarlari sahnalashtirilib, xalq olqishi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается процесс зарождения театр, театрального искусства в Джизакской области, освещается «Синяя рубаша», деятельность представителей искусства региона, а также сцена, приводятс…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается процесс зарождения театр, театрального искусства в Джизакской области, освещается «Синяя рубаша», деятельность представителей искусства региона, а также сцена, приводятс… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, repertoire, Зомин, спектакль, Ko‘k ko‘ylak, Джизак, sahna, play, комедия, "Oltin devor" (Golden Wall), A. Qahhor, репертуар, “Холисхан”, Хамза, Bakhmal, “Oltin devor”, pyesa, " "Asilzoda kelin" (Noble Bride)., театр, сцена, repertuar, Hamza, “Синяя рубаша”, Бахмал, teatr, comedy, К. Яшин, "Ko'k ko'ylak" (Blue Dress), “Asilzoda kelin”, theater, Yunus Rajabiy, Forish, "Xolisxon, А. Каххор, Юнус Раджаби, “Благородная невеста”., stage, komediya, “Xolisxon”, Zaamin, Zomin, K. Yashin, Jizzax, “Золотая стена”, Фориш, Jizzakh, Baxmal
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026