Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOG’LI URUG’LAR TARKIBIDAGI ZAHARLI VA MINERAL MODDALAR
dotsent Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich · Rahimova Parizoda Akbar qizi · В МАСЛИЧНЫХ СЕМЕНАХ.
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
The article discusses the chemical composition of oilseeds. In particular, it analyzes the minerals they contain that are beneficial to human health, as well as toxic compounds that pose a danger. Information is provided on minerals such as calcium, magnesium, and iron found in different types of seeds, as well as toxic substances such as linamarin, amygdalin, and aflatoxin that have the opposite effect on them. The topic is covered based on modern scientific sources, and safe methods of consumption are discussed. Oilseeds are rich in many biologically active substances that are essential for the human body and play an important role in daily nutrition. The article provides detailed information on the importance of beneficial minerals in oilseeds, as well as toxic compounds found in some of them. Keywords: Oilseeds, minerals, toxic compounds, cyanide, linamarin, amygdalin, aflatoxin. Kirish. Yogʻli urugʻlar inson ovqatlanishida muhim o‘rin tutadigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Ular yogʻ, oqsil, vitamin va mineral moddalar bilan birga, biofaol birikmalar manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim urug‘larda salomatlik uchun xavf tugʻdiruvchi zaharli moddalar ham uchraydi. Bu esa ularni iste’mol qilishda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Ushbu maqolada yogʻli urugʻlardagi foydali va zararli moddalarning tahlili, ularning organizmga ta’siri va xavfsiz ishlov berish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Mineral moddalarning foydasi. Yogʻli urugʻlarda quyidagi foydali mineral moddalar mavjud: Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 75 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kalsiy - suyak va tish salomatligi uchun zarur (kunjutda ko‘p). Magniy - yurak, mushak va asab tizimi uchun foydali (zigʻir urugʻida yuqori). Temir - qon hosil bo‘lishi va kislorod tashish uchun muhim (qovoq urug‘ida mavjud). Fosfor va kaliy - hujayra almashinuvi va yurak faoliyatida ishtirok etadi (soya urug’ida mavjud) FAO (2023) ma’lumotlariga ko‘ra, kunjut urug‘ining 100 grammi inson uchun kunlik kalsiy ehtiyojining 90% ini qoplaydi. Zigʻirda esa magniy darajasi juda yuqori. Zaharli moddalar: Yog’li urug’lar tarkibida gassipol (gossypol) moddasi mavjud. Gassipol - bu tabiiy birikma, asosan paxta urug’larida uchraydi. U fenolik birikmalar guruhiga kiradi va toksik xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Gassipol, ayniqsa, o’simliklarni himoya qilish maqsadida paxtaning tabiiy himoya tizimining bir qismi sifatida ishlaydi, chunki u zararkunandalarga qarshi vosita sifatida faoliyat ko’rsatadi. Gassipol insonlar va hayvonlar uchun zaharli bo’lishi mumkin. Biroq, paxta yog’ ishlab chiqarishda gassipolning miqdori juda past, shuning uchun yog’li mahsulotlar odatda xavfsiz hisoblanadi. Ammo, paxta urug’lari to’liq qayta ishlanmasa yoki noto’g’ri ishlov berilsa, gassipolning toksik ta’siri ko’rsatilishi mumkin. Hayvonlar uchun, ayniqsa, o’ziga xos ovqatlar bilan to’ldirilgan davo davrida, bu moddani iste’mol qilish o’limga olib kelishi mumkin. Gassipolning toksikligi oziq- ovqat sanoatida uni qayta ishlash va tozalash jarayonlarida muhim o’rin tutadi, chunki uning miqdori minimal bo’lishi kerak. Zigʻir urugʻida linamarin mavjud. Linamarin organizmga kirgach, fermentlar ta’sirida sianidga aylanadi.Sianid nafas olishni qiyinlashtiradi. Hujayralar kislorod yetishmovchiligiga uchraydi. Qon bosimi tushadi, bosh aylanishi, qusish va hushdan ketish holatlari yuzaga keladi. Katta miqdorda iste’mol qilinganda - o‘lim xavfi mavjud. Zigʻir urugʻini faqat qovurilgan yoki pishirilgan holatda iste’mol qilish kerak. Xom holatda ko‘p miqdorda yeyish mumkin emas. Achchiq bodom tarkibida amigdalinga mavjud. Amigdalin ham organizmda sianid aylanadi. 5-10 dona xom achchiq bodom bolani zaharlashi mumkin. Zaharlanish alomatlari og‘iz qurishi, yurak urishining sekinlashuvi, nafas qisishi, hushdan ketish. Biroq har doim ham yogʻli urugʻlar foydali bo‘lavermaydi - noto‘g‘ri ishlov berilgan, Выпуск журнала №-24 Часть–4_ Апрель –2025 76 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT haddan tashqari miqdorda iste’mol qilingan yoki yaroqsiz sharoitda saqlangan yogʻli urugʻlar inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ularning tarkibida uchraydigan linamarin, amigdalin, aflatoksin va boshqa tabiiy toksik birikmalar hujayralar faoliyatini izdan chiqaradi, asab tizimi, yurak-qon aylanish tizimi va nafas olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, bunday moddalar organizmga qanday kiradi, qanday ta’sir ko‘rsatadi va ularni qanday zararsizlantirish mumkin - degan savollar ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilmoqda. Yogʻli urugʻlarning kimyoviy tarkibi ularni turli sohalarda qo‘llash imkonini beradi. Masalan, magniy va ruxga boy yogʻli urugʻlar kosmetologiyada teri hamda soch sog‘ligini tiklashda qo‘llaniladi. Kalsiy va temirga boy urugʻlar esa biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) va bolalar ovqatlari tarkibiga kiritiladi. Farmatsiya sanoatida esa ayrim zaharli yogʻli urugʻlardan foydali dorivor modda ajratib olinadi. Shu bois, yogʻli urugʻlarning kimyoviy tarkibini chuqur tahlil qilish, ularni
Доказательный фрагмент
«The article discusses the chemical composition of oilseeds.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the chemical composition of oilseeds. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oilseeds, minerals, toxic compounds, cyanide, linamarin, amygdalin, Yogʻli urugʻlar, sianid, mineral moddalar, aflatoksin., zaharli birikmalar, amigdalin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026