К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘SMIRLIK DAVRIDA KOGNITIV RIVOJLANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Fayzullayev Mirzaodil Mirzamurodovich · Xamraqulov Muzaffarjon Muhammadjonovich (University of Business and Science) · Lutfiddinov Muhammadali Abdullajon o‘g‘li (University of Business and Science)

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kognitiv rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar psixologik, biologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinadi. O‘smirlik – insonning tafakkuri, qaror qabul qilish qobiliyati va mantiqiy fikrlashi rivojlanadigan muhim bosqich bo‘lib, turli omillar ushbu jarayonga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida oilaviy muhit, ta’lim sifati, ijtimoiy aloqalar, raqamli texnologiyalar va biologik o‘zgarishlar kognitiv rivojlanishga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi. Maqolada anketaviy so‘rovlar, psixologik tahlil va statistik tadqiqot natijalari jadvallar va gistogrammalar yordamida taqdim etilgan. Kalit so‘zlar: o‘smirlik davri, kognitiv rivojlanish, miyadagi o‘zgarishlar, ta’lim sifati, oilaviy tarbiya, texnologiya ta’siri, ijtimoiy omillar. Kirish. O‘smirlik davri (11–19 yosh) – insonning kognitiv rivojlanishida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradigan muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda tafakkur jarayonlari chuqurlashadi, mantiqiy tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi va o‘ziga xos dunyoqarash shakllanadi. O‘smirning kognitiv rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: Biologik omillar – miyadagi neyrolofik o‘zgarishlar va gormonal rivojlanish; Ta’lim sifati – o‘quv jarayonining samaradorligi va kognitiv qobiliyatlarning rivojlanishi; Oilaviy muhit – ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvi va hissiy qo‘llab-quvvatlashi; Ijtimoiy omillar – do‘stlar, o‘qituvchilar va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlar; Texnologiya ta’siri – internet, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli axborot oqimi. Ushbu maqolada o‘smirlik davrida kognitiv rivojlanish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinib, ilmiy jihatdan o‘rganiladi. Adabiyotlar sharhi. O‘zbekistonlik olimlarning tadqiqotlarida A.Xo‘jayev – o‘smirlik davrida mantiqiy tafakkurning rivojlanishida ta’lim muhitining o‘rni haqida tadqiqot olib borgan. D. Rahimova– texnologiya va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlarning tafakkuriga ta’siri bo‘yicha ilmiy ish olib borgan. MDH mamlakatlari olimlarining tadqiqotlarida L.S. Vygotskiy– insonning psixologik rivojlanishi ijtimoiy ta’sir va faoliyat orqali yuzaga kelishini ta’kidlagan. A.N. Leontev– bolaning fikrlash qobiliyati rivojlanishida muhit va faoliyatning ta’sirini ilmiy asoslab bergan. Xorijiy olimlarning tadqiqotlaridan J. Piaget – o‘smirlik davrida abstrakt fikrlash rivojlanib, mantiqiy tahlil qilish qobiliyati kuchayishini nazariy asoslagan. J. Giedd – MRI skanerlash orqali o‘smirlarning miyasida oldingi peshona korteksi rivojlanishi davom etishini va bu ularning qaror qabul qilish qobiliyatiga ta’sir qilishini aniqlagan. Bu tadqiqotlar o‘smirlarning tafakkur rivojlanishiga tashqi va ichki omillar muhim ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Metodologiya. Tadqiqot quyidagi metodlar asosida olib borildi: anketaviy so‘rov – 200 nafar o‘smir va ularning ota-onalari orasida o‘tkazildi. Psixologik kuzatuv – o‘smirlarning 22 ` fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhit va omillar tahlil qilindi. Eksperimental tadqiqot – ta’lim sifati, texnologiya va oilaviy tarbiyaning o‘smirlar tafakkuriga ta’siri baholandi. Statistik tahlil – olingan natijalar jadvallar va diagrammalar yordamida umumlashtirildi. Tahlillar va munozara. O‘smirlik davrida kognitiv rivojlanishga ta’sir qiluvchi omillar 1-jadval. O‘smirlarning kognitiv rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar Omillar Respondentlarning ulushi (%) Ta’lim sifati 75% Oilaviy tarbiya 65% Texnologiya ta’siri 55% Ijtimoiy muhit 60% Tahlildan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlarning kognitiv rivojlanishiga eng katta ta’sir ta’lim sifati va oilaviy muhit orqali shakllanadi. O‘smirlarning kognitiv rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar jadvalidan ko‘rinib turibdiki, ta’lim sifati (75%) eng katta rol o‘ynaydi. Psixologiyada kognitiv rivojlanish asosan bilish jarayonlari – e’tibor, xotira, tafakkur, mantiqiy mulohaza va muammolarni hal qilish qobiliyatlari bilan bog‘liq. Yuqori sifatli ta’lim o‘smirlarga nafaqat akademik bilim beradi, balki tanqidiy fikrlash, muammolarni mustaqil hal qilish va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga ham yordam beradi. Oilaviy tarbiya (65%) – bolalik va o‘smirlik davrida shakllanuvchi asosiy omillardan biri. Oilaviy muhitda intellektual rag‘batlantirish, bolaga mustaqil fikrlash imkoniyatini berish va muhokama madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Agar oila ichida ilmiy suhbatlar, kitob o‘qish odati bo‘lsa, bu o‘smirning tafakkur darajasini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Ijtimoiy muhit (60%) ham muhim omil bo‘lib, atrof-muhit, do‘stlar va jamiyatdagi ta’sirlar o‘smirlarning fikrlash tarzi va dunyoqarashini shakllantiradi. Psixologik nuqtayi nazardan, o‘smirlar jamiyatdagi muhitdan sezilarli darajada ta’sirlanadi. Masalan, ilmiy faoliyatga qiziquvchi yoki ijodiy tafakkurga ega do‘stlar orasida bo‘lish o‘smirning kognitiv rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Texnologiyaning ta’siri (55%) esa, zamonaviy davrda juda muhim masala. Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi o‘smirlarning bilish qobiliyatiga ham foyd

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kognitiv rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar psixologik, biologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kognitiv rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar psixologik, biologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oilaviy tarbiya, ijtimoiy omillar., texnologiya ta’siri, ta’lim sifati, miyadagi o‘zgarishlar, o‘smirlik davri, kognitiv rivojlanish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
WORKING ON PERSIAN WORDS IN PRIMARY EDUCATION

Международный журнал искусственного интеллектаIsakov ZakirjonSolievich2025

7
CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти