Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
TA’LIM MAKONIDA INTERAKTIV DASTURIY VOSITALAR VA ULARNING PEDAGOGLARNI TAYYORLASHDAGI ROLI
Qosimov Abdulaziz Obidjon o‘g‘li
Interpretation and researches · 1 · 80–97 · 2026
Аннотация
This article analyzes the significance of interactive software tools in the educational process, with a particular focus on their role in the training of future educators. Interactive technologies are considered essential for enhancing educational effectiveness, promoting independent learning, and fostering creative thinking in pedagogical preparation. It presents a scientifically grounded discussion of the practical application of modern educational platforms and their integration into the educational system. Kalit so‘zlar: interaktiv ta’lim, raqamli texnologiyalar, pedagog tayyorlash, LearningApps, Kahoot, EducaPlay, metodik kompetensiya, interfaol platforma, didaktik vosita, o‘qituvchi malakasi. Keywords: interactive learning, digital technologies, teacher training, LearningApps, Kahoot, EducaPlay, methodological competence, interactive platform, didactic tool, teacher qualification. Kirish. Globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, balki pedagogik kadrlar tayyorlashda ham muhim strategik omilga aylanib bormoqda. An’anaviy dars usullari o‘z o‘rnini bosqichma-bosqich zamonaviy, interaktiv va o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuvlarga bo‘shatmoqda35. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish ularning pedagogik tafakkurini rivojlantirish, kreativlik va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Interaktiv ta’lim vositalari o‘zining o‘zaro faoliyatga asoslangan yondashuvi bilan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabatni 35Anderson, Terry, and Jon Dron. “Three generations of distance education pedagogy.” International review of research in open and distributed learning, Vol. 12, no. 3, 2011, pp. 80–97. 125 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 mustahkamlaydi, shu bilan birga ta’lim jarayoniga vizual, audiovizual va didaktik boylik olib kiradi. Mazkur maqolada interaktiv ta’limda keng qo‘llanilayotgan va ayniqsa pedagoglarni tayyorlash jarayonida samaradorligi bilan ajralib turgan uchta mashhur platforma — Kahoot, LearningApps va EducaPlay — nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Kahoot. Norvegiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Kahoot (https://kahoot.com) — o‘yinlashtirishga asoslangan viktorina shaklidagi interaktiv ta’lim vositasi bo‘lib, o‘quvchilarda tezkor fikrlash, savollarga raqobat asosida javob berish va faol qatnashish ko‘nikmalarini rivojlantiradi36. Bu platforma ayniqsa talabalarni darsga jalb qilish, bilimlarini qiziqarli shaklda mustahkamlash uchun keng qo‘llaniladi. Pedagoglarni tayyorlashda esa u o‘quv jarayonining dinamizmini oshirish, reflektiv faoliyatni faollashtirishda muhim vosita sanaladi. LearningApps. Germaniyada ishlab chiqilgan LearningApps (https://learningapps.org) — turli shakldagi interaktiv topshiriqlarni yaratish imkonini beruvchi bepul veb-platforma bo‘lib, 10 dan ortiq mashq formatlarini taklif etadi: test, juftlik topish, bo‘sh joylarni to‘ldirish, guruhlash, saralash, xarita bilan ishlash va h.k. LearningApps pedagogik jarayonda o‘qituvchilarning didaktik dizayn bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi va ularni topshiriqlarni metodik jihatdan tahlil qilishga undaydi37. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun bu platforma dars loyihasi yaratish, baholash mezonlari ishlab chiqish va vizual taqdimotlarni tashkil etishda katta amaliy ahamiyatga ega. EducaPlay. Ispaniyada ishlab chiqilgan EducaPlay (https://www.educaplay.com) — murakkab interaktiv topshiriqlarni audiovizual asosda ishlab chiqish imkonini beruvchi veb-xizmatdir. Unda krossvord, so‘z topish, multimedia testlar, gap tuzish, eshitish orqali tushunish mashqlari kabi topshiriq turlari mavjud. EducaPlay foydalanuvchilarga ta’limiy resurslarni boyitish, vizual savodxonlikni rivojlantirish va ko‘p sezgi asosidagi o‘rganish vositalarini yaratish imkonini beradi. Biroq, bu platforma kuchli internet aloqasiga qaramligi sababli ayrim holatlarda cheklovli bo‘lishi mumkin. Metodologiya. Ushbu tadqiqotda qiyosiy tahlil metodi asosiy ilmiy yondashuv sifatida tanlandi. Interaktiv ta’limda keng qo‘llanilayotgan uchta mashhur dasturiy vosita — Kahoot, LearningApps, va EducaPlay — pedagoglarni tayyorlash jarayonida qanday samaradorlikka ega ekani, ularning afzalliklari va chegaralari taqqoslab o‘rganildi. Qiyoslash quyidagi mezonlar asosida amalga oshirildi: ❖ Didaktik imkoniyatlar (mashqlar turfa xilliligi, testlar, o‘yinlar); 36 Mishra, Punya, and Matthew J.Koehler. “Technological pedagogical content knowledge: a framework for teacher knowledge.” teachers college record, vol. 108, no. 6, 2006, pp. 1017–1054 37Bates, a. W. Teaching in a digital age: guidelines for designing teaching and learning. 2nd ed., Open te
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the significance of interactive software tools in the educational process, with a particular focus on their role in the training of future educators.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the significance of interactive software tools in the educational process, with a particular focus on their role in the training of future educators. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- interactive learning, digital technologies, teacher training
Смежные источники
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019