Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ALPOMISH” DOSTONIDA SON VA UNING MA’NO POETIKASI
Po ‘lotjonova Gulbodom Oybek qizi
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
This article analyzes the fact that the numbers in the epic "Alpomish" do not represent simple counting or quantitative measurements, but are an important clue that shows the fate, character of the hero, his actions, and his future life. Kalit so ‘zlar: raqam, son, o‘lchov, tilshunoslik, badiiy vazifa, poetika, xalq og‘zaki ijodi, badiiy matn. Keywords: number, quantity, measurement, linguistics, artistic task, poetics, folk oral creativity, artistic text. Olam ma’lum tartib asosida yaratilgan. Bu Qur’oni Karimda “Albatta, biz har narsani o‘lchov bilan yaratdik” (Qamar. 49) degan oyat bilan tasdiqlangan. Ushbu oyat tafsirida o‘lchov so‘zi qazoyi qadar hamda miqdor-o‘lchov ma’nosini bildirishi va tabiat hodisalari, inson tana a’zolari, hayvonot, nabotot – olamdagi bari mavjudlik aniq o‘lchov bilan yaratilganligi sharhlangan. Yoki “Quyosh va oy hisobdadir” (Rahmon. 5) oyatida ham quyosh va oy hajmi, harakati, joylashishi va boshqa jihatlarga ko‘ra o‘lchovli ekanligi ta’kidlangan. Agar o‘lchovlar buzilsa, yer yuzi ostin-ustun bo‘lishi mumkinligi eslatilgan. Demak, Yaratgan zot barcha narsani a’niq o‘lchov bilan bunyod etgan ekan olam shu tartib-intizomga https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 16 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari bo‘ysunadi. Boshqacha aytganda, Allohning joriy etgan qonuni keyinchalik insoniyat tomonidan kashf etilgan sonlar bilan ifodalangan. Shu bois insoniyat tarixini ayniqsa, zamonaviy dunyoni raqamlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamiyatimizning bugungi taraqqiyot bosqichi undagi o ‘zgarishlar raqamlar asosida berilgan. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar matematik aniqlikka bo‘ysunadi degan qarash asosida ham sonlar yotadi. Qadimgi dunyo olimlari orasida raqamlar haqidagi ilmiy qarashlarning asoschisi bo‘lgan Pifagorning fikriga ko‘ra, raqam ham moddiyat ham olamning shakli sifatida namoyon bo‘lganligi uchun “Hamma narsa raqamdan iborat“ degan tushuncha kelib chiqqan. U raqamni kuch-quvvat manbayi hisoblaydi va raqamlar orqali butun olam sirini bilish mumkin, degan qarashni ilgari suradi. Raqam xususiyatlarining ichiga kirib borgan sari ularning turli ma’no-mazmunini ta’riflar ekan, aynan raqam ilmi hayot kalitidir, degan xulosaga keladi. Pifagorning ushbu qarashlari ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan va raqamlar sirini, tartib-o‘lchamini anglash insoniyat uchun muhim sanalgan. Har bir xalq tafakkurida raqamlar semantikasini yuzaga chiqaruvchi, uning milliy madaniy ko‘rsatkichlarini ifodalovchi turli tushunchalar uchraydi. Avvalo, son va raqam so‘zi qanday ma’noni anglatadi. Buning ma’nosini bilish uchun lug‘atga murojaat qilamiz. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da raqam va son tushunchalariga quyidagicha ta’rif berilgan: Raqam arabcha-son, miqdor; sana; nomer l. Sonni ifodalovchi grafik belgi. 2.Biror son bilan ifodalangan miqdor, korsatkich. 3.Bir turdagi predmetlarga tartib bilan qo‘yilgan son; nomer. Tartib raqami.1Bir tomonlama nazariyadan uzoqlashgan holda tilshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rgansak, son alohida so‘z turkumi – til kategoriyasi hisoblanadi. Uning morfologik xususiyati, sintaktik jihatlari borki, tilshunoslik fani doirasida o‘rganiladi. Har qanday til hodisasi matn tarkibida o‘z xususiyatlarini namoyon etar ekan, son va u ifodalagan mazmunni anglash uchun badiiy matnga murojaat qilamiz. 1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – B.55 https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 17 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Tilshunoslikning bir bo‘limi hisoblangan son ma’no turlarining qo‘llanilishi xalq og‘zaki ijodida alohida o‘rin tutadi. Bu borada folklorshunos olim M.Jo‘rayev o‘zining “Sehrli raqamlar siri” kitobida keng ma’lumot bergan. Olimning ta’kidlashicha uch, yetti, yigirma, qirq kabi sonlar xalq tafakkuri va dunyoqarashida magik raqam sifatida aks etadi. Xalq urf-odat, marosimlari bevosita shu raqamlar bilan bog‘liq talqin etiladi. M.Jo‘rayev folklor asarlarida informativ-estetik vazifa bajaruvchi sehrli va an’anaviy raqamlar xususiyatlarini qayd etar ekan, o‘zbek xalq ertaklaridagi “sehrli” raqamlarni ertaklar qurilishida turg‘un poetik sistema sifatida qarab ularni “formulalari o‘zgarmas badiiy unsur” deb aytadi. An’anaviy raqamlarni esa “mifologik ramzlar bilan emas, badiiy san’atlar, ijrochilik mahorati bilan bog‘liq ekanini ta’kidlaydi.2 Shu qarashlar asosida “Alpomish“ dostonida qo‘llangan raqamlar va ularning doston g‘oyaviy- badiiy mazmunini ochib berishdagi ahamiyati haqida to‘xtalamiz. Dostonda raqamlar quyidagi maqsadlarda qo‘llangan: – Vaqt – umr o‘lchovini belgilashda; – masofa – voqelik sodir etilgan muddatni belgilashda; – shart – qahramon kuchini sinashda; – homiylik – ilohiy olam bilan bog‘lanish, ruhiy-ma’naviy quvvatni ifodalashda; – voqealar rivoji va qahramonlar xarakterini yoritishda. Dastlab “Alpomish” dostonida sonlar vaqt – umr o‘lchovini belgilashda qo‘llanishiga diqqat qilamiz. Dostonda shunday deyilgan “Oydan oy kundan kun o‘tib, to‘qqiz oy
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the fact that the numbers in the epic "Alpomish" do not represent simple counting or quantitative measurements, but are an important clue that shows the fate, character of the hero, his actions,…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the fact that the numbers in the epic "Alpomish" do not represent simple counting or quantitative measurements, but are an important clue that shows the fate, character of the hero, his actions,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- number, quantity, measurement, linguistics, artistic task, badiiy vazifa, poetics, tilshunoslik, badiiy matn., Keywords: number, folk oral creativity, o‘lchov, artistic text., son, Kalit so ‘zlar: raqam, poetika, xalq og‘zaki ijodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026