Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
BUXORODA AMIR HUKUMATINING QULASHI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Furqat Sodiqov · Oriental universeteti Tarix
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 1917
Аннотация
1917-yil Fevral inqilobi natijasida Rossiya imperiyasi quladi, qo‘sh hokimiyatchilik o‘rnatildi. Knyaz Lvov boshchiligida tuzilgan muvaqqat hukumat Ta’sis Majlisi chaqirguncha rahbarlikni amalga oshirishi kerak edi. Ishchi, soldat sovetlari ham boshqaruvda asosiy rol o‘ynadi. 1917-yil oktabrda sovetlar davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga oldi. Sovetlar Buxoro amirligini bosib olish uchun 1918-yilda hamda 1920-yilda hujumlarni amalga oshirdi. Ushbu maqolada Sovet hukumatining Buxoro amairligini bosib olishi, jang harakatlari va oqibatlar haqida ma’lumot beradi. Kalit soʻzlar: Amir Olimxon, Yosh buxoroliklar, Fayzulla Xoʻjayev, Buxoro, Kogon, Chorjoy, Kolesov, Frunze, Knyaz Lvov, Aeroplan, qizil askarlar. Buxoro amirligi 27 ta alohida ma’muriy birlik bekliklardan iborat edi. Ushbu tumanlarni Bosh vazir Qushbegi boshqargan. Qushbegi maslahati bilan aynay amir beklarni tayinlagan.1 Buxoro amiri Amir Olimxon (1911-1920) davrida ham ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy islohotlar deyarli amalga oshirilmagani Sovet hokimyatiga qoʻl keldi. 1917-yil 2-dekabrda Fayzulla Xoʻjayev boshliq “Yosh buxoroliklar” Buxoro amirligi hududidagi rus pasyolkalari vakillarining 2-syezdida “Rossiya va Turkiston hukumatlarining Buxoro ishlari boʻyicha hukumat saylanadi. Ular Toshkentga yetib borganida 30 ming Buxorolik qoʻzgʻolon koʻtarishga shay deb Toshkentdagi Sovet hukumatini ishontirishgan2. Sovet hukumati Kolesov boshchiligidagi qoʻshinni Buxoroni bosib olish uchun joʻnatgan. 1918-yil 1- martda Kolesov Kogonga joylashdi3. Kolesov bilan birga 3500 qizil askarlar, zambarak va pulemyotlar ham tayyor edi. Kolesov askarlari Buxoroga hujum qilganda, Buxoro xalqi yuzlab kilometrlik temir yoʻllar va telegraf simyogʻochlarini buzib, Kolesovni yordamdan mahrum qildi. Natijada, Buxoroni bosib olishning birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Qiziltepada sulh imzolandi. Unga 1868-yil Rossiya 1 Содиқов Ф. Ўзбекистон СCРда маҳаллий бошқарув идоралари фаолияти (1917-1938 йиллар). – Тошкент: “Mahalla va oila” нашриёти. 2023. – B.77. 2 Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Иккита китоб. Биринчи китоб. Ўзбекистон 1917-1939 йилларда. Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, М. Раҳимов, Қ. Ражабов. – Тошкент, “O‘zbekiston”, 2019. –B.100. 3 Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent: 2011. – B.223. 201 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Buxoro shartnomasi asos qilib olindi. Sovet hokimyati Buxoro mustaqilligini toʻliq tan olishi, Buxoro tomoni oʻzi buzgan joylarni qayta tiklashi kerak edi4. Ushbu muvaffaqiyatsizlikni hazm qila olmagan sovet hukumati, Buxoroni bosib olish rejasini Frunze boshliq harbiylarga berdi. Rejaga muvofiq harbiy garnizonlar shakllantirilib, sovetlar “Buxoro amirligi Sovet davlatiga qarshi urushga tayyorlanyapti” – degan bahona bilan Buxoro chegaralariga qoʻshin joylashtirib chiqdi. 1920-yil 12-avgustda Frunze buyrugʻiga binoan 4 ta zarbdor guruh tashkillashtirilib umumiy qurollari 7000 piyoda, 2500 otliq, 43 ta toʻp, 230 ta pulemyot, 10 ta broneavtomobil, 5 ta brone poyezd va 12 ta Aeroplan shay holatga keltirilgandi.5 Belgilangan rejaga muvofiq Buxoroni besh tarafdan tezlik bilan egallsh rejasi tuzildi. 1- Yangi Buxoro guruhi (Kogon) eski Buxoroni egallashi, 2-Chorjoy guruhi 29-avgustda eski Chorjoyni egallashi, 3-Qarshi guruhi Qarshini egallashi, 4-Samarqand guruhi Kitob, Shahrisabz, va Gʻuzorni egallab Buxoroni sharqiy qismiga oʻtadigan yoʻllarni nazorat qilishi, 5-Kattaqoʻrgʻon guruhi Xatirchi, Ziyovuddin, Karmana shaharlarini egallashi shart edi. Rejaga muvofiq 28- avgustda Chorjoyda amirlikka qarshi harakatlar boshlandi. 29-avgust qizil askarlar tomonidan Chorjoy egallandi. 1920-yil 1-sentabrga qadar Chorjoy, Karmana, Norazim, Burdalik, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi va Xatirchi bosib olingach, 1920-yil 29-avgustda boshlangan qizil armiyaning Buxoro poytaxti qamaligi qoʻshilishdi. Buxoro qizil askarlar tomonidan 2-sentabrda bosib olindi. Mazkur gʻalabadan soʻng Buxoroning son sanoqsiz xazinasi talandi6. Buxoro amiri Olimxon bu voqealarni eslab “azm Buxoro shahriga aeroplanlar orqali havodan bomba yogʻdirishgani, toʻrt kecha va kunduz jang qilganini oxiri Buxoroni koʻplab joylari vayron boʻlgani, qolgan qismi vayron boʻlmasligi uchun Buxoroni tashlab Gʻijdivonga ketgani” bayon qilingan. Amir Olimxonning o‘zi esa Afgʻonistonga oʻtib, shu yerda umrining oxirigacha yashab qoladi.7 1920-yil 14-sentabr kuni Buxoro Xalq Shoʻro(Sovet) Respublikasi tuzildi. 14-sentabrdagi qoʻshma majlisda Buxoro kommunistik partiyasining Abdulqodir Muhiddinov boshliq 9 a’zosi kirdi. Buxoro hukumatiga rais etib Fayzulla Xoʻjayev saylandi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak Buxoro amiri “Minefest” loyihasini yoʻq qilmasligi va “Yosh buxoroliklar”ni qoʻllab quvvatlashi zarur edi. Buning o‘rniga 4 Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi. –B.223-225. 5 Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Иккита китоб. Би
Доказательный фрагмент
«1917-yil Fevral inqilobi natijasida Rossiya imperiyasi quladi, qo‘sh hokimiyatchilik o‘rnatildi.»
Образец извлечения
Демо-превью1917-yil Fevral inqilobi natijasida Rossiya imperiyasi quladi, qo‘sh hokimiyatchilik o‘rnatildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Frunze, Buxoro, qizil askarlar., Knyaz Lvov, Chorjoy, Kolesov, Aeroplan, Kogon, Yosh buxoroliklar, Fayzulla Xoʻjayev, Amir Olimxon
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025