Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISHNI SUDGA QADAR YURISH BOSQICHIDA ASHYOVIY VA YOZMA DALILLAR
Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li · Orolov Javohir Abrorjon o‘g‘li · O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
Наука и инновация · 2026
Аннотация
This article explores the importance of electronic evidence at the pre-trial stage, the procedures for its collection, and its application in judicial processes. Electronic evidence, facilitated by modern technologies, serves as a crucial tool to make legal proceedings faster, more efficient, and transparent. The article also analyzes the normative-legal framework regulating the submission and use of electronic evidence in the legislation of the Republic of Uzbekistan. Keywords Electronic evidence, pre-trial stage, legal technologies, judicial process, Uzbekistan legislation. Sudga qadar yuritish jarayoni huquqiy davlatda adolatni ta’minlashning muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bosqichda to‘plangan dalillar, xususan, ashyoviy va yozma dalillar, sud qarorlarini qabul qilishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ashyoviy dalillar jinoyat bilan bog‘liq moddiy ob’ektlarni o‘z ichiga olsa, yozma dalillar, bu, odatda, hujjatlar, protokollar va boshqa yozma materiallar shaklida bo‘ladi. Bu dalillar jinoyatning sodir etilganligini, aybdor yoki jabrlanuvchining holatini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda jinoyat-protsessual qonunchilik dalillarni to‘plash va ularni sudga taqdim etish tartibini batafsil belgilab bergan. Ushbu qonuniy tartiblarning buzilishi dalillarning haqiqiyligini shubha ostiga qo‘yishi va sud jarayonida ularni isbot vositasi sifatida qabul qilish imkoniyatini cheklashi mumkin. Shu boisdan, har bir dalilni qonuniy yo‘l bilan to‘plash, rasmiylashtirish va sudga taqdim etish jarayoni juda muhimdir1. Olimlar, masalan, huquqshunos A. Xudoyqulovning ta’kidlashicha, "ashyo va yozma dalillar jinoyat huquqida isbot vositasi sifatida o‘z ahamiyatini hech qachon yo‘qotmagan. 1 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69. 4 Ularning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi sud qarorlarining adolatli va qonuniy bo‘lishini ta’minlaydi"2. Shuningdek, olimlar ushbu dalillarni to‘plash va taqdim etish jarayonidagi qonuniy talablarni buzish sud jarayonida xatolarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Maqolaning asosiy maqsadi — ashyoviy va yozma dalillarning sudga qadar yuritish jarayonidagi ahamiyatini ko‘rsatish, ularning ishonchliligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun qanday qonuniy me’yorlarga amal qilish zarurligini muhokama qilishdir3. Ishni sudga qadar yurish bosqichida elektron dalillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida jinoyatlarni aniqlash va tergov jarayonlarini samarali olib borishda elektron dalillar yirik resurs sifatida foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 89-moddasida dalillar tushunchasi keng bayon etilgan bo‘lib, unga elektron dalillar ham kiradi. Sudga qadar yurish bosqichida, ya’ni dastlabki tergov, surishtiruv va boshqa protsessual harakatlar davomida elektron dalillarni to‘plash va himoya qilish tartibi O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksida batafsil tartibga solingan. Bu jarayonda dalillar noqonuniy yo‘llar bilan olinmasligi kerak, chunki bunday holatda ular sudda isbot kuchini yo‘qotadi. Shuningdek, dalillarni olish jarayonida tergovchi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari maxfiylikni saqlashlari va dalillarni o‘zgartirmasliklari shart4. Elektron dalillar — bu kompyuter, tarmoq, mobil qurilmalar va boshqa elektron vositalarda saqlangan, qayd etilgan yoki uzatilgan axborot bo‘lib, jinoyatni tergov qilishda asosiy ma’lumotlarni taqdim etadi. Ishni sudga qadar yurish bosqichida, ya’ni dastlabki tergov, tekshiruv va dastlabki surishtiruvda elektron dalillar yig‘ilishi va ularning qonuniyligi muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, elektron dalillarni to‘plashda quyidagi qoidalar amal qilishi lozim: dalillar noqonuniy yo‘l bilan olinmasligi, dalillarni to‘plash va saqlashda maxfiylik va yaxlitlik tamoyillari buzilmasligi, hamda dalillar sudga taqdim etilishidan oldin ularning haqiqiyligi tekshirilishi kerak. Elektron dalillarni yig‘ishda maxsus ekspertiza muhim rol o‘ynaydi. Ekspertlar elektron dalillarning haqiqiyligini, yaxlitligini va o‘zgartirilmaganligini aniqlashga yordam beradi. Jinoyat-protsessual kodeksning 90- moddasida ekspertiza tayinlash tartibi ko‘rsatilgan bo‘lib, bu jarayon dalillarni sudga tayyorlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega5. Shuningdek, jinoyat-protsessual kodeksining 90-moddasida tergov harakatlari tartibi belgilangan bo‘lib, elektron dalillarni to‘plash uchun maxsus ekspertiza tayinlash va axborot xavfsizligini ta’minlash talab etiladi. Elektron dalillar sudda o‘zining qonuniyligi va ishonchliligini isbotlagan taqdirda, jinoyat ishining hal qilinishida asosiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Sudga qadar elektron dalillarni qonuniy va to‘g‘ri yig‘ish jarayoni, tergov jarayonining shaffofligi va jin
Доказательный фрагмент
«This article explores the importance of electronic evidence at the pre-trial stage, the procedures for its collection, and its application in judicial processes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the importance of electronic evidence at the pre-trial stage, the procedures for its collection, and its application in judicial processes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Electronic evidence, pre-trial stage, legal technologies, judicial process, Uzbekistan, qonuniy asoslar, jinoyat tergovi, yozma dalillar, sud jarayoni, ishonchlilik, Ashyoviy dalillar, sud qarori, qonuniy talablar., dalil to‘plash, hujjatlar, dalil baholash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018