К содержанию
РецензированоUZ2025

TILSHUNOSLIKDA POLIFUNKSIONALLIK MASALASI

TILSHUNOSLIKDA POLIFUNKSIONALLIK MASALASI · Berdimurodova Sohiba

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Til birliklarining bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani bajarish xususiyati lingvistik tizimning murakkabligini, ijtimoiy-kommunikativ muhitga moslashuvchanligini ifodalaydi. Maqoladagi polifunksionallik tushunchasining mohiyati, turli til darajalarida namoyon bo‘lishi, kontekst bilan bog‘liqligi va amaliy tilshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, bir qator olimlarning polifunksionallik haqidagi nazariyalari tilga olinadi. Kalit so‘zlar: Polifunksionallik, til birliklari, kontekst, til funksiyalari, ko‘p ma’nolilik, leksema, polisemiya, frazeologik, morfemik, sintaktik. Kirish. Zamonaviy tilshunoslikda tilning funksional imkoniyatlari alohida e’tibor markazida turadi. Til faqat aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan, inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy faoliyatining ajralmas qismi sifatida ham o‘rganiladi. Shu jihatdan, til birliklarining polifunksionallik xususiyati lingvistik tahlilning markaziy tushunchalaridan biri bolib qolmoqda. Tilshunoslar fikricha, har qanday til birligi ma’lum bir kontekstda bir necha vazifani bajarishi mumkin. Bu holat lingvistik birliklarning semantik, pragmatik va stilistik ko‘lamini kengaytiradi. Tilshunoslikda polifunksionallik terminining qo‘llanilishi Roman Yakobsonning til funksiyalari haqidagi g‘oyalari bilan bevosita bog‘liq. Uning fikricha, til kamida olti asosiy funksiyani bajaradi: referensial (axborot uzatish), ekspressiv (emotsional holat ifodasi), konativ (ta’sir o‘tkazish), fatik (aloqani ushlab turish), metalingvistik (til haqida fikr bildirish) va poetik (badiiy ifoda). Til birliklarining bitta matnda ushbu funksiyalarning bir nechtasini bajarishi mumkin, bu esa polifunksionallik hodisasining mohiyatini belgilaydi. Leksemaning birdan ortiq ma’no anglatish hodisasi ko‘p ma’nolilik yoki polisemiya deyiladi. Birdan ortiq ma’no anglatadigan leksema esa ko‘p ma’noli, polisemem, polisemantik leksema sanaladi. Polisemiya har qanday tilda salmoqli o‘rin tutadi. Til boyligi faqat ibora, maqollar bilan emas, balki so‘zlarning leksik (lug‘aviy) ma’nolari bilan ham o‘lchanadi. So‘z ma’nolarining rang- barangligi, ya’ni so‘zlarning ko‘p ma’noliligi – polisemiya til boyligida o‘z o‘rniga ega. Tildagi polisemiya hodisasi juda qadimdan olimlar diqqat markazida bo‘lgan. Mashhur leksikograf Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk” kitobida turkiy polisemantik so‘zlarni qayd etadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ham “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida so‘z ma’nolariga alohida to‘xtaladi: ularni ona tilining boyliklaridan biri, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy ko‘p ma’noli (polisemantik) so‘zni omonimdan farqlaydi, shuningdek, bir so‘zning ichidagi turli ma’no nozikliklari haqida alohida fikr yuritadi1. 1 Hakimova M. Semasiologiya. – Toshkent, 2008. – B. 33. – 100 b. 1 29 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Polisemiya hodisasiga sof lingvistik nuqtai nazardan yondashish fransuz semasiologi M.Brealdan boshlandi. Shundan keyin bu hodisa haqida turli qarashlar yuzaga kela boshladi.2 Polisemiyani baholash tilshunoslar orasida ziddiyatli fikrlarga sabab bo‘ldi. Ba’zi olimlarning fikricha, “ideal” tilda so‘z faqat bitta ma’noga ega bo‘lishi va har bir ma’no alohida nomga ega bo‘lishi kerak. Biroq bu bir qarashda qulay ko‘rinishi mumkin, aslida so‘zlarning “biryoqlamaligi” til imkoniyatlarini pasaytirib, uni milliy o‘zlikdam mahrum etadi. Ko‘pchilik olimlar haqli ravishda so‘zlarning noaniqligini tilning zaifligi emas, balki til boyligining bir ko‘rinishi deb biladilar. Ko‘p ma’nolilik tilning cheksiz imkoniyatlarini e’tirof qiladi, chunki so‘z boyligi nafaqat so‘zlar, balki ularning qiymatlarining xilma-xilligida, so‘zlarning yangi semantik farqlarni olish qobiliyatidir. So‘zdagi yangi ma’nolarning rivojlanishi til leksik resurslaridan ijodiy foydalanish ko‘lamini beradi.3 M.Mirtojiyev polisemiya bilan chalkashlikni yuzaga keltiruvchi yondosh hodisalar sifatida konversiya, omonimiya, frazani ko‘rsatadi. Polisemiya va ular asosida hosil bo‘lgan omonimlarni farqlashda ichki semantik bog‘liqlikning xiralashganligiga asoslanish kerak bo‘ladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, M.Mirtojiyev polisemiya hodisasini monografik planda tadqiq qilgan. Olim polisemiyani quyidagicha guruhlab o‘rgandi: 1.Polisemiya va unga yondosh hodisalar. 2.Polisemiyaning yuzaga kelishi. 3.Polisemiya klassifikatsiyasi. 4.Polisemiyada so‘z strukturasi. R.Sayfullayeva va bir qator olimlar tomondan yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida polisemiyaning leksik, frazeologik, morfemik, sintaktik turlari ajratiladi. Darslikda bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar formal tilshunoslikda farqlanganligi, nazariy leksikologiyada esa bir sememali va ko‘p sememali leksema farqlanishi alohida ta’kidlanadi. Polifunksionallikning til birliklariga xosligi olimlarga ma’lum bo‘lib kelgan. Ammo turli davrlarda bu haqiqatga munosabat boshq

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi polifunksionallik hodisasi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
frazeologik, til birliklari, sintaktik., morfemik, kontekst, polisemiya, til funksiyalari, Polifunksionallik, ko‘p ma’nolilik, leksema
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники