К содержанию
РецензированоRU2025

MENTORLIK FAOLIYATI VA UNING IMKONIYATLARI

Nazarova Nigora Ravshanovna · Kalit so‘zlar: Mentorlik (Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti 1-kurs Tayanch doktaranti) · Karyera rivojlanishi (Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti 1-kurs Tayanch doktaranti) · Kasbiy mentorlik (Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti 1-kurs Tayanch doktaranti)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Менторская деятельность в настоящее время имеет огромное значение, поскольку из-за глобализации, технологического развития и социальных изменений возрастает потребность в навыках и компетенциях нового поколения. Факторы, такие как развитие карьеры и наставничество, личностный рост и развитие, расширение социальных сетей, инновации и креативность, поддержка психического здоровья, технологии и цифровые навыки, а также развитие лидерства в бизнесе и организациях, значительно усиливают важность менторской деятельности в современном мире. Ключевые слова: Менторство, Развитие карьеры, Профессиональное менторство, Академическое менторство, Жизненное менторство, Инновации и креативность. Annotation: Mentoring activities are of great importance today, as the need for skills and competencies of the new generation is increasing due to globalization, Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 313 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT technological development, and social changes. Factors such as career development and guidance, personal growth and development, expanding social networks, innovation and creativity, mental health support, technologies and digital skills, as well as leadership development in business and organizations, further strengthen the importance of mentoring activities in the contemporary world. Keywords: Mentoring, Career Development, Professional Mentoring, Academic Mentoring, Life Mentoring, Innovation and Creativity. Kirish.Bugungi tez o‘zgaruvchan va raqobatbardosh muhitda bilim va tajriba almashinuvi katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoshlar va yangi boshlovchilar uchun to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq, maslahat va ruhlantirish muhim sanaladi. Ana shunday holatlarda mentorlik faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Mentorlik — bu tajribali shaxs tomonidan boshqa bir insonga (yoki guruhga) bilim, ko‘nikma va hayotiy tajriba o‘rgatish jarayonidir.Mentorlik faqatgina o‘qitish yoki ko‘rsatma berish emas. Bu — insoniy muloqot, ishonchli munosabat va doimiy rivojlanish jarayoni. Mentor o‘z mentisiga (shogirdiga) nafaqat kasbiy yo‘nalishda, balki shaxsiy o‘sish, maqsad qo‘yish va ularni amalga oshirishda ham ko‘mak beradi. MATERIALLAR VA METODLAR: Hayotiy mentorlik, akademik mentorlik va kasbiy mentorlik haqida ilmiy tadqiqotlar, nazariyalar, maqolalar va monografiyalar. Bu manbalar yordamida o'quvchilar va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan turli yondashuvlar va metodlar tahlil qilinadi. Tahliliy metod: Mentorlik dasturlarining samaradorligini tahlil qilishda statistik va sifatli tahlil usullari qo'llaniladi. Bu, mavjud ilmiy ma'lumotlarni o'rganish va ularni konkret sohalar bo'yicha tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Korrelyatsiya tahlili: Mentorlikning turli omillari (masalan, mentorning tajribasi, mentining ehtiyojlari) o'rtasidagi bog'lanishlarni o'rganish uchun ishlatiladi. Muhokama va natijalar Mentorlik quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: Kasbiy mentorlik (ish joyida yoki soha bo‘yicha) .Kasbiy mentorlik — bu tajribali mutaxassis yoki rahbarning kamroq tajribaga ega bo'lgan kishiga (menti) o'z kasbiy rivojlanishida yordam berish, maslahatlar berish va qo'llab-quvvatlash Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 314 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT jarayonidir. Kasbiy mentorlikning asosiy maqsadi — mentining kasbiy malakalarini oshirish, yangi imkoniyatlar ochish, karyera yo'lida muvaffaqiyatga erishishga yordam berishdir. Kasbiy mentorlik professional tarmoqlarni kengaytirishga, karyerada yuqori pog'onalarga ko'tarilish imkoniyatini yaratishga, hamda shaxsiy va jamoaviy rivojlanishga yordam beradi. Akademik mentorlik (talabalar va ilmiy tadqiqotchilar o‘rtasida) .Akademik mentorlik — bu ta'lim sohasida mentor va menti o'rtasida o'rnatilgan hamkorlikdir, unda mentor talabaga yoki talaba guruhiga o'qish jarayonida yordam beradi, bilimlarini rivojlantirishga ko'maklashadi va akademik maqsadlarga erishishda yo'naltiradi. Akademik mentorlik talabalar uchun nafaqat akademik muvaffaqiyatga erishish, balki kasbiy va shaxsiy rivojlanishga yordam berishning samarali usulidir Hayotiy (life) mentorlik (shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan). Hayotiy (Life) mentorlik — bu shaxsning hayotiy yo'nalishlarini, maqsadlarini va shaxsiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mentorlik shaklidir. Bu turdagi mentorlikda mentor, mentiga faqat kasbiy emas, balki shaxsiy, emosional va ruhiy jihatlardan ham yordam beradi. Hayotiy mentorlik, odatda, shaxsning turli sohalarda, jumladan, munosabatlar, salomatlik, o'z-o'zini anglash, maqsadlarni belgilash va shaxsiy rivojlanish kabi masalalarda yordam beradi. Mentorlik ko‘pincha faoliyat sifatida olib boriladi. Bu faoliyat ko‘ngilli bo‘lishi mumkin, biroq hozirgi kunda ko‘plab tashkilotlar mentorlik dasturlarini professional darajaga olib chiqmoqda. Ayrim hollarda mentorlik professional xizmat sifatida pullik asosda ham amalga oshirilmoqda. Mentorlik dasturlarini professional darajaga olib chiqqan tashkilotlar haqida bir nechta misollarni keltirish mumkin. Bu tashkilotlar mentorlikni nafaq

Доказательный фрагмент

«Менторская деятельность в настоящее время имеет огромное значение, поскольку из-за глобализации, технологического развития и социальных изменений возрастает потребность в навыках и компетенциях нового поколения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Менторская деятельность в настоящее время имеет огромное значение, поскольку из-за глобализации, технологического развития и социальных изменений возрастает потребность в навыках и компетенциях нового поколения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mentoring, Career Development, Professional Mentoring, Mentorlik, Akademik mentorlik, Karyera rivojlanishi, Kasbiy mentorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники