К содержанию
РецензированоUZ2026

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TURISTIK MARSHRUTLARNING AXAMIYATI

Jamoliddin Usarov Tulqinovich · Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li (Jizzax politexnika instituti)

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

The article examines the identification of promising directions of tourist routes in the development of religious pilgrimage tourism, the development of tourist routes and their effective use, as well as the main directions of development of this direction, and the relevance of developing tourist routes. Kalit so’zlari: Turizm, turistik marshrut, turistik resurs, ziyorat turizmi, ichki turizm, tashqi turizm, ziyoratgox, diniy ziyorat. Keywords: Tourism, tourist route, tourist resource, pilgrimage tourism, domestic tourism, foreign tourism, pilgrimage site, religious pilgrimage. Kirish. Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi yetakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish o’rinlarini ko’paytirish, hududlar diversifikasiyasi va rivojlanishini ta’minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda turizm jahon iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu borada O’zbekistonda turizm sohasini modernizasiya qilish, sohani barqaror rivojlantirish bo’yicha normativ-huquqiy bazani rivojlantirish va takomillashtirish, xorijlik mehmonlarga xalqaro andozalar asosida xizmat ko’rsatishni tashkil yetishga alohida ye’tibor qaratilmoqda. Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikasiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O’zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo’lgan masaladir. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini to’g’ri aniqlashni talab qiladi. Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga, hamkorligiga qo’shilish va O’zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivoj lantirish qiyin kechadi. Xalqaro turizmni shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri esa turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrut larga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. 66 ` O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF 5611 sonli qarorida “2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi”ga muvofiq Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi, tashiladigan yo’lovchilar soni va investisiyalarni ko’paytirish uchun respublikadagi transport aloqa tizimini tubdan yaxshilash maqsadida xorijiy aloqalarni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan [1]. Ziyorat turizmining rivojlanishini xar bir davlatda ikki yunalishga bo’lish mumkin. Birinchi yo’nalish-ichki ziyorat turizmini tashkil qiladi. Bu yunalishda bir davlat ichidagi xalqlar, elatlar, millatlar o’z davlati xududlaridagi ziyoratgox maskanlarni yaxshi bilishadi va o’z dinidagi mashxur avliyolar, shayxlarga yoki muqaddas joylarga borib ziyoratni amalga oshirishadi. Ziyorat turizmdagi ikkinchi yo’nalishni bir mamlakatdagi ziyoratchilarning boshqa bir davlatdagi o’z dini raxnomalari, avliyolarining qabrlari yoki boshqa muqaddas joylarga ziyorat, sig’inishi uchun qilgan safarlari tushuniladi [3]. Shuni qayd etish joizki, musulmon olamida ziyorat qilish makonlari ham anchagina. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa O’zbekiston Respublikasida ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos ko’p. Ular qatoriga Janubiy Qozog’iston viloyati, Turkiston shahridagi Axmad Yassaviy maqbarasi; Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Zangiota majmuasi; Toshkent shahridagi Shayx Xivanda Taxur maqbarasi, Qaldirg’och-biya maqbarasi, Yunusxon maqbarasi; Hazrati Imom majmuasi; Abubakr Muhammad Kaffal Shashi maqbarasi; Shayx Zayniddin bobo maqbarasi; Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog’idagi Imom Al-Buxoriy majmuasi; Oqdaryo tumani Dahbed qo’rg’onidagi Maxtumi A’zam maqbarasi; Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Amir Temur, Ruhobod, Xo’ja Doniyor, Motrudiy, Murod avliyo, Xo’ja Axror Vali, Oq saroy, Cho’ponota maqbaralari; Buxoro shahridagi–Ismoil Samoniy, Chashmai Ayub, Sadriddin Buxarzi, Bohovuddin Naqshbandiy, Buyon Kulixon, Chor Bakr maqbaralari; Xorazm viloyatida Uch avliyo, Said Allovuddin maqbarasi; Qashqadaryo viloyatida–Jahongir, Dorus Saodat, Dorut Tilovat majmuasi, Ko’k gumbaz masjidi; Surxondaryo viloyatida - Hakim at-Termiziy majmuasi; Sulton Saodat ibodatxona yodgorligi, Fayoztepa ibodatxonasi; Jizzax viloyatida Sadr Vaqqos avliyo (Avliyoota) majmuasi; Farg’ona viloyatida Daxmon Shaxon go’rxonasi, Mozorixon maqbarasi kabilar zi

Доказательный фрагмент

«The article examines the identification of promising directions of tourist routes in the development of religious pilgrimage tourism, the development of tourist routes and their effective use, as well as the main dire…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the identification of promising directions of tourist routes in the development of religious pilgrimage tourism, the development of tourist routes and their effective use, as well as the main dire… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tourism, tourist route, tourist resource, pilgrimage tourism, domestic, turistik resurs, ichki turizm, ziyorat turizmi, tashqi turizm, ziyoratgox, turistik marshrut, diniy ziyorat., Turizm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
WORKING ON PERSIAN WORDS IN PRIMARY EDUCATION

Международный журнал искусственного интеллектаIsakov ZakirjonSolievich2025

7
CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти