К содержанию
РецензированоUZ2026

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MAFKURAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

podpolkovnik Ro‘ziyeva Gulsanam Sultonmurodovna (O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti)

Исследователь · 2026

Аннотация

This scientific article provides a comprehensive analysis of the fight against ideological threats in ensuring public security in Uzbekistan, the main factors affecting public security, existing problems and ways to eliminate them. The development of the field of combating ideological threats, in particular, the possibilities of strengthening security by increasing the legal and moral awareness and social activity of citizens, are considered. Keywords: ideological threat, spirituality, security, social stability, crime, prevention, legal awareness, civil society, reforms, public policy. «Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha https://scientific-jl.com 2 2 0 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan»1 Shavkat Mirziyoyev Jahonda globallashuv jarayonining tobora avj olishi, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlardan yovuz maqsadlar yo‘lida foydalanish orqali inson ongi va qalbini egallash uchun mafkuraviy kurashlarning kuchayishi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solmoqda. Yangi asrda jamiyat xavfsizligiga tahdid soladigan omillar tobora murakkablashib, ularning ko‘lami kengayib bormoqda. Xususan, kiberjinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik kabi transmilliy tahdidlar global muammoga aylanib ulgurdi. Bunday sharoitda xavfsizlikni ta’minlashning an’anaviy usullari yetarli samara bermaydi. Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda davlatni milliy xavfsizligini ta’minlashda ma’naviy- ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga teran nigoh bilan nazar solish, fuqarolarimizda daxldorlik hissini oshirish, tinch-osoyishta hayotimizni turli xavf-xatar va tahdidlardan asrash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. “Ayni vaqtda hozirgi murakkab zamon tinch-osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlash, xalqimizning kafolatlangan xavfsizligini ta’minlash masalasini yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda”2. Insoniyatning shunday mo‘jizakor yutuqlaridan ham ba’zi buzg‘unchilar salbiy maqsadlarda foydalanayotganlari taassufli holdir. “Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tarkibiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz,– deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”3. Millat taraqqiyoti haqida so‘z borganda qadimdan buyuk ajdodlarning intellektual salohiyati yuksalishida g‘oya muhim o‘rin tutgani ma’lum. Buni birgina bebaho ma’naviy xazinamiz “Avesto”ning tub mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu 1 Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 19-yanvardagi ma’naviyat masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi. 2 Prezident Shavkat Mirziyoyev Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови // URL - http://uza.uz/oz/politics/onun-ustuvorligi-va-inson- manfaatlarini-taminlash yurt-tara--07-12-2016 3 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. – 111 б. https://scientific-jl.com 2 2 1 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali so‘z, ezgu amal” g‘oyasidan ham bilsa bo‘ladi. Ayni paytda globallashuv jarayonida milliy g‘oya mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning asosiy quroliga aylangan. Aytish joizki, globallashuvning jadallashuvi sharoitida milliy ma’naviyat mavjudligining o‘zi yetarli emas, unda tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan ichki ruhiy qudrat, uning amal qilishi va faoliyat ko‘rsatishi ham zarur bo‘ladi4. Inson tabiatidagi qiziq bir holat azal-azaldan kuzatiladi. Ya’ni, qachon va qayerdaki biror ijobiy hodisa yuz bersa, unga qarshi kushandalar ham paydo bo‘lavergan. Aytaylik, diniy qadriyatlar, ilm-fan yutuqlari, adabiyot, san’at va ma’naviyat ham insoniyatni globallashtirishga xizmat qilishini izohlashga hojat yo‘q. “Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar,

Доказательный фрагмент

«This scientific article provides a comprehensive analysis of the fight against ideological threats in ensuring public security in Uzbekistan, the main factors affecting public security, existing problems and ways to e…»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article provides a comprehensive analysis of the fight against ideological threats in ensuring public security in Uzbekistan, the main factors affecting public security, existing problems and ways to e… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ideological threat, spirituality, security, social stability, crime, xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik, huquqiy ong, profilaktika, islohotlar, ma’naviyat, Kalit so‘zlar: mafkuraviy tahdid, fuqarolik jamiyati, davlat siyosati., jinoyatchilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники