American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchRo’zmetova Farangiz Azamatovna2024
QASHQADARYO VILOYATI SANOAT TARMOQLARIDA RAQAMLI REKLAMA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI · Sharipov Gʻulomjon Qarshi oʻgʻli · Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article analyzes the use of digital advertising technologies in the industrial sectors of the Kashkadarya region, the positive impact of these technologies on the sales of enterprise products and brand recognition, and existing problems. The study examines the extent to which industrial enterprises use Internet advertising tools (Google Ads, targeting on social networks, banner advertising, etc.) and evaluates their performance indicators (sales growth, audience coverage, brand awareness). In addition, strategic proposals suitable for local conditions are developed for more effective implementation of digital advertising technologies. Keywords: Kashkadarya, digital advertising, industrial sectors, marketing technologies, advertising effectiveness, brand promotion, social media, digital transformation, industrial products, Google ads. Kirish: Zamonaviy raqamli transformatsiya jarayonlari global iqtisodiyotning barcha sohalariga, xususan, sanoat tarmoqlariga ham chuqur kirib bormoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarilgan mahsulotni faqat ishlab chiqarish bilan cheklab bo‘lmaydi — uni bozorda tanitish, maqsadli auditoriyaga yetkazish va brend imijini shakllantirish sanoat korxonalari uchun 62 dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Ayniqsa, raqamli reklama texnologiyalarining joriy etilishi korxonalar faoliyatida marketing samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Qashqadaryo viloyati O‘zbekiston sanoati rivojlanayotgan hududlaridan biri sifatida turli yo‘nalishlarda — qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, mashinasozlik va boshqa tarmoqlarda faoliyat yurituvchi o‘nlab kichik va o‘rta sanoat korxonalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu korxonalar ichki bozor bilan birga tashqi bozor ehtiyojlariga ham javob berishi uchun raqamli reklama vositalaridan samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan raqamli reklama texnologiyalari (Google Ads, Facebook Ads, Instagram targeting, kontekstual reklama, SEO va SMM xizmatlari) sanoat korxonalariga maqsadli xaridorlarni aniqlash, brendga sodiqlikni oshirish va mahsulot sotuvini ko‘paytirishda an’anaviy marketing usullaridan sezilarli darajada ustunlik beradi. Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatidagi ko‘plab korxonalar hali bu texnologiyalarni to‘laqonli joriy qilmagan yoki ularning samaradorligini baholash tizimiga ega emas. Mazkur tadqiqot aynan shu holatni chuqur o‘rganib, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va raqamli reklama texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini asoslab berishga qaratilgan. Adabiyotlar tahlili Raqamli reklama texnologiyalari sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlar hozirgi kunda marketing va biznesning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylangan. O‘zbekiston va jahon miqyosida raqamli reklamaning rivojlanishiga doir ko‘plab ilmiy ishlar mavjud. Shu bilan birga, sanoat tarmoqlarida raqamli reklama texnologiyalarining samaradorligi, uning turli sanoat yo‘nalishlarida qo‘llanilishi bo‘yicha salmoqli ilmiy ishlar mavjud. Kotler va Keller raqamli marketing va reklama texnologiyalarining turli sanoat tarmoqlarida qo‘llanilishiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida, brendni yaratishda va uni targ‘ib qilishda raqamli vositalarning o‘rni katta ekanligini ta’kidlashadi. Ularning fikriga ko‘ra, raqamli platformalar (Google Ads, Facebook, Instagram va boshqalar) sanoat korxonalariga maqsadli auditoriyani aniq belgilab, samarali reklama qilish imkonini beradi. Chaffey va Ellis-Chadwick o‘zlarining kitobida raqamli marketingning asosiy tamoyillari va amaliyoti haqida keng qamrovli tahlil taqdim etgan. Ular raqamli reklama texnologiyalarining samaradorligini oshirish uchun SEO (Search Engine Optimization) va SEM (Search Engine Marketing) strategiyalarini qo‘llashni tavsiya etadilar. Shuningdek, kontent marketingining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Zorin tomonidan olib borilgan tadqiqotda, raqamli reklama vositalari, xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali sanoat mahsulotlarini targ‘ib qilishda qanday samarali natijalarga erishish mumkinligi haqida batafsil tahlil keltirilgan. Tadqiqotda, ijtimoiy tarmoqlarda targetlangan reklama va influencer marketingning sanoat tarmoqlarida muvaffaqiyatli ishlatilganligi haqida misollar keltirilgan. Shahrisabz davlat pedagogika institutining ilmiy jurnali, mahalliy sanoat tarmoqlarida raqamli reklama vositalaridan foydalanishning samaradorligi masalasiga doir maqolalar e’lon qilgan. Tadqiqotlar natijasida, Qashqadaryo viloyatidagi korxonalarning ko‘plab raqamli vositalardan hali to‘liq foydalanmasligi va bu holatning mahsulotlar sotuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Anderson o‘zining “Branding your business in the digital age” kitobida, sanoat brendlarini raqamli muhitda rivojlantirishda reklama texnologiyalarining ahamiyatini va 63 qanday qilib brendning ijobiy imijini yaratish mumkinligini o‘rganadi. Ularning fikriga ko‘ra, raqamli reklama samaradorligi nafaqat mahsulot sotuviga, balki brendning bozordagi o‘rniga ham bevos
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the use of digital advertising technologies in the industrial sectors of the Kashkadarya region, the positive impact of these technologies on the sales of enterprise products and brand recognitio…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the use of digital advertising technologies in the industrial sectors of the Kashkadarya region, the positive impact of these technologies on the sales of enterprise products and brand recognitio… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kashkadarya, digital advertising, industrial sectors, marketing technologies, sanoat mahsulotlari, raqamli reklama, ijtimoiy media, Google reklamalari., raqamli transformatsiya, brend targ‘iboti, Qashqadaryo, reklama samaradorligi, marketing texnologiyalari, sanoat tarmoqlari
Смежные источники
Журнал прикладных и социальных наукDilshodB. Batirov2019
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийPAGE NO. -, Ethnographic Insights Into +62025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021