К содержанию
РецензированоUZ2026

QIRQBO‘G‘IM HAQIQADA UMUMIY MA’LUMOT VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Bahodirova Mohichehra · Yusupova Sevinch

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article provides general information about the medicinal plant horsetail. It discusses the plant’s medicinal properties, its distribution, and its pharmacological features in modern medicine. Special emphasis is placed on its anti-inflammatory and regenerative properties. The article also presents an overview of its positive effects on the urinary tract, kidney diseases, and skin disorders. This article serves as a scientific resource for medical students and researchers working with medicinal plants. Keywords: horsetail, folk medicine, modern medicine, inflammation, medicinal properties, decoction. Kirish: Dala qirqbo'g‘imi - Qirqbo‘g‘imdoshlar - Equisetaceae oilasiga kiradi. Dala qirqbo‘g‘ini ko‘p yillik, sporali o‘simlik. Ildiz poyasi uzun, bo‘g‘imli bo‘lib, undan yer ostiga karab ingichka qoramtir ildiz-lar, yer ustiga esa 2 xil poya o‘sib chiqadi. Ildiz-poyada zaxira oziq 51 modda-lar to‘planadigan tuga-naklar bor. O‘simlik poyasi bahorgi va yozgi bo‘ladi.Dala qirqbo‘g‘imi ildizidan ko‘paytiriladi. Ochiq, yorug‘ yerlarda o‘simlik yaxshi rivojlanadi. Me’yorida suv berib turiladi, extiyojga qarab, nam tuproqlarga ekiladi. Kasallikka chidamli, o‘g‘itga talabchan emas. Ildizi bo‘lib ekiladi. O‘simlik tez o‘sib rivojlanadi. 20 yilgacha umr ko‘radi. O‘simlik keng tarqalgan bo‘lib, cho‘l va yarim cho‘l tumanlaridan tashqari hamma yerda uchraydi. Qirkbo‘g‘im o‘simligi asosan, ariq buylarida, qumli o‘toqlarda, butalar orasida, o‘rmonlarda va ekinzorlarda o‘sadi. Zamonaviy tibbiyotda qirqbo‘g‘imning infuziyalari, ekstraktlari va dorivor preparatlari diuretik, yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani tezlashtiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Ushbu maqolada qirqbo‘g‘imning botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, farmakologik xususiyatlari hamda tibbiy amaliyotdagi ahamiyati ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Qirqbo‘g‘imning dorivorlik xususiyatlari va qo‘llanilishi: Qirqbo‘g‘im (Equisetum arvense) qadimdan xalq tabobatida va hozirgi zamonaviy fitoterapiyada turli kasalliklarda samarali qo‘llaniladigan dorivor o‘simlik hisoblanadi. Uning kimyoviy tarkibida mavjud bo‘lgan silisiy kislotasi, flavonoidlar, saponinlar, taninlar, alkaloidlar va askorbin kislotasi orqali quyidagi dorivor ta’sirlar kuzatiladi: 🔹 1. Diuretik (siydik haydovchi) ta’siri Qirqbo‘g‘im buyraklar faoliyatini kuchaytirib, siydik haydashni ko‘paytiradi. Bu xususiyat sistit, pielonefrit, shishlar, siydik yo‘llari yallig‘lanishi kabi holatlarda foydalidir. Qo‘llanilishi: 1 osh qoshiq quritilgan qirqbo‘g‘im ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi. 15 daqiqa tindirib, kuniga 2–3 mahal yarim stakandan ichiladi. 🔹 2. Qon to‘xtatuvchi (gemostatik) ta’siri Qirqbo‘g‘im qon ivishini kuchaytiruvchi moddalar hisobiga burun qonashi, ko‘p hayz ko‘rilishi va boshqa qon ketish holatlarida ishlatiladi. Qo‘llanilishi: Damlama holida ichiladi yoki tashqi qon ketishda kompress sifatida qo‘llaniladi. 🔹 3. Yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’siri Tarkibidagi flavonoidlar va taninlar yallig‘lanishni kamaytiradi. Teri kasalliklari, yaralar, bo‘g‘im og‘riqlari va og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanishlarida foydalidir. Qo‘llanilishi: Tashqi kompress, vanna yoki og‘izni chayish uchun damlama tayyorlanadi. 🔹 4. Suyak va tirnoqlarni mustahkamlovchi ta’siri Silisiy kislotasi suyak regeneratsiyasini faollashtirib, osteoporoz, tirnoq mo‘rtligi, soch to‘kilishida foyda beradi. Qo‘llanilishi: Kurs bilan ichiladi (1 oy davomida, 2 haftalik tanaffus bilan). Shuningdek, kosmetik vositalar tarkibida ishlatiladi. 🔹 5. Toksin va zararli moddalarni chiqaruvchi (detoksikatsion) ta’siri Organizmni ichki tozalovchi vosita sifatida qirqbo‘g‘im metabolik buzilishlar, teri toshmalari, oshqozon-ichak muammolarida ishlatiladi. Qo‘llanilishi: 52 Kuniga 2 mahal damlama tarzida iste’mol qilinadi. Boshqa o‘simliklar bilan aralashtirib ichish mumkin (masalan, romashka, qora choy bilan). 🔹 6. Regeneratsiyani tezlashtiruvchi (bitiruvchi) ta’siri Yaralar, kesilgan joylar va teri shikastlanishlari uchun qirqbo‘g‘im regeneratsiyani tezlashtiradi. Qo‘llanilishi: Tashqi kompresslar (qaynatmasi bilan yuvish) yoki dorivor malhamlar tarkibida ishlatiladi. 🔹 7. Og‘riqni kamaytiruvchi xususiyati Bo‘g‘im og‘riqlari, siyishdagi og‘riq yoki yallig‘langan joylardagi og‘riqni yengillashtiradi. Qo‘llanilishi: Ichki va tashqi qo‘llash mumkin: damlama ichiladi, qaynatma kompress tarzida ishlatiladi. Xulosa: Qirqbo‘g‘im (Equisetum arvense) o‘simligi o‘zining boy biokimyoviy tarkibi va ko‘p qirrali dorivor xususiyatlari bilan qadimdan xalq tabobatida, hozirda esa fitoterapiyada keng qo‘llanilib kelinmoqda. Mazkur o‘simlik siydik yo‘llari kasalliklari, teri muammolari, suyak va tirnoq zaifligida, shuningdek ayrim ayollar kasalliklarida ham tabiiy davolovchi vosita sifatida samarali natija beradi. Shu sababli qadim zamonlarda ham zamonaviy tibbiyotda ham xanuzgacha o‘z o‘rnini yoqotmagan.

Доказательный фрагмент

«This article provides general information about the medicinal plant horsetail.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides general information about the medicinal plant horsetail. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
horsetail, folk medicine, modern medicine, inflammation, medicinal, yallig‘lanish, qaynatma., dorivorlik, qirqbo‘g‘in, zamonaviy tibbiyot, xaql tabobati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники