К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEKISTONDA ODAM SAVDOSI MUAMMOSI VA UNGA QARSHI KURASH

Isroilov Mutallif

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

The problem of human trafficking remains relevant for the Republic of Uzbekistan, as well as for the entire world community. Every year, thousands of people, mainly women and children, become victims of human trafficking. In this regard, this problem attracts the attention of all countries of the world, since human trafficking poses a threat to fundamental human rights and the values of a democratic society. Key words: human trafficking, slavery, exploitation, victim of human trafficking, rehabilitation center, commission, law. 151 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Kirish. Qadimdan inson nomiga dog‘ bo‘lib kelayotgan, XXI asrda madaniylashgan dunyo qiyofasiga mos kelmaydigan illatlar qatorida odam savdosi bilan bog‘liq muammolar bizning davlatimizga ham tahdid solmoqda. Bu muammo dunyo jamoatchiligini chuqur tashvishlantirmoqda. Unga qarshi barcha davlatlar hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarurligi sababli, Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ko‘p e‘tibor qaratayotgan faoliyat yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunda berilgan ta'rifga ko‘ra, ushbu faoliyatning uchta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin: xatti-harakat, vosita va maqsad. Xatti- harakat deganda odamlarni aldov yo‘li bilan yoki ularning ixtiyoriga zid ravishda yollash, tashish, topshirish, yashirish hamda qabul qilib olish bilan bog‘liq ishlar; vosita deganda kuch ishlatish yoki kuch bilan qo‘rqitish, majburlash, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldov, jabrlanuvchining erksizlik holatidan foydalanish, uni nazorat qilib turgan shaxsdan pul yoki boshqa manfaatdorlik evaziga sotib olish; maqsad deganda, jumladan, fohishabozlikda foydalanish, majburiy mehnat, qullik yoki qullikka o‘xshash holatlarga solish kabilar tushuniladi. Hozirgi paytda ilg‘or jamoatchilik mazkur muammo sababidan jarblanganlarni osoyishta hayotga qaytarish, hayotda o‘z o‘rnilarini topib olishlariga ko‘maklashishlari kerak. Respublikamizda ham odam savdosidan jabrlangan mamlakatimiz fuqarolarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha keng tadbirlar amalga oshirilmoqda. Adabiyotlar tahlili va metodlar. O‘zbekistonda odam savdosi muammosiga bag’ishlangan maxsus ilmiy tadqiqot olib borilmagan. Asosan jurnallarda ilmiy- tahliliy maqolalar berilgan. Asosiy manba bo‘lib gazetalar hamda IIB, Inson huquqlari.uz saytlaridagi ma‘lumotlar xizmat qildi. Maqolani yozishda retrospektiv tahlil, umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Muhokama va natijalar. Odam savdosi bilan asosan uyushgan jinoyatchi guruhlar vakillari shug‘ullanishadi. Bu savdoga asir tushgan odam o‘z insonlik mavqeini yo‘qotib, sotiluvchi va sotib olinuvchi mahsulotga aylanadi. Odam savdosi davrimizning o‘tkir muammolaridan biri. Jinsiy ekspluatatsiya qilish, majburiy mehnat, bolalarni ekspluatatsiya qilish, tilamchilik, odam organlari va to‘qimalarini ko‘chirish maqsadida odamfurushlik bilan shug‘ullanish — barchasi ushbu jinoyatning mudhish shakllaridan sanaladi [2]. Odamfurushlar qo‘liga tushgan qizlar 15 yoshdan boshlab shahvoniy maqsadlarda qullikka sotilishi mumkin. Yigitlar hali bolalik paytidanoq, 11 yoshga to‘lib to‘lmay kuch ishlatish yo‘li bilan majburiy mehnatga jalb qilinadi. Lekin urtacha hisobda qurbonlarni 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan, ushbu muammo xaqida xech qanday axborotga ega bo‘lmagan, qiyin ahvolga tushganda o‘z huquqlarini himoya qila olmaydigan xotin-qizlar, erkaklar tashkil etadi. O‘z 152 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 zamondoshini, yaqinini, birodarini sotib harom pul ishlashga shaylangan badkirdorlar o‘ljasini tuzog‘iga ilintirish uchun aksariyat holda aldov va firibgarlikdan foydalanishadi. Qurbon vaziyatni fahmlaganida esa kuch ishlatish va qo‘rqitishga tushishadi. Tuzoqqa ilintirish operatsiyasi. Odamfurushlar guruh tuzib ishlaydi. Ular o‘z ishini reja asosida tashkillashtiradi. Aksariyat holda qurbonlarni gazeta va internetda beriladigan soxta e‘lonlar orqali topishadi. E‘lonlarda chet elda katta maosh to‘lanadigan ishga joylashtirish taklif qilingan bo‘ladi. Odam savdosining o‘ljani qo‘lga tushirish qismi bilan asosan ayollar shug‘ullanadi. Ular tushkunlikka tushgan xotin-qizlarning karaxt kayfiyatidan foydalanib, ishonchiga kirib oladi. Ba'zan bu siz bir necha yildan beri taniydigan chet elda ishlab kelgan do‘st-dugonangiz, qarindoshingiz, qo‘shningiz bo‘lib chiqishi ham mumkin. Mamlakatdan olib chiqish uchun chet eldagi yaxshi maosh to‘lanadigan ishdan tashqari turizm, moda agentliklari, boy kuyov topib qo‘yganligini bahona qilishlari mumkin. Ular soxta hujjat tayyorlovchilar, tirik mahsulot ya'ni aldanganlarni olib o‘tuvchilar va tovar xaridorlari—islovotxonalar ish boshqaruvchisi hamda arzon yoki tekin ishchi kuchi qidirayotgan ferma, zavod vakillari bilan hamkorlik qilishadi [3]. Odam savdosi j

Доказательный фрагмент

«The problem of human trafficking remains relevant for the Republic of Uzbekistan, as well as for the entire world community.»

Образец извлечения

Демо-превью

The problem of human trafficking remains relevant for the Republic of Uzbekistan, as well as for the entire world community. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
human trafficking, slavery, exploitation, victim of human
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники