American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchRo’zmetova Farangiz Azamatovna2024
MAXALLIY TMK 22 POMIDOR NAVINING XORIJIY NAVLARGA NISBATAN QIYOSIY OʻRGANISH
QIYOSIY OʻRGANISH · Xayitbekova Muxlisa Mirkomiljon qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2019
Аннотация
Pomidor asosiy ekin sifatida yetishtirilganida, ekish uchun tayyorlangan koʻchati sifati, undan kelajakda olinadigan hosil sifati hamda miqdorini belgilovchi omil hisoblanadi. Bunda pomidorni oʻrta pishar TMK 22 va Maxintos navlarini taqqoslab oʻrganib, ulardan qaysi biri uzoq muddat yuqori va sifatli hosil berishga loyiq ekanligini aniqlash maqsadida tajriba maydonchasida tasdiqlangan dasturga muvofiq turli xildagi fenalogik, biometik va boshqa kuzatuv ishlari oʻtkazildi. Kalit soʻzlar: Pomidor, xoʻjalik, seleksiya, urugʻchilik, agrotexnika, nav, gektar. Аннатация: При выращивании томатов в качестве основной культуры качество подготовленной к посадке рассады является определяющим фактором для качества и количества будущего урожая. В соответствии с утвержденной программой на опытном участке были проведены различные фенологические, биометические и другие работы по наблюдению с целью сравнения среднеспелых сортов томата ТМК 22 и Maxintos и определения того, какой из них достоин многолетнего качественного урожая. Ключевые слова: Помидор, хозяйство, селекция, семеноводства, агротехника, сорт, гектар. Annotation: When growing tomatoes as the main crop, the quality of seedlings prepared for planting is a determining factor for the quality and quantity of the future crop. In accordance with the approved program, various phenological, biometric and other observational works were carried out on the experimental plot in order to compare mid- ripening tomato varieties TMK 22 and Maxintos and determine which of them is worthy of a long-term quality crop. Keywords: Tomato, economy, selection, seed production, agricultural technology, variety, hectare. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarini optimallashtirish va ularni ishlab chiqarishni koʻpaytirish choralari” Farmonida hamda 2020 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni gʻoʻza yetishtiriladigan maydonini qisqartirish hisobiga kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi Qarorida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish, ularning assortimentini kengaytirish va axolini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilab koʻrib chiqildi va ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Respublikamiz qishloq xoʻjaligi vazirligining bergan tezkor ma’lumotiga koʻra 2021 yilda sabzavotdan 11 mln. 275 ming tonna yalpi hosil yetishtirilib, ular bir iste’molchiga 325 kg dan toʻgʻri keladi. Bu, albatta marra emas, chunki respublikamiz axolisi tobora koʻpayib borishi bilan birga qayta ishlash korxonalari hamda mamlakatimiz eksport potentsiali jadal sur’atda rivojlanishi sabzavot ishlab chiqarishni koʻpaytirishni taqozo etmoqda. Shuning uchun sabzavot yetishtirish-ishlab chiqarish xajmi yil sayin koʻpayib bormoqda. Ushbu dolzarb masalarni hal etish yoʻlida biz ham pomidorni yetishtirishda oziqlanish 36 maydoni, ekish sxemasi va ekish muddati hamda mahsuldorlik belgilarini maxalliy TMK 22 pomidor navini xorijiy navlarning mahsuldorlik va boshqa koʻrsatkichlariga qiyosiy tarzda oʻrgandik. Pomidor navlari koʻchatlari tajriba maydonining ochiq qismida yetishtirildi. Pomidor urugʻlari koʻchatxonaga 2021 yil 15 fevralda ekildi, nixollar 6-8 kun mobaynida hosil boʻldi. Koʻchatlar 50-55 kunlik boʻlganidan soʻng yerga 5 aprelda 70x30 sm sxemada ekildi. Ekish oldidan pomidor navlari koʻchatlarini sifat koʻrsatkichlari oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi. (1-jadval) 1-jadval Sinalgan pomidor navlari koʻchatlarini sifat koʻrsatkichlari Koʻchatning Koʻchatdagi Koʻchatdagi Nav Koʻchatlarning balandligi, barglar soni, gʻunchalar soni, na’munalar tutishi, % sm dona dona TMK22 16,1 6,4 1,2 99,0 Maxintos 14,9 6,1 1,0 98,5 3.1.1-jadvalda keltirilgan raqamlardan ma’lum boʻlishicha pomidor navlari koʻchatlari ekish oldidan biri-ikkinchisidan sezilarli darajada farq qilar ekan. Ya’ni, oʻrtapishar TMK 22 navi koʻchati boʻyi dalaga ekish paytida 16,1 sm, barglari soni 6,4 donani hamda hosil boʻlgan toʻliq yetilib gullashga yaqin boʻlgan gunchalari esa, xar tupda oʻrtacha - 1,2 donani tashkil etdi. Bu sifat koʻrsatkichlar Maxintos chet el navida navida taqqosnalayotgan TMK 22 naviga nisbatan ma’lum darajada kam boʻldi. Maxintos navi nixollari boʻyining balandligi 14,9 sm yoki TMK 22 navi koʻchatiga nisbatan 1,2 sm ga past, koʻchatdagi barglari esa 0,3 donaga kam boʻlishi bilan birga, g’unchalari soni 0,2 donaga kam hosil boʻladi. Pomidorning sinalgan nav-na’munalari yer ustki vegetativ qismini turlicha shakillantirishi bilan ham bir ikkinchisidan farq qildi, (2-jadval). 2-jadval Sinalgan pomidor nav na’munalari yer ustki vegetativ qismini shakllanishi Asosiy Birinchi tartib Ikkinchi tartib 1 Nav poyasining shoxchalari soni, shoxchalar soni, tupdagi barg na’munalar uzunligi, sm dona dona satxi, dm2 TMK 22 65,4 5,4 6,1 68,0 Maxintos 65,4 5,3 7,1 69,9 Kuzatuvlardan ma’lum boʻlishicha (3.1.3-jadval) oʻrganilgan pomidor navidan TMK 22 va Maxintosning asosiy poya balandligi deyarli bir xil koʻr
Доказательный фрагмент
«Pomidor asosiy ekin sifatida yetishtirilganida, ekish uchun tayyorlangan koʻchati sifati, undan kelajakda olinadigan hosil sifati hamda miqdorini belgilovchi omil hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюPomidor asosiy ekin sifatida yetishtirilganida, ekish uchun tayyorlangan koʻchati sifati, undan kelajakda olinadigan hosil sifati hamda miqdorini belgilovchi omil hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tomato, economy, selection, seed production, agricultural technology, gektar., nav, xoʻjalik, urugʻchilik, agrotexnika, seleksiya, Pomidor
Смежные источники
Журнал прикладных и социальных наукDilshodB. Batirov2019
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийPAGE NO. -, Ethnographic Insights Into +62025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021