К содержанию
РецензированоUZ2026

EKSPERTIZA TERGOV HARAKATINI TAKOMILLASHTIRISH

Agoyev Shukrullo Safarboyevich · Narzullayev Xayrullo Nutfullo o'g'li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ekspertiza tergov harakatidagi ahamiyati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Texnologiyalarni joriy etish, ekspertlarning malakasini oshirish, huquqiy asoslarni mustahkamlash hamda resurslarni yaxshilash ekspertizani yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Bu esa jinoyatlarni aniqlash va tergov sifatini oshirishga imkon yaratadi. Kalit so’zlar Ekspertiza tayinlash, dalillar, biologik namunalar tahlili, texnik vositalar va elektron qurilmalar. Tergov jarayonida ekspertiza natijalari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular jinoyatlarning ochilishida, gumonlanuvchining aybini aniqlashda va adolatli hukm chiqarishda asosiy vosita hisoblanadi. Shu bois, ekspertizani yuqori sifatda va samarali tashkil etish tergov harakatining muvaffaqiyati uchun juda zarur. Hozirgi kunda ekspertiza faoliyatini takomillashtirishga oid talablar kundan-kunga oshib bormoqda, chunki jinoyat turlari murakkablashib, texnologiyalar tez rivojlanmoqda1. Ekspertiza — bu ilmiy va texnik bilimlarga asoslangan maxsus bilim egalarining tergov jarayonida aniq bir masala yuzasidan beradigan xulosasi. Tergovda ekspertizalar: - Jismoniy dalillarni tahlil qilish, - Jinoyat joyidagi izlarni o‘rganish, - Kimyoviy va biologik testlar, - Texnik vositalar va elektron qurilmalarni tekshirish, - Moliyaviy hujjatlarni ekspertizasi kabi ko‘plab sohalarni qamrab oladi. Ekspertiza natijalari tergovchilar va sudlar uchun daliliy asos vazifasini bajaradi2. 1. Texnologiyalarni joriy etish va avtomatlashtirish So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida ekspertiza jarayonlarini avtomatlashtirish sohasida katta yutuqlar mavjud. Masalan, biometrik ma’lumotlarni aniqlash, video va audio yozuvlarni tahlil qilish, kiberjinoyatlarni o‘rganish kabi yo‘nalishlarda texnologiyalar yordamida tez va aniq xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunday yondashuv tergov samaradorligini oshiradi3. 2. Ekspertlarning malakasini oshirish Ekspertiza sifatini ta’minlash uchun ekspertlarning doimiy malaka oshirishlari, yangi usullar va standartlarni o‘zlashtirishlari muhimdir. Shuningdek, ekspertlarning shaxsiy 1 Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56. 2 Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30. 3 А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти. Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388. 92 xatoliklarini kamaytirish uchun markazlashgan nazorat va sertifikatlashtirish tizimlarini rivojlantirish zarur4. 3. Ekspertiza jarayonining huquqiy asoslarini mustahkamlash Ekspertiza faoliyati uchun aniq, ochiq va zamonaviy huquqiy me’yorlar yaratish muhim. Bu tergov jarayonida ekspertiza natijalarining qonuniyligini va sud tomonidan tan olinishi darajasini oshiradi. Huquqiy bazani takomillashtirish orqali ekspertizaga bo‘lgan ishonch mustahkamlanadi. 4. Resurslar va infratuzilmani yaxshilash Ekspertiza laboratoriyalari va markazlariga zamonaviy jihozlar yetkazib berish, laboratoriya muhitini yaxshilash va malakali xodimlarni jalb qilish ekspertiza sifatini sezilarli darajada oshiradi5. 5. Tergov va ekspertiza o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish Tergovchilar va ekspertlar o‘rtasida o‘zaro samarali muloqot o‘rnatish, ma’lumot almashish tizimlarini rivojlantirish ekspertiza natijalarining tez va to‘liq olinishi uchun muhimdir. Ekspertiza tergov harakatining muhim qismi bo‘lib, uning takomillashtirilishi adolatli sudlov tizimini ta’minlash uchun zarurdir. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ekspertlarning malakasini oshirish, huquqiy asoslarni mustahkamlash hamda resurslarni yaxshilash orqali ekspertiza sifatini oshirish mumkin. Bularning barchasi jinoyatlarni aniqlash va tergov jarayonini samarali olib borishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ekspertiza tergov harakatidagi ahamiyati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ekspertiza tergov harakatidagi ahamiyati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
biologik namunalar tahlili, dalillar, texnik vositalar va elektron qurilmalar., Ekspertiza tayinlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти