Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’SIMLIK URUG’LARIDA SUVNING BO’KISH TEZLIGI LOVIYA (PHASEOLUS) , SHOLI(ORYZASATIVA) , QOVOQ(CUCURBITA)
Teshaboyev Tolib Nizomiddin o’g’li · Olamgirova Gulshan Saidali qizi · Mo’minqulov Rahmatillo O’tkir o’g’li
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada moyli , dukkakli , donli o’simliklar urug’ining suvning bo’kishi o’rganildi. Navoiy Innovatsiyalar Universiteti laboratoriya xonasida olib borgan ish tajriba davomida Loviya (Phaseolus) ,Sholi (Oryzasativa) , Qovoq (Cucurbita) urug’larining suvning bo’kish ko’rsatgichi baholandi Kalit so’zlar : Bir urug’pallali , ikki urug’pallali , elektron tarozi , distillangan suv Kirish: Hozirgi kunda donli dukkakli va moyli o’simliklarga bo’lgan talab sezilarli o’zgarib bormoqda. Bu esa bunday ozuqabob bo’lgan o’simlik zahirasini kamayishiga hamda tabiiy holda o’sadigan turlarini keskin kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Yuqorida qayd etilgan o’simliklar kamida 10-12 ming yil oldin ya’ni neolit davridan boshlab istemol qilib kelingan. Loviya(Phaseolus) – dukkaklilar oilasiga mansub o‘simlik bo‘lib, inson uchun muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. U turli iqlim sharoitlarida o‘stirilishi mumkin va tarkibida oqsil, vitaminlar hamda minerallar ko‘pligi tufayli juda foydalidir. U bir yillik yoki ko‘p yillik o‘simlik bo‘lishi mumkin. Uning poyasi o‘raluvchi yoki tik bo‘lib o‘sadi. Barglari murakkab, uch bargchadan iborat. Gullari oq, pushti, binafsha yoki sariq rangda bo‘lib, changlanishdan so‘ng dukkak mevalar hosil qiladi. Mevalari turli uzunlikdagi va shakldagi dukkaklardan iborat bo‘lib, ichida urug‘lari joylashgan. U asosan iliq va nam iqlimni yaxshi ko‘radi. O‘sish uchun optimal harorat 20-25°C atrofida bo‘lib, sovuqqa sezgir hisoblanadi[1] . Sholi (Oryza sativa) - dunyodagi eng muhim don ekinlaridan biri bo‘lib, asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan sanaladi. Ayniqsa, Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika mintaqalarida sholi asosiy oziq-ovqat mahsuloti sifatida yetishtiriladi. U inson organizmi uchun muhim bo‘lgan ozuqa moddalariga boy bo‘lib, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va chorvachilikda keng qo‘llaniladi[2]. Sholi boshoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Poyasi – bo‘g‘imli, ichi bo‘sh, 50 sm dan 150 sm gacha balandlikka ega bo‘lishi mumkin. Barglari – uzun, ingichka va yashil rangda bo‘lib, o‘simlikning fotosintez jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Gullari – mayda, boshoqlarda joylashgan bo‘lib, o‘z- https://scientific-jl.com 2 9 1 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali o‘zidan changlanish orqali ko‘payadi. Mevasi – don hisoblanadi, u turli rang va o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin (oq, jigarrang, qora yoki qizil). U asosan issiq va nam iqlimni talab qiluvchi o‘simlikdir. O‘sish uchun optimal harorat 25–35°C, namlik esa yuqori bo‘lishi lozim. Tuproq turi: Loy va unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Ekish usuli: Sholining ikki xil ekish usuli mavjud – ko‘chat orqali ekish va bevosita dala maydoniga sepish. Sug‘orish: Sholi suvni juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun doimiy sug‘orish yoki suv bosib turadigan maydonlarda ekish talab etiladi. Uni yetishtirish uchun bir qancha o’g’itlardan foydalaniladi: azot, fosfor va kaliyni o‘z ichiga olgan mineral o‘g‘itlar beriladi. Hosil yig‘imi: Odatda 3–6 oy ichida don yetiladi va hosil terim mashinalar yordamida yoki qo‘lda yig‘ib olinadi[3]. Qovoq (Cucurbita) — qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilasiga mansub bir yillik yoki ko‘p yillik o‘simlik turi bo‘lib, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. U yirik bargli, uzunlashgan poya va yerda tarqalib o‘suvchi lianasimonga o‘xshash tuzilishga ega. Barglari keng, ba’zan to‘rt yoki besh bo‘lakli bo‘ladi. Gullari yirik, sarg‘ish to‘q sariq rangda bo‘lib, bir uyli o‘simliklar qatoriga kiradi, ya’ni erkak va urg‘ochi gullari bir o‘simlikda joylashgan. Urug‘lari yassi, oqish yoki jigarrang tusda bo‘lib, tarkibida yog‘ va ozuqaviy moddalar bor. Uning optimal o‘sish harorati +20…+30°C oralig‘ida bo’ladi. Uning mevalari, urug‘lari va hatto po‘stlog‘i ham inson salomatligi uchun foydali hisoblanadi. Unda A, B, C vitaminlari, minerallar (kaliy, magniy, temir) hamda antioksidant moddalar mavjud. Tajriba natijalari : uch xil o’simlik turiga mansub bo’lgan urug’larni dastlabki massasi 10 grammdan olindi.Urug’larning bo’kish tezligi har 2 soatda elektron tarozi yordamida aniqlandi. Dastlab soat 9:00 da o’lchash amalga oshirildi. Bunda loviya urug’i o’ziga 0,15 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi , Sholi urug’i esa 1,22 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi , Qovoq urug’i esa 0,40 ishqorli suvni o’ziga shimdi . Keyingi o’lchash 11:00 da amalga oshirildi. Bunda loviya 1,18 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi , sholi urug’i esa 2,24 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi , qovoq urug’i esa 2,08 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi. Keyingi o’lchash 13:00 da amalga oshirildi. Bunda loviya urug’i 2,40 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi , sholi urug’i esa 3,05 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi , qovoq urug’i esa 2,28 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi. Oxirgi o’lchash soat 15:00 da olib borildi. Bunda loviya urug’i esa 4,01 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi , sholi urug’i esa 5,02 gramm ishqorli suvni o’ziga shimdi , qovoq urug’i esa 4,15 gramm ish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada moyli , dukkakli , donli o’simliklar urug’ining suvning bo’kishi o’rganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada moyli , dukkakli , donli o’simliklar urug’ining suvning bo’kishi o’rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar : Bir urug’pallali, elektron tarozi, ikki urug’pallali, distillangan suv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026