К содержанию
РецензированоUZ2026

JINOYAT PROSESSIDA FUQAROVIY DAVO VA BOSHQA MULKIY UNDIRISHLAR

Suyunov Shaxzodbek Shavkatovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Sipatdinova Gulzabiyra Bayrambay qizi · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo institutining huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati hamda boshqa mulkiy undirish shakllarining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda jinoyat ishlari yuritilayotgan davrda jabrlanuvchining moddiy zarari qanday tartibda undirilishi, fuqaroviy da’vo qanday shakllarda ilgari surilishi va sud tomonidan qanday hal etilishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, qonunchilikdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Fuqaroviy da’vo instituti orqali jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklashda davlatning adolatparvarlik tamoyillariga asoslangan faoliyati muhim o‘rin egallashi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar Jinoyat protsessi, fuqaroviy da’vo, mulkiy zarar, jinoyat-protsessual kodeks, jabrlanuvchi huquqlari, sud tartibi, davlat foydasiga undirish, protsessual tartib, huquqiy kafolatlar. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilagan. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo instituti bevosita jabrlanuvchining mulkiy huquqlarini tiklash, yetkazilgan moddiy zararni qoplash va huquqiy adolatni qaror toptirishning muhim vositasi hisoblanadi. Jinoyat sodir etilishi natijasida nafaqat davlat, balki jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlariga ham zarar yetkazilishi mumkin. Shunday holatlarda, jinoyat ishining ko‘rib chiqilishi bilan birga, fuqaroviy da’vo doirasida yetkazilgan moddiy zararlarni undirish masalasi ham hal etiladi1. Fuqaroviy da’vo jinoyat-protsessual qonunchilikda alohida tartibda ko‘rib chiqiladi. Jinoyat ishida da’vogarning arizasiga ko‘ra yoki prokuror tashabbusi bilan da’vo qo‘zg‘atiladi va bu hol jinoyat ishining yuritilishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi2. Fuqaroviy da’vo jinoyat ishi bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan sud ishiga birlashtiriladi va unga nisbatan protsessual kafolatlar taqdim etiladi. Mazkur institut jabrlanuvchining buzilgan huquqini tiklash, jinoyatchilik bilan kurashishda iqtisodiy choralarni kuchaytirish, jinoyatdan zarar ko‘rgan shaxs manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish, uning ko‘rib chiqilishi, da’vogar va javobgarning protsessual maqomi, da’vo asoslari va hal etish mexanizmlari aniq tartibga solingan. Shuningdek, qonunchilikda fuqaroviy da’vo bilan 1 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69. 2 Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24 113 bir qatorda boshqa mulkiy undirish masalalari – jinoyat ashyolarining musodara qilinishi, noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan daromadlarni davlat foydasiga undirish va boshqa shunga o‘xshash mol-mulk masalalari ham o‘z aksini topgan3. Bugungi kunda jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo institutining samaradorligini oshirish, protsessual shaffoflikni ta’minlash va jabrlanuvchilarning manfaatlarini yanada kuchliroq himoya qilish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda da’volarning ko‘rib chiqilishi muddatlari, da’vogarning huquqlari va mulkiy zararning aniq hisob-kitobi borasida amaliyotda ayrim ziddiyatli holatlar kuzatilmoqda. Shu boisdan, mazkur mavzuning ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganilishi va takliflar ishlab chiqilishi hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritish jinoyat protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Fuqaroviy da’vo bo‘yicha yuzaga keladigan protsessual munosabatlar kodeks bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, unda jinoyat protsessi prinsiplariga xilof bo‘lmagan fuqaroviy-protsessual qonunchilikning qoidalari qo‘llanadi. Masalan, ziyonni undirish, yo’qotilgan mulkni qoplash masalalari. Fuqaroviy da’vo va fuqaroviy da’vogarning huquqlari, majburiyatlari jinoyatprotsessual kodeksida yetarlicha o’rin olgan4. Fuqaroviy da’voning sudlovga tegishliligi masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 38-moddasida “Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik da’vosi, agar jinoyat ishi ko‘rilganda ushbu da’vo arz qilinmagan yoki hal etilmagan bo‘lsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi” deb keltirilgan5. Demak, fuqaroviy da’vo ham jinoyat sudining, ham fuqarolik sudining sudloviga tegishli bo’lishi mumkin. Jinoyat sudida ishning fuqaroviy da’voga oid qismiga da’vo muddati ham, da’vo talabi chegarasi ham jinoyat qonunchiligi doirasida belgilanadi. Agar jinoyat sudida fuqaro

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo institutining huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati hamda boshqa mulkiy undirish shakllarining o‘rni tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo institutining huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati hamda boshqa mulkiy undirish shakllarining o‘rni tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
protsessual tartib, mulkiy zarar, Jinoyat protsessi, jabrlanuvchi huquqlari, jinoyat-protsessual kodeks, huquqiy kafolatlar., davlat foydasiga undirish, sud tartibi, fuqaroviy da’vo
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти