Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIYA NAVOIYSHUNOSLIGI HAQIDAGI TADQIQOTLAR
Cho‘lliyeva Latofat Sevindikovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Research on Alisher Navoi is being actively carried out in Turkey. Uzbek literary scholars have studied and analyzed these studies and created a number of articles and dissertations about them. This article analyzes the research conducted in our country on Turkish Navoi studies. Keywords: Alisher Navoi, Turkey, Navoi studies, articles, foreign Navoi studies. Buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy nafaqat o‘z davrining, balki jahon adabiyoti va madaniyatining yuksak cho‘qqilaridan biri hisoblanadi. Uning adabiy merosi, til va badiiyat borasidagi qarashlari, estetik dunyoqarashi hamda insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan holda, ko‘plab mamlakatlar, xususan, Turkiyada ham muntazam ravishda o‘rganilib kelmoqda. Ayniqsa, turkiy xalqlarning umumiy tarixiy-madaniy ildizlari, til va adabiyotdagi o‘xshashliklar Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan qiziqishning uzluksizligini ta’minlab bermoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston adabiyotshunosligida Alisher Navoiy hayoti va ijodining xorijda, xususan, Turkiya Respublikasida o‘rganilishi bo‘yicha qator ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar yaratilgan. Ushbu ilmiy izlanishlarda Navoiy merosining turkiy adabiyot taraqqiyotiga ta’siri, Turkiyada faoliyat yuritgan olimlarning Navoiyshunoslikka qo‘shgan hissasi, tarjimalar va ilmiy-adabiy aloqalarning zamonaviy holati tahlil qilingan. Biroq mazkur tadqiqotlarning umumlashtirilgan tahlili, o‘zbek adabiyotshunosligida bu borada erishilgan yutuqlar va istiqbolli yo‘nalishlar haqida kompleks ilmiy xulosa va nazariy qarashlar hali yetarli darajada shakllanmagan. Mazkur maqola ana shu bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi. Asosiy e’tibor O‘zbekistonda Alisher Navoiy ijodining Turkiyada o‘rganilishi borasida yozilgan ilmiy maqolalar va dissertatsiyalarni tahlil qilishga qaratiladi. Bu orqali O‘zbekistonda shakllangan Navoiyshunoslik maktabining xorijdagi ilmiy-nazariy izlanishlarga ta’siri, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlik darajasi aniqlanadi. Maqolaning nazariy ahamiyati shundaki, u Alisher Navoiy ijodining xalqaro miqyosda o‘rganilishi bo‘yicha adabiyotshunoslikka oid ilmiy qarashlarning umumlashtirilgan tahlilini beradi, mavjud tadqiqotlar asosida yangi ilmiy xulosalar chiqarishga zamin yaratadi. Bu esa Navoiy merosini xalqaro Navoiyshunoslik doirasida tadqiq etishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 1 50 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Maqolaning amaliy ahamiyati esa Navoiy asarlarini turkiy xalqlar orasida keng targ‘ib qilish, tarjimalar, ilmiy tadqiqotlar va akademik hamkorliklarni rivojlantirishga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Bundan tashqari, maqola O‘zbekistonda yaratilgan ilmiy manbalarni tahlil qilish orqali, yangi avlod tadqiqotchilari uchun muhim ma’lumot manbai bo‘la oladi. Shu boisdan, ushbu tadqiqot o‘zbek va turk adabiyotshunosligi o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, Alisher Navoiy merosining xalqaro miqyosdagi o‘rganilishiga oid adabiy-nazariy qarashlarni boyitishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Turkiyada navoiyshunoslik tadqiqotlari Navoiy hayotligi chog‘idayoq boshlangan bo‘lib, XX asrga kelib bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirildi. So‘ngi yillarda Ogoh Sirri Levend, Tanju Seyhan, Vahit Turk, Gunay Kut, Ayshexen Deniz Ebek, Sema Barutchu O‘zo‘nder, Metin Karao‘rs, O‘nal Kaya, Funda To‘prak, Bulent Bayram, Zuhal O‘lmez, Emek Ushenmaz, Fatma Achik, Huseyin Baydemir, Hatije To‘ren, Erjan Petek, Sebahat Deniz kabi o‘nlab turkiyalik navoiyshunos va turkolog olimlar Navoiy hayoti va ijodiga doir turli tadqiqotlar olib borganlar. Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosining faol tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi professor Vohit Turkning 2021-yil “Türk Dunyasi Dil ve Edebiyat” jurnalida nashr qilingan “Türkiye’de Ali Şir Nevayi Çalışmaları” maqolasida ma’lumot berishicha1, Turkiyada 2021-yilga qadar Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq olib borilgan tadqiqotlarning soni quyidagicha: Magistrlik ishlari 26 Doktorlik dissertatsiyalari 18 Maqolalar 281 Ensiklopediya bo‘limlari 11 Turkiy tillardan olingan maqolalar 19 Tarjima maqolalar 23 Tezislar 48 Kitoblar 51 Tabdil kitoblar 51 Tarjima kitoblar 2 Navoiy ijodining Turkiyada o‘rganilishi masalasi tadqiqi bilan shug‘ullangan R. Ruzmonovaning o‘rganishlariga ko‘ra, Turkiya universitetlarida doktorlik [222] va nomzodlik [220] ishlari, o‘nlab ilmiy tadqiqotlar, turli konferensiyalarga taqdim qilingan bayonotlar, yuzlab maqolalardan tashkil topgan to‘plamlar [150] gacha mavjud. Raqamlardan ko‘rinib turganidek, turk navoiyshunosligidagi ishlar salmog‘i ancha katta. O‘z navbatida bu tadqiqotlar o‘zbek adabiyotshunoslari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Navoiyshunoslikning markazi va vatani O‘zbekiston ekanligini inobatga olgan holda aytish mumkinki, olimlarimiz bu tadqiqotlarni o‘rganishi, ularning yutuq va kamchiliklarini aniqlashi, bu izlanishlarni o‘zimizda amalga
Доказательный фрагмент
«Research on Alisher Navoi is being actively carried out in Turkey.»
Образец извлечения
Демо-превьюResearch on Alisher Navoi is being actively carried out in Turkey. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoi, Turkey, Navoi studies, articles, foreign Navoi studies, Alisher Navoiy, navoiyshunoslik, Turkiya, xorijiy navoiyshunoslik., maqolalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026