ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРаджабова Азиза2025
BADIIY ADABIYOTDA INSON KONSEPSIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Rahimova Bahora Shuhratjon qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda inson deb atalmish mavjudotning ulug‘vorligi, badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan bo‘lmish inson konsepsiyasi, uning adabiyotda muhim ekanligi, ushbu atamaning adabiyotda paydo bo‘lishi, bugungi kungacha bo‘lgan davrda inson tasnifi asarlarda qay yo‘sinda aks etgani to‘g‘risida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: konsepsiya, shaxs, inson, evritistik, obraz, xarakter, mifopoetik, avtor. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, adabiyot ham erkin nafas oldi. Ijodkorga erkinlik berilgach, u turli yo‘nalishlarda turfa xil asarlarning yaratilishi, adabiyotimizni boyitdi. Lekin asosan insonga uning ruhiyatini tasvirlashga katta e’tibor berildi. Avvalo inson kim deb savol beraylik, arabchada inson so‘zi unutuvchi degan ma’noni beradi. Inson so‘zini to‘liqroq anglash uchun bashar ming yillar davomida din, falsafa, tarix, san’at siyosat, ruhshunos, jamiyatshunoslik kabi sohalar javob izladi. Aristotel inson ijtimoiy hayvon deydi. Lekin uning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi uni hayvondan ajratib turadi. Inson – bu dunyoning aziz – u mukarram xilqati, mavjudotlar ichida sarvaridir. Aqllilik, ma’naviyat insonga xos eng muhim xususiyatlar bo‘lib ular insonning tarixiy mohiyatidan kelib chiqadi. Tarixning har bir yangi davri insonning borliqdagi o‘rni, uning maqsad, vazifalarini to‘liqroq anglashga yordam berdi. Insoniyat o‘zining xulosa va tajribalari bilan jamiyatni tartibga soladi, qonunlar yaratadi. Insonning aql – zakovati ularning og‘irini yengil qiladi. Adabiyotshunoslikda oid asarlarda badiiy adabiyotning bosh vazifasi sifatida bilish (evritistik) hisoblanadi. ya’ni adabiyot borliqni, undagi voqea – hodisalarni, insonni o‘rganish asosida shakllangan. “Badiiy adabiyot borliqni obrazlar vositasida badiiy idrok qilish orqali bizning olam, odam, jamiyat haqidagi bilim va tasavvurlarni boyitadi.” O‘zining bu vazifasini amalga oshirish uchun adabiyot o‘z oldiga insonni qo‘ydi. Chunki, borliqda inson asosiy mavqeni egallaydi. Shunday ekan, badiiy adabiyotning ham borliqni idrok etishida inson obrazini asosiy vosita bo‘lishi ham tabiiydir. Azaldan inson kim savoli adabiyotning ijodkorning bosh muammosidir. Bu savolga javob izlash, adabiyotda katta ustunlikka ega. Chunki inson orqali asar shakllanadi. Adabiyot olam, odam munosabatlarning yaxlit modelini yaratgan holda, turli ijodiy eksperimentlar vositasida savollarga javob izlash, o‘z xulosalarini tirik obrazlar orqali ko‘rsatish imkoniga ega ekanligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, badiiy adabiyotning muayyan bir asar, ijodkor yoki davrda insonning olamdagi maqomi, maqsad, va vazifalari yuzasidan chiqargan yaxlit hukmi inson konsepsiyasidir. Konsepsiya nima o‘zi? Konsepsiya (lotincha conception – majmua, tizim) -1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2) adabiyotda biror asarning asosiy g‘oyasi. Adabiyotning evristik funksiyasidan tashqari badiiy – konseptual funksiyasi mavjudligi sababli inson konsepsiyasining adabiyotda namoyon bo‘lishi tabiiy – qonuniy jaroyon ekanligidan dalolat beradi. Badiiy adabiyot borliqni, mavjud voqelikni taftish qilish asosida badiiy konsepsiyani yaratadi. Adabiyotning markazida inson turadi. Badiiy konsepsiyaning asosini ham inson konsepsiyasi tashkil etadi. Adabiyotshunos Mixail Golberg inson 114 konsepsiyasiga shunday ta’rif beradi: “Inson konsepsiyasi juda ham keng qamrovli tushuncha bo‘lib, odamning olam va dunyoqarash, mafkura, axloq, estetik aloqalar hamda o‘zaro boshqa munosabat shakllarining ichki mohiyati majmui sifatida namoyon bo‘ladi.” Inson konsepsiyasi adabiyotda qanchalik muhim bo‘lmasin, juda kam o‘rganilgan. Adabiyotshunoslik nazariyasi kitoblarida ham bu tushuncha yo‘q, lekin hozirgi kunda bu tushunchaga e’tibor berilmoqda. Menimcha oldin e’tibor berilmagani sababi badiiy konsepsiya ichida inson konsepsiyasi ham kiirganligi uchun bunga ko‘p ham e’tibor qaratilmagan. Rus adabiyotshunosligida inson konsepsiyasi atamasini XIX asrning 50 – yillarida L.Timofeev qo‘llaydi. Shundan so‘ng turli izlanishlarda bu termini ko‘p uchratamiz. Adabiyotshunos Ye.Gaponning ta’kidlashicha, Timofeevga qadar adabiyotdagi inson muammosiga “obraz”, “qahramon”, “xarakter” kabi tushunchalar bilan javob izlangan. Ammo inson konpepsiyasi termini bularga qaraganda keng ma’noni qamrab oladi. Rus adabiyotshunosi shunday yozadi: “Insonning badiiy konsepsiyasi ma’lum bir adabiy kontekstda odamni shaxs sifatida tushunish va tasvirlash yo‘lidagi turli tamoyillar, g‘oyalar, qarashlar majmuyini anglatuvchi tushunchadir. Inson konsepsiyasi yozuvchi ijodiy olaming mazmuni sifatida faqat asarning emas, balki butun ijodiy yo‘lni va uning turli bosqichlarini xarakterlovchi, estetik qonuniyatlarini belgilovchi asosdir.” Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, inson konsepsiyasi tushunchasi, ma’lum bir asarni yoki davrni avtorning badiiy – g‘oyaviy konsepsiyasi bilan bevosita aloqadorlikda baholash imkonini beradi. O‘zbek adabiyotshunosligida mazkur tushunc
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda inson deb atalmish mavjudotning ulug‘vorligi, badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan bo‘lmish inson konsepsiyasi, uning adabiyotda muhim ekanligi, ushbu atamaning adabiyotda paydo bo‘lishi, bugungi kun…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda inson deb atalmish mavjudotning ulug‘vorligi, badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan bo‘lmish inson konsepsiyasi, uning adabiyotda muhim ekanligi, ushbu atamaning adabiyotda paydo bo‘lishi, bugungi kun… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xarakter, avtor., evritistik, shaxs, inson, obraz, konsepsiya, mifopoetik
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021