Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
GIMNASTIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI DARSNING ASOSIY QISMIGA TAYYORLASHDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR MAJMUASIDAN FOYDALANISH METODIKASI
FOYDALANISH METODIKASI
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
В статье рассматривается методика использования комплекса общеразвивающих упражнений на подготовительном этапе уроков гимнастики для подготовки учащихся к основной части занятия как в физическом, так и в психологическом плане. Показано, что такие упражнения активизируют двигательную деятельность, разогревают мышцы, улучшают кровообращение и способствуют профилактике травм. Также обоснованы последовательность выполнения, объем нагрузки и соответствие возрастным особенностям. ANNOTATION This article analyzes the methodology of using a set of general developmental exercises during the preparatory phase of gymnastics lessons to physically and mentally prepare students for the main part of the session. It demonstrates that such exercises activate motor functions, warm up muscles, improve blood circulation, and help prevent injuries. Methodological recommendations are provided regarding the sequence of exercises, load volume, and age-appropriate adaptation. Kalit so‘zlar: Gimnastika, umumrivojlantiruvchi mashqlar, tayyorlov bosqichi, dars strukturasi, jismoniy faollik, yuklama, metodika. Ключевые слова: Гимнастика, общеразвивающие упражнения, подготовительный этап, структура урока, физическая активность, нагрузка, методика. Keywords: Gymnastics, general developmental exercises, preparatory phase, lesson structure, physical activity, load, methodology. Mamalakatimiz kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati juda katta, so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu nuqtai nazardan o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning ularga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muxabbatni singdirishning g‘oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportni rivojlantirishni ta’minlash 62 ` bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Shunday ekan Respublikamizda kelajak avlodni jismonan va sog‘lom qilib tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishiga jalb etish shuningdek, sport inshootlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Prezident Sh.M.Mirziyoev mamlakatimizda sportni rivojlantirish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda sportning ma’naviy barkamollik, jismoniy go‘zallik, matonat va iroda, halollik va bag‘rikenglik, do‘stlik va birodarlik g‘oyalarning katta amaliy ahamiyatini ta’kidlaydi. Respublikamizda kelajak avlodni jismonan sog‘lom va barkamol, ma’nan yetuk inson qilib tarbiyalash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimizda sport sog‘lomlashtirish ishlarini jonlantirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida bir qator Prezident qarorlari va hukumat qarorlari qabul qilindi. Boshlang‘ich sinflarini gimnastika darslari davomida umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bolada avvalo bajarayotgan mashqlari haqida tasavvurni shakillantirish, mashqlarni nima uchun bajarayotganligi va u mashq qaysi tana a’zolarini qizdirish uchun berilayotganligi to’g’risida ongli munosabatni shakillantirish muhim. 1. Shug‘ullanuvchilarga mashqlar to‘g‘risida ma’lumot berish usullari. O‘qituvchi mashg‘ulotni o‘tkazish vazifalari va shartlariga qarab, axborot berishning quyidagi usullaridan foydalanishi mumkin: sinxron – barchani birdaniga bajartirish. Bo‘laklangan mashqni ajratib, faqat gapirib berish bilan ko‘rsatib bajartirish. a) sinxron – bajarish davomida gapirish usuli – ko‘rsatib gapirish bir vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, nisbatan qisqa vaqt ichida mashq to‘g‘risida ancha to‘liq tasavvur yaratishga imkon beradi. Yuqoriga sakrashlarni bajarayotganda sinxronlik buziladi, shu sababli avval ularni ko‘rsatib beriladi, so‘ng uning nomi aytiladi. b) mashq haqida ma’lumot berishning bo‘laklangan usuli – ko‘rsatish va gapirib berish mashqni qismlarga bo‘lib gapirish bilan amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida shug‘ullanuvchilar axborot olish bilan uni bajaradilar. Bu usul mashqlarni aniq bajarishga, xatolar yuzaga kelganda ularni ijro paytida gapirish bilan tuzatish imkonini beradi. Bu usulda mashqni tushuntirib berish ko‘rsatish bir vaqtning o‘zida ham mashq haqida ma’lumot, ham aytib berishni qo‘shib sanash sababli mashqni faqat tasviriy ko‘rinishda namoyish qilish lozim bo‘ladi. Jismoniy mashqning qismlari va uni ijrosini sanash sonlari teng bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki siltanish, prujinasimon va siltash mashqlari ma’lumotning faqat bir qismi hisoblanadi. v) faqat gapirib berish bilan axborot berish usuli. Afzalliklari: shug‘ullanuvchilarda harakatlarni taqlid qilib bajarish emas, balki o‘z holicha bajarishga bo‘lgan katta qiziqishi ta’minlanadi. Ushbu usul ham ataylab (pedagogik nuqtai nazaridan), ham zaruriyatga qarab, qachonki boshqa axborot berish usullaridan foydalanishning imkoni bo‘lmagan taqdirda (gimnastika o‘rindig‘i b
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается методика использования комплекса общеразвивающих упражнений на подготовительном этапе уроков гимнастики для подготовки учащихся к основной части занятия как в физическом, так и в психологическ…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается методика использования комплекса общеразвивающих упражнений на подготовительном этапе уроков гимнастики для подготовки учащихся к основной части занятия как в физическом, так и в психологическ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Gymnastics, general developmental exercises, preparatory phase, lesson, dars strukturasi, Gimnastika, jismoniy faollik, tayyorlov bosqichi, metodika., umumrivojlantiruvchi mashqlar, yuklama
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаSadikova Shahnoza Shuxrat qizi2025
Международный журнал искусственного интеллектаIsakov ZakirjonSolievich2025
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025