К содержанию
РецензированоUZ2021

AYDAR-ARNASOY KOʻLLAR TIZIMI IXTIOFAUNASINING HOZIRGI HOLATI

N.Y. Azizov · СИСТЕМЫ ОЗЕР (OʻzFA Zoologiya instituti, Toshkent)

Современная наука и исследования · 2 · 2021

Аннотация

This article presents the results of research conducted in 2021–2024 to determine the species and commercial composition of the ichthyofauna of the Aydar-Arnasay lake system. Key words: Aydar-Arnasay system of lakes, Eastern Arnasay, Tuzkan, Aydarkul, ichthyofauna, fishes, commercial species. Suv havzalarining biologik xilma-xilligini o‘rganish, mavjud holatini kompleks baholash, resurslarini saqlash hamda ulardan barqaror va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hozirgi davrda muhim ilmiy-amaliy masalalardan biri sanaladi. Biologik xilma-xillikning saqlanish darajasi va bioresurslardan foydalanish samaradorligi, avvalo, ushbu resurslarning turlar tarkibi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq va ishonchli ilmiy ma’lumotlarga asoslangan holda hal etilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi baliqlar faunasini inventarizatsiya qilish, ularning turlar tarkibi va tarqalishini aniqlash, populyatsiyalarining holatini baholash hamda tizimli monitoring asosida dinamik o‘zgarishlarini kuzatish dolzarb ilmiy-ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur suv havzasining biologik resurslarini saqlash va oqilona boshqarishga xizmat qiladi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ixtiofaunasining turlar tarkibi N.M. Xalmatov [8, 9], U.T. Mirzayev [5] ishlarida keltirilgan. Biroq ko‘llar tizimi ixtiofaunasi va ovlanish ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq turlarning hozirgi holati bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emas. Material va metodlar. Tadqiqot materiallari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi: – Sharqiy Arnasoy, Tuzkon va Aydarko‘l ko‘llaridan umumiy qabul qilingan ixtiologik metodlar [6] yordamida 2021–2024-yilllarda bahor, yoz va kuz oylaridagi nazorat ovlari jarayonida yig‘ildi. Tadqiqotlarda kataklari 22-65 mm bo‘lgan baliq ovlash to‘rlari to‘plamidan va 5 m uzunlikdagi tortma to‘rlardan foydalanildi. Baliq turlarini identifikatsiya qilish aniqlagichlar yordamida amalga oshirildi [1, 3]. Natijalar va ularning muhokamasi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ixtiofaunasi tarkibi turlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ko‘llar tizimidagi baliqlarning tur tarkibi 275 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 N.M. Xalmatov [8, 9] ma’lumotlari bo‘yicha 28 tani, U.T. Mirzayev [5] bo‘yicha 26 tani tashkil etadi. Biz tomondan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida hozirda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ixtiofaunasi tarkibi 7 oilaga mansub, 15 tur baliqdan iborat ekanligi aniqlandi. Iqlimlashtirilgan yoki tasodifan keltirilgan turlar – 7, mahalliy – 8 tur bilan ifodalanadi. Ixtiofauna tarkibining asosiy qismi Cyprinidae oilasi vakillariga to‘g‘ri keladi (15 tadan 9 tasi), ularning ulushi turlar umumiy sonining 60% tashkil etadi. Bunday tarkibiy holatning Oʻzbekiston suv havzalari ixtiofaunasi uchun xosligini U.T. Mirzayev [4] o‘z tadqiqotlarida keltirib o‘tgan. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ixtiofaunasining turlar tarkibi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ixtiofaunasining turlar tarkibi (2021-2024 yillar holati bo‘yicha) T/r TURLAR I II III CYPRINIDAE 1. Hemiculter leucisculus (Basilewsky, 1855)*** + + + 2. Carassius gibelio (Bloch, 1782)** + + + 3. Cyprinus carpio (Linnaeus, 1758)* + + + 4. Abramis brama orientalis (Berg, 1949)* + - - 5. Alburnus chalcoides aralensis (Berg, 1923)* + + - 6. Hypophthalmichthys molitrix (Valenciennes, 1844)** + + - 7. Leuciscus aspius iblioides (Kessler, 1872)* + + - 8. Rutilus aralensis (Berg, 1916)* + + + 9. Pelecus cultratus (Linnaeus, 1758)* + + - SILURIDAE 10. Silurus glanis (Linnaeus, 1758)* + + + ESOCIDAE 11. Esox lecius (Linnaeus, 1758)* + - - POECILIDAE 12. Gambusia holbrooki (Girard, 1859)** + + - PERCIDAE 13. Sander lucioperca (Linnaeus, 1758)** + + + GOBIIDAE 14. Rhinogobius brunneus (Temminck et Schlegel, 1845)*** - + - CHANNIDAE 15. Сhanna argus (Cantor, 1842)*** + + + JAMI: 14 12 8 Izoh: I – Sharqiy Arnasoy ko‘li, II – Tuzkon ko‘li, III – Aydarko‘l ko‘li. * – mahalliy, ** – iqlimlashtirilgan, *** – tasodifan keltirilgan turlar. Sharqiy Arnasoy ko‘li ixtiofaunasining tarkibi, Tuzkon va Aydarko‘l ko‘llari ixtiofaunasining tarkibiga nisbatan turlar sonining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Sharqiy Arnasoy ko‘li ixtiofaunasining turlar tarkibi – 14 tur, Tuzkon ko‘li ixtiofaunasi – 12, Aydar ko‘li ixtiofaunasining turlar tarkibi esa – 8 tur bilan ifodalanadi. 276 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Ilgari I.S. Tagayev [7] tomonidan qayd qilingan 4 tur – oq amur (Ctenopharyngodon idella (Valenciennes, 1844)), Eygenman qirraqorini (Hemiculter eigenmanni Jordan & Metz, 1913), chipor do‘ngpeshona (Aristichthys nobilis (Richardson, 1845)), qizilparra (Scardinius erythrophthalmus (Linnaeus, 1758)) va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylabdori (Luciobarbus conocephalus Kessler, 1872) baliqlari hozirda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida uchramasligi aniqlandi. Tadqiqotlarimiz natijasida Sharqiy Arnasoy ko‘lidagi (2022-2023 yillar) bahorgi nazorat ovlarida ovlanish ahamiyatiga ega bo‘lgan bal

Доказательный фрагмент

«This article presents the results of research conducted in 2021–2024 to determine the species and commercial composition of the ichthyofauna of the Aydar-Arnasay lake system.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents the results of research conducted in 2021–2024 to determine the species and commercial composition of the ichthyofauna of the Aydar-Arnasay lake system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aydar-Arnasay system of lakes, Eastern Arnasay, Tuzkan, Aydarkul, Tuzkon, Aydarko‘l, Sharqiy Arnasoy, baliqlar, ovlanadigan turlar., Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, ixtiofauna
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники