К содержанию
РецензированоUZ2026

“JARQO‘RG‘ON MINORASI” ARXITEKTURA YODGORLIGINING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI

KUNDAGI HOLATI · Pardayeva Shaxriniso Turayevna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqola Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan, turizm maskanlaridan biriga aylangan Jarqo‘rg‘on minorasining qurilish tarixi, hozirgi kundagi saqlanish holati, hududni turizm maskaniga aylantirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan qisqacha yozildi. Kalit so‘zlar: Jarqo‘rg‘on, arxitektura, bezak, minora, masjid, xaroba, zinapoya, viloyat, tuman, asr, sur’a va hokozolar. Bir necha o‘n yillar davomida mashhur Jarqo‘rg‘on minorasi arxeologlar, tarixchilar va go‘zal arxitekturani sevuvchilarni hayratda qoldirib kelmoqda. Gap shundaki, minora noodatiy dekorativ bezak bilan bezatilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyoda ilgari ishlatilmagan, bu bezak ko‘proq Hindistonda ishlatilgan. Minora Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on va Termiz o‘rtasidagi Minor qishlog‘ida joylashgan. U 1109-yilda Sulton Sanjarning buyrug‘iga binoan qurilgan. Hozirda uning balandligi yigirma metrdan oshadi, ammo qurilish vaqtida u qirq uch metrga yetgan. Minorada uning yaratuvchisi, Seraxs shahridan usta Ali ibn Muhammadning ismini va undan yuqoriroq qismida esa, oxiriga yetkazilmagan Qurʼonning muqaddas sur’alarini ko‘rish mumkin. Minoraning siljigan o‘qi tufayli u tugallanmagan yoki qisman vayron bo‘lgan deb taxmin qilinadi. 1879-yilda minora yaqinida qadimiy masjidning xarobalari topilgan, bu minora qurilishi alohida amalga oshirilganidan dalolat beradi. Minoraga nima bo‘lganligi va nima uchun masjid vayron qilinganligi to‘g‘risida tarixchilar bir fikrga kela olishmadi. Ehtimol, yangi bino qurish uchun binolar qasddan buzilgandir. Minoraga qarab, uning bezaklaridan ko‘zingizni uzolmaysiz. G‘ishtlarning mahorat bilan archa naqshida terilganligi to‘qilganlik effektini yaratadi. Minoraning ostida turganingizda, g‘ishtlarning terilgani g‘isht emas, balki mato kabi ko‘rinadi. Minora bir-biriga ulashgan o‘n olti yarim ustundan iborat. Ichkarida aylanali zinapoyalar mavjud bo‘lib, ular bo‘ylab eng yuqoriga ko‘tarilish mumkin. Jarqo‘rg‘on minorasi arxitektura yodgorliklar ro‘yxatiga olingan bo‘lib, Respublika toifasidagi obyektlardan biridir. Mazkur obyekt “YUNESKO” ro‘yxatiga kiritilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borilmoqda. Yer uchastkasining kadastir pasporti mavjud, joylashuv koordinatasi olingan. Obyektning mulk egalik huquqi davlat mulki tasarrufida. Jarqoʻrgʻon minorasi taʼmirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Hozirda Jarqo‘rg‘on minorasi “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi balansida bo‘lib, muhim tarixiy va madaniy obyekt hisoblanadi. 60

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan, turizm maskanlaridan biriga aylangan Jarqo‘rg‘on minorasining qurilish tarixi, hozirgi kundagi saqlanish holati, hududni turizm maskaniga aylantirish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan, turizm maskanlaridan biriga aylangan Jarqo‘rg‘on minorasining qurilish tarixi, hozirgi kundagi saqlanish holati, hududni turizm maskaniga aylantirish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tuman, asr, zinapoya, arxitektura, xaroba, masjid, Jarqo‘rg‘on, sur’a va hokozolar., minora, bezak, viloyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти