Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “BOLA HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA”DAN FOYDALANISH
TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA”DAN FOYDALANISH · Islamova Gulzamon Madiyevna · Shonazarova Setora (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi)
Interpretation and researches · 1 · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qoʻllanilishi va uning bolalar tarbiyasi va rivojlanishiga ta'siri oʻrganilgan. Konvensiyaning asosiy tamoyillari va ularning amaliyotda tatbiq etilish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bola huquqlarini ta'minlashga oid tavsiyalarni ham oʻz ichiga oladi. Kalit so‘zlar: Bola huquqlari, Konvensiya, maktabgacha ta’lim, tarbiyachi faoliyati, bolaning fikri, ijtimoiy moslashuv, diskriminatsiyasiz ta’lim, pedagogik yondashuv. Kirish.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori, 21.02.2024 yildagi 4068-IV-sonli buyruq asosida BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Beshinchi davriy ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2024 — 2027-yillarga mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Bugungi globallashuv va inson huquqlarini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar zamirida yosh avlod — bolalarning huquqlarini tan olish, himoya qilish va rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” bolalar huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qilishning eng muhim hujjati hisoblanadi. Ushbu Konvensiya bolalarni jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida tan olib, ularning manfaatlarini himoya qilish, rivojlanish, ishtirok va erkinlik tamoyillariga asoslanadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu Konvensiyadan foydalanishning huquqiy asoslari, amaliy mexanizmlari va metodik yondashuvlari tahlil qilinadi.Bola har bir jamiyatning kelajagidir. Shu boisdan ham bolalarning huquqiy himoyasi, ularning to‘laqonli yashashi, rivojlanishi va ta’lim- tarbiyasi uchun zarur sharoitlar yaratish har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” butun dunyoda bolalarning 102 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 huquqlarini himoya qilishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyani 1992-yilda ratifikatsiya qilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim tizimida bu hujjat asosida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning mazmun-mohiyati.Konvensiyada bola shaxs sifatida e’tirof etiladi va unga tegishli bo‘lgan huquq va erkinliklar aniq belgilab qo‘yiladi. Bu huquqlar ichida quyidagilar alohida o‘rin egallaydi: Hayotga bo‘lgan huquq; Ismi va fuqarolikka ega bo‘lish huquqi; Oilada yashash va tarbiyalanish huquqi;Ta’lim olish huquqi; Sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minotdan foydalanish huquqi; Shaxsiy fikrga ega bo‘lish va uni erkin ifoda etish huquqi; Zo‘ravonlik, ekspluatatsiya va diskriminatsiyadan himoya qilinish huquqi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Konvensiyadan foydalanish yo‘llari.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bola shaxsini shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Shu bois, bola huquqlarini himoya qilish bu tizimda ham dolzarb masalalardan biridir. Konvensiya tamoyillarini amalga oshirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: Tarbiyaviy jarayonlarda huquqiy bilim berish – Tarbiyachilar bolalarga sodda, ularning yoshi va tushunish darajasiga mos shaklda huquqiy bilimlar berishlari kerak. Masalan, o‘z huquqlari, o‘zgalarga zarar yetkazmaslik, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kabi tushunchalarni o‘yin, ertak, rasm, she’rlar orqali yetkazish mumkin. O‘yin faoliyatida huquqiy tarbiya – Bola o‘z huquqlari va burchlarini o‘yin orqali anglaydi. Rol o‘yinlari (oilaviy, kasbga oid, ijtimoiy rollar) orqali ular hayotiy vaziyatlarni tushunishlari va o‘zlarini ijtimoiy muhitda qanday tutish kerakligini o‘rganadilar. Tarbiyachilarning huquqiy savodxonligi – Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar Konvensiya mazmuni bilan yaxshi tanish bo‘lishlari, o‘z faoliyatida ushbu hujjatga tayangan holda harakat qilishlari lozim. Bu borada seminar-treninglar, o‘quv kurslari tashkil etilishi foydalidir. Bola shaxsiga hurmat – Har bir bolaga individual yondashuv, uning fikriga quloq tutish, shaxs sifatida qadrlash orqali bola huquqlarini amalda ta’minlash mumkin. Bolaga berilgan e’tibor, mehr-muhabbat uning ijtimoiylashuviga, o‘zini erkin va xavfsiz his qilishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonda Konvensiya asosida olib borilayotgan ishlar.O‘zbekiston Respublikasi bola huquqlarini himoya qilish borasida ko‘plab qonuniy asoslar yaratgan. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi kodeksi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qoʻllanilishi va uning bolalar tarbiyasi va rivojlanishiga ta'siri oʻrganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qoʻllanilishi va uning bolalar tarbiyasi va rivojlanishiga ta'siri oʻrganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bola huquqlari, maktabgacha lim, lim tashkilotlarida, bola huquqlarini, zbekiston respublikasi, huquqlari risidagi, himoya qilish
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Interpretation and researchesAbdug‘aniyeva Madinaxon Xikmatullo qizi1953
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021