К содержанию
РецензированоUZ2026

MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLUVCHI HUQUQIY ASOSLARNING RIVOJLANISHI

ASOSLARNING RIVOJLANISHI · Raximberganova Bonu Davlatnazarovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada muddatli mehnat shartnomasi muddatining besh yildan uch yilga qisqartirilishi bilan bog‘liq jarayonlar, tarixiy izchillikda muhokama etilgan. Olimlarning ilmiy nazariy qarashlari o‘rganilib, muddatli mehnat shartnomasini eng ko‘p muddatini mehnat qonunchiligida belgilashning ijobiy jihatlari bayon etilgan. Mehnat shartnomasi tomonlarning majburiyatlarini oʻz ichiga oladi, fuqarolik-huquqiy shartnomalardagi kabi yakka tartibdagi majburiyatlarni emas. Shuning uchun bu majburiyatlar bir necha bor (takroriy yoki davomiy) bajarilishi kerak boʻladi. Bu mehnat shartnomasining predmeti mehnat jarayoni ekanligi bilan bogʻliq, fuqarolik-huquqiy shartnomalarning predmeti esa, mehnat natijasi hisoblanadi. Mehnat shartnomasining amal qilish muddati odatda aniq belgilangan cheklovlarga ega emas va u ma’lum vaqt davomida davom etishini nazarda tutadi. Mehnat munosabatlarida barqarorlik tamoyili ham muhim bo‘lib, u tashkilotning doimiy ishchi kuchini saqlash va mehnat munosabatlarining uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan. Bu maqsadga erishishning eng samarali usullaridan biri – xodimlar bilan nomuayyan muddatli mehnat shartnomalarini tuzishdir. Shu sababli, muddatli mehnat shartnomalari mehnat qonunchiligida odatdagidek kelishuv sifatida emas, balki istisno tariqasida nostandart munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan kelishuv sifatida ko‘rib chiqiladi. Hattoki, anglo-sakson huquq tizimiga asoslangan va qonunlarni emas balki sud pretsedentlarini yuqori oʻringa qoʻyuvchi Buyuk Britaniyada ham hukumat Ish joyida adolat dasturida muddatli shartnomalar xodimlarni himoya qiluvchi qonunlarni suiisteʼmol qilishga olib kelishi mumkinligini tan oladi. Bunday shartnomalar xodimni muayyan vazifani bajarish uchun ishga tayinlaganda moslashuvchanlikni taʼminlashi mumkinligini taʼkidlagan holda, hukumat xodimlarni nohalol ish beruvchilardan himoya qilish uchun qonunchilik tartibini joriy etishni zarur deb hisoblaydi [1; 438-b.]. Ushbu omillar tufayli, muddatli mehnat shartnomalarining qoʻllanish doirasi milliy qonunchilikda ham cheklangan. Shunga qaramasdan mehnat qonunchiligi yillar oʻtgani sayin oʻzgarib zamon talabiga moslashib borayotganini ham unutmaslik lozim. Bu esa, endi moslashuvchan mehnat bozoriga oʻtish vaqti kelganini, ish beruvchilarga bu borada keng imkoniyatlar yaratib, mamlakatimizda kichik tadbirkorlik subyektlariga koʻproq imkoniyatlar berilishi kerakligini nazarda tutadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda aytish mumkinki, muddatli mehnat munosabatlari koʻproq fuqarolik-huquqiy munosabatlarini eslatadi. Maʼlumki, mehnat shartnomasini fuqarolik-huquqiy tartibga solish sohasidan ajratib chiqarishda asosiy hissani L.S.Tal qoʻshgan [2; 37-b.]. Shuningdek, milliy yurisprudensiya jahon huquqshunosligidan ayri holda rivojlanmagan va uning yutuqlariga yoʻnaltirilgan boʻlib, uning nazariy va amaliy komponentlarini qoʻllagan. 59 ` 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasida muddatli mehnat shartnomasining eng koʻp muddati besh yil etib belgilangan. «Shuningdek, ushbu moddaning ikkinchi qismida muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) – bajarilajak ishning oʻziga xos jihatlari, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda nomuayyan muddatga moʻljallangan mehnat munosabatlarini oʻrnatish mumkin boʻlmagan taqdirda, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tuzilishi mumkinligi» [3]. oʻrnatilgan edi. Yaʼni, ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasini tuzish huquqi chegaralana boshlangan. Bu borada Y.S.Batusovaning tahlillarini yoritish oʻrinli hisoblanadi. Uning tadqiqotiga koʻra, 1971-yilgi Mehnat qonunlari to‘g‘risidagi kodeksning 17-moddasi muddatli mehnat shartnomasini tuzish asoslaridan biri sifatida xodimning manfaatini mustahkamlagan edi. Xodimning shaxsiy manfaati, uning aynan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishini talab qilgan vaziyatlarni nazarda tutgan. Amalda esa teskari vaziyat yuzaga kelar edi: ish beruvchi aynan muddatli mehnat shartnomasini tuzishni talab qilar, xodim esa nomaʼlum muddatli mehnat munosabatlariga kirishishni istagan [4; 35- b.]. Ish beruvchining xodimga nisbatan bunday munosabati hozirgi kunda ham davom etayotganini koʻpchilik xorijlik olimlar ham taʼkidlaydi. Yaʼni, mehnat bozorida talab va taklif oʻrtasidagi nomutanosiblik xodimni iqtisodiy jihatdan zaifroq tomon sifatida ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shartlarga rozi boʻlishga majbur qiladi, hatto agar bu shartlar uning manfaatlariga mos kelmasa ham [5; 138-b.]. Nazarimizda, huquqni qoʻllash amaliyotida ish beruvchilar qonun normasini oʻz manfaatlarini koʻzlab talqin etgani uchun xodimlarning muddatli mehnat shartnomasini tuzishdagi huquqlari cheklana boshlangan. Xulosa qilib aytganda, muddatli mehnat shartnomasini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaqindagina paydo boʻlgan emas. Shuning uchun ham, shartnomaning ushbu turi uzoq yillar davomida munozaralarga sabab boʻlib kelgan. Hozirgi kunda Yangi Mehnat kodeksida muddatli mehnat shartnomasi 3 yil muddatga tuzilishi mumkinligi belgilang

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada muddatli mehnat shartnomasi muddatining besh yildan uch yilga qisqartirilishi bilan bog‘liq jarayonlar, tarixiy izchillikda muhokama etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada muddatli mehnat shartnomasi muddatining besh yildan uch yilga qisqartirilishi bilan bog‘liq jarayonlar, tarixiy izchillikda muhokama etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muddatli mehnat, mehnat shartnomasini, mehnat shartnomasi, mehnat shartnomasining, mehnat qonunchiligida, emas shuning, predmeti mehnat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
WORKING ON PERSIAN WORDS IN PRIMARY EDUCATION

Международный журнал искусственного интеллектаIsakov ZakirjonSolievich2025

7
CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти