Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOREYS VA O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARINI TAHLIL QILISHDA TIL VA MADANIYATNING BOG‘LIQLIGI
MADANIYATNING BOG‘LIQLIGI · Aliqulova Feruza Abror qizi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, koreys va o‘zbek xalq maqollarining lingvokulturologik xususiyatlari solishtirma tahlil asosida o‘rganiladi. Maqolalarda xalqning milliy tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyatlari va madaniy urf-odatlari mujassam bo‘lgani sababli, ularni lingvokulturologiya doirasida o‘rganish ikki xalq madaniyatini qiyosiy tahlil qilishda muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqot natijalari koreys va o‘zbek xalq maqollarida o‘xshashlik va farqlarning til va madaniyat bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi hamda xalqona tafakkur ifodalarini chuqur anglashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: til, madaniyat, lingvomadaniyat, maqollar, mentalitet. Har bir xalq, millatning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari mavjud. Inson ana shu milliylikni o‘zida aks ettiruvchi muayyan madaniyat, til, tarix, adabiyotga aloqador bo‘ladi. Ma’lumki, til ijtimoiy hodisa bo‘lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro-madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o‘zaro munosabati, til madaniyati va tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi kabi qator masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. “Gohida bir tilda so‘zlashayotgan insonlar ham bir-birini tushuna olmaydi, bunga sabab ularning madaniyatlari turlichaligidadir,” – deb aytgan edi tilshunos olim L.V.Sherba. Ikki madaniyat https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 254 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari vakillari muloqot qilayotganda bir-birini tushuna olmasligi madaniyatlarning to‘qnashuvini yuzaga keltiradi. Bu esa tilshunoslikda katta muammo sifatida ko‘tarilib, til va madaniyat muammosini o‘rganishni maqsad qilgan – tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Lingvomadaniyat tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, “lingvomadaniyat” ( “lingvokulturologiya”) (lot. lingua “til”; cultus “hurmat qilish, ta’zim qilish”; yunon. “ilm, fan”) termini V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan [1]. O‘zbek tilshunosligida “til va madaniyat” masalalari bilan eng ko‘p va xo‘p shug‘ullangan olim Nizomiddin Mahmudov o‘zining “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab...” nomli maqolasida “til” va “madaniyat” tushunchalari haqida quyidagilarni yozadi: “Til va madaniyat deganda, ko‘pincha, “nutq madaniyati” deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o‘rindagi madaniyatning aynanligini aslo ko‘rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda, (to‘g‘risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o‘rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki xo‘jalik faoliyatida erishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)” emas, balki “kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmuyi (madaniyat tarixi, o‘zbek madaniyati)” demakdir” [2]. Xalq madaniyatini ko‘rsatishda maqollar eng faol vositalardan biri sifatida bugungi kunda tilshunoslikda lingvokulturologik izlanishlar jarayonining muhim mavzularidan biriga aylanmoqda, ko‘plab izlanishlarning asosiy obyekti sifatida ishlanilyapti. Koreys folklorshunos olimlari Shim Je-gi va Kim Son-pung maqollarni “인간사회를 있는 그대로 비추는 거울” deb ataydilar va bu orqali maqollar butunlay xalqning madaniyatini ko‘rsatuvchi omillar ekanligiga https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 2-son May 2025 255 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ishonadilar. Har bir maqol, ularning fikricha, xalqning turmush tarzini qisqa va lo‘nda umuman olganda to‘laligicha ifodalay oladigan ko‘zgudir [3]. Maqollar yuzasidan olib borgan tadqiqotida maqollarning xususiyatlariga to‘xtalar ekan Chve Chang-ryol shunday deydi: “Maqollar mahalliy xususiyatlarni tashiydi. Ya’ni maqol o‘zi yaratilgan hududning o‘ziga xos mahalliy belgilarini aks ettiradi. Turli mintaqalarning tillari, urf-odatlari, turmush tarzi va qadriyatlari turlicha bo‘lgani kabi, maqollar ham yaratilgan hududga qarab o‘ziga xos hududiy rangbaranglikka ega. Koreyslarning o‘ziga xos ruhi, e’tiqodi, tarixi va tafakkur tarzini o‘zida mujassam etgan koreys maqollari ko‘p, shuning uchun ularda mazmun o‘xshash bo‘lsa-da, har birida Koreyaning o‘ziga xosliklari aks etadi. Shuningdek, maqollarda zamon xususiyati ham mavjud. Maqol o‘zi yaratilgan davrning ruhiyatini aks ettiradi. Zero, turmush tarzi, qadriyatlar zamonga qarab o‘zgarib, insonlarning dunyoqarashi va ijtimoiy tuzumi ham farq qilib borgani sababli maqollar o‘zlari yaratilgan jamiyatning zamon sharoitlarini aks ettirganini ko‘rish mumkin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mentalitet., maqollar, madaniyat, lingvomadaniyat, Kalit so‘zlar: til
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026