К содержанию
РецензированоEN2026

MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARIGA INGLIZ TILINI O'RGATISHDA TIL KOMPITENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY AXAMIYATI

Yuldasheva Umidaxon Maxmudovna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The article examines the theoretical and methodological foundations and practical significance of the formation of language competence in teaching English to preschool children. The purpose of the study is to determine the role of the competence-based approach in the training of future specialists in the field of preschool education. The four main components of language competence are considered – linguistic, sociolinguistic, discursive and strategic competence. The effectiveness of task-based teaching methods and interactive approaches is substantiated. The obtained results indicate the need for special strategies in pedagogical communication with preschool children. Key words: language competence, preschool education, teaching English, communicative competence, linguistic competence, sociolinguistic competence, discursive competence, strategic competence, task-based learning, pedagogical communication, professional training, 139 interactive methods, social constructivism. Mamlakatimizda ingliz tilini o'qitishga qaratilgan diqqat e'tibor oldingi davrlar bilan solishtirganda ancha yuqori darajaga ko'tarilgan. Respublika ta'lim sohasida chet tillarni o'rgatish faoliyatida eskirgan o'quv dasturlari o'rniga dunyoning rivojlangan mamlakatlarining pedagogik tajribalari negizida ta'lim jarayonini modernizatsiyalashga yo'naltirilgan usullar qo'llanilmoqda. Ta'limda zamonaviy metodologiyalar, innovatsion o'quv dasturlari va natijali strategiyalar amalga oshirilishi tufayli ingliz tili o'qitish mahoratini yaxshilashga qaratilgan faoliyatlar davlatimizning taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Ingliz tili oʼqituvchisi faoliyatida pedagogik metodlarning toʼgʼri va aniq tanlanishi ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi malakali kadrlar va yuqori ixtisoslikka ega mutaxassislar yetishtirishdan iborat. Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalariga ingliz tilini o'rgatishda til kompetensiyasini rivojlantirishning amaliy ahamiyati mavzusida zamonaviy ta'limda kompetensiyaga asoslangan yondashuv hozirgi zamon ta'limining talablariga mos keladigan innovatsion xususiyatlarga ega bo'lib, yangi avlod fuqarolari va mutaxassislarini shakllantirishda tarbiyaning muhim vazifasini kuchaytiradi. Kompetensiyaga asoslangan metodologiyani amalda joriy etish ta'lim sifatini yangilash, ta'lim-tarbiya jarayonlarining o'zaro muvofiqligini ta'minlashga, shuningdek, insонiy qadriyatlar tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Bunday strategiya ta'limni faqat bilim yetkazishning o'ziga cheklamay, balki tarbiyaviy faoliyatning samaradorligini oshirishga ham yo'naltiriladi. Maktabgacha ta'lim sohasidagi bo'lajak pedagoglar uchun ingliz tili kompetensiyasini rivojlantirish ularning professional mahoratini shakllantirish va kelajakda bolalar bilan samarali ish olib borishda muhim asos yaratadi. Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘rganish jarayonida kompetentlikni shakllantirish o‘qituvchining o‘z bilimlari, ko‘nikmalarini va kompetensiyalarini talabalariga etkazish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘qituvchi faqat ingliz tilining grammatik qoidalarini o‘rgatibgina qolmasdan, balki talabalar bilan samarali muloqot o‘rnatish, interaktiv va ijodiy faoliyatlarni tashkil etish orqali ularga real hayotdagi vaziyatlarda tilni to‘g‘ri va samarali ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantirishi zarur. Til kompetensiyasining amaliy ahamiyati maktabgacha ta'lim mutaxassislarining pedagogik faoliyatini boyitish, zamonaviy metodlardan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish va bolalarning kognitiv rivojlanishiga hissa qo'shishda namoyon bo'ladi. Maktabgacha ta'lim sohasida til kompetensiyasining amaliy namoyon bo'lishida pedagogik kommunikatsiyaning optimallashtirish jarayonida, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash maxsus kommunikativ strategiyalar va til vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Ingliz tilida kompetent pedagog bolalarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ikki tilli muhitda samarali pedagogik ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlari til kompetensiyasini rivojlantirishda maxsus pedagogik yondashuvlarni qo'llashni taqozo etadi. Bu yoshda bolalarning til egallash jarayoni quyidagi psixologik mexanizmlar orqali amalga oshadi. Til kompetensiyasining rivojlanishi pedagoglarning metodologik imkoniyatlarini kengaytiradi, professional faoliyat samaradorligini oshiradi va bolalarning har tomonlama rivojlanishiga muhim hissa qo'shadi. Shu bilan birga, bu jarayon maktabgacha ta'lim tizimining zamonaviy talablarga javob berish qobiliyatini oshiradi va kelajak avlodning global raqobatbardoshligini ta'minlashga yordam beradi. Ingliz tilini oʼqitishda uzviylik va uzluksizlik tamoyilini joriy etish, taʼlim jarayonida interfaol metodlarni qoʼllash muhim hisoblanadi va talabalarning auditiv nutqiy koʼnikmalarini 140 rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday jarayonlarda bolalar oʼzi tanlagan kasbini egallash jara

Доказательный фрагмент

«The article examines the theoretical and methodological foundations and practical significance of the formation of language competence in teaching English to preschool children.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the theoretical and methodological foundations and practical significance of the formation of language competence in teaching English to preschool children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language competence, preschool education, teaching English, communicative, ijtimoiy konstruktivizm., vazifaga asoslangan o'qitish, maktabgacha ta'lim, strategik kompetensiya, ingliz tili o'qitish, lingvistik kompetensiya, pedagogik kommunikatsiya, diskurs kompetensiyasi, professional tayyorgarlik, til kompetensiyasi, interfaol metodlar, soziolingvistik kompetensiya, kommunikativ kompetensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

5