К содержанию
РецензированоUZ2026

TILSHUNOSLIKDA BAXT, EZGULIK, HALOLLIK KONSEPTLARI HAMDA ULARNI INGLIZ VA O'ZBEK TILIDA IFODALANISHI

G'ulomova Bibi Muxlisa Maxmudjon qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqola tilshunoslikda Baxt, Ezgulik, Halollik konseptlari hamda ularni ingliz va o'zbek tilida ifodalanishiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ushbu maqolada “Halollik” konseptining ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatidagi o‘xshashlik va farqli jihatlari ham ochib beriladi. Halollik leksemasining asosiy, muhim xususiyatlarini axloqni tor guruh manfaatlaridan, g‘oyaviy yoki amaliy fikrlardan, korporativlikdan ustun qo‘yadigan halollik leksemasini me’yorlarning ob’yektiv mazmunini aks ettiruvchi umuminsoniy tabiati deb atash kerak. Kalit so‘zlar: konsept, halollik, madaniyat, milliy madaniyat, qadriyat, lingvokulturologiya, ijtimoiy-madaniy voqelik. Bugungi kunda mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga asoslanadi. Shu sababli mustaqillikning dastlabki yillaridayoq respublikamizda fan va ta’lim sohasidagi islohotlarga, yetuk kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Asrlar davomida shakllangan ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarimizga tayangan, bugungi kunda yangi istiqlol mafkurasi bilan oziqlantirilayotgan, shu bilan birga, bizni umumbashariy ulug’ ma’naviyat sari yetaklayotgan milliy ongimiz, shuurimiz va dunyoqarashimiz o‘zbek nutqi madaniyatini, ona tilimizning amaliy jihatlarini zamon talablariga mos holda o‘rganish barchamiz uchun zarurdir. Biron tilning so‘z tarkibi hali u tilning to‘liq tarkibini belgilab bermaydi. O‘zlashgan so‘zlar mazkur tilda qurilish manbasi singari aks etadi. Tilda ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishidan iborat bo`lgan o`zaro ta’siri -muloqotni ifodalaydi.Muloqot odobi muammosini milliy xarakter, millatning o‘ziga xos qadriyat, urf- odatlari, va an’analarini hisobga olmasdan turib, o‘rganish mumkin emas. Chunki muloqot xulqi millat xarakterining uzviy bir qismi bo‘lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Bunda hurmat kategoriyasining o‘z o‘rni bor.Y. S. Kubryakovaning fikriga ko‘ra, “konsept” termini tafakkur, anglash, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash kabi muammolar bilan shug‘ullanuvchi kognitiv psixologiya hamda kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya fanlari uchun “soyabon” vazifasini о‘taydi[1]. Barchamizga ma’lumki yaqin yillardan buyon konsept so‘ziga ham tilshunoslikning alohida o‘rganadigan obyekti sifatida e’tibor qaratilmoqda. Konsept zamonaviy tilshunoslikdagi lingvomadaniy sohaning birligi hisoblanadi, chunki u til, jamiyat va uning madaniyati to‘g‘risidagi bilimlarni mujassamlashtiradi. Ushbu tushuncha tilda madaniyatni aks ettiradi va inson ongida olam tasvirini shakllantiradi. “N.N. Boldiryevning ta’kidlashicha, “tilda konsept alohida so‘zlar va so‘z birikmalari, frazeologik birliklar, gaplar va butun matnlar vositasida verballashgan bo‘lishi mumkin” [2]. Bilamizki, har bir hududning faol qo‘llaniladigan ko‘plab tushunchalar bor. Shu jumladan, ular og‘zaki va yozma nutqda mavjudligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ushbu maqolada yuqoridagilarga tayangan holda “Halollik” konseptiga chuqurroq ta’rif berishga harakat qilamiz. Halollik so‘zining lug‘aviy ma’nosi: Vijdon bilan, insof yuzasidan ish tutish; to‘g‘rilik, soflik. Halollik 4 insonni tarbilayash orqali shakllantiriladigan go‘zal fazilatlarning biridir. Ya’niki to‘g‘ri yo'lda yurish, o‘zining mehnati bilan kun ko‘rish, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam bo‘lishi uchun muloqot mobaynida, olib borilayotgan ishlari davomida rost so‘zlash hamda insof bilan ish ko‘rish nazarda tutiladi. Bundan ko‘rinib turadiki, “Halollik” konsepti o‘zaro muloqotga kirishgan shaxslar o‘rtasida bir-biriga bo‘lgan munosabatida asosiy o‘rinni egallab, ular o‘rtasidagi ishonchni ortishini shakllantiradi, o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi, har qanday faoliyat jarayonida insofli, adolatli bo‘lishga undaydi. “Halol rizq izlash farz ibodatlardan keyin keladigan farzdir”. O‘zbek tilida baxt so‘zi "inson hayotidagi ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rozi bo‘lish holati"ni bildiradi. U ko‘pincha quyidagicha qo‘llanadi:  Nominal: baxt, baxtiyorlik, baxt-saodat  Emotsional: "Baxtdan boshim osmonga yetdi"[3] Lingvomadaniy jihatdan esa Baxt konsepti turli madaniyatlarda turlicha anglanadi. G‘arbda (ingliz tilida) u: Happiness — individual zavq, shaxsiy erkinlik, mustaqillik bilan bog‘liq. Sharqona (o‘zbek) madaniyatda esa:Baxt — oila, sog‘lik, baraka, farzand, iymon kabi qadriyatlar bilan bog‘liq. Til birliklarida ifodalanishi:  Frazeologiyalar: “Baxt qushi qo‘ndi”, “Baxt kulib boqdi”  Maqollar: “Baxtni pul bilan sotib bo‘lmaydi”, “Baxtli uyda baraka bo‘ladi”[4] “Ezgulik” konsepti tilshunoslikda abstrakt tushuncha bo‘lib, ijobiy, axloqiy fazilat hisoblanadi. Ya’ni insonparvarlik, rahm-shafqat, fidoyilikni o‘zida mujassamlashtiradi. Pragmatik va madaniy konnotatsiyalar:Ezgulik konsepti o‘zbek madaniyatida diniy axloq (Islom), odob-axloq, ota-bobolar urf-odati bilan bog‘liq. Ingliz tilida “benevolence”, “goodness”, “kindness” kabi so‘zlar bilan ifodalanadi. G‘arbda u

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola tilshunoslikda Baxt, Ezgulik, Halollik konseptlari hamda ularni ingliz va o'zbek tilida ifodalanishiga bag‘ishlanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola tilshunoslikda Baxt, Ezgulik, Halollik konseptlari hamda ularni ingliz va o'zbek tilida ifodalanishiga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lingvokulturologiya, milliy madaniyat, konsept, halollik, madaniyat, ijtimoiy-madaniy voqelik., qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

5