К содержанию
РецензированоUZ2026

ROSSIYA ELCHISI IVAN XOXLOVNING OʻRTA OSIYOGA TASHRIFI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI

UNING TARIXIY AHAMIYATI · Raimov Abdullo Yuzboy o‘g‘li

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

1620-yilda Ivan Xoxlov boshchiligidagi Rossiya elchiligi ilk bor Buxoro va Xiva xonliklariga yuborildi. Elchilik siyosiy va savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu maqolada safarning borishi, uchrashuvlar va tarixiy natijalari tahlil qilinadi. Kalit so`zlar: Ivan Xoxlov, Rossiya elchiligi, Buxoro xonligi, Xiva, XVII asr, diplomatiya, savdo yo‘llari. 1620-yilda Rossiya podshosi Mixail Fyodorovich tomonidan Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida Buxoro xonligiga elchilik yuborildi. Bu elchilik Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ilk diplomatik aloqalarini yo‘lga qo‘yish harakati bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy va strategik maqsadlarni o‘z ichiga olgan edi. Elchilikning asosiy vazifasi Rossiya bilan Buxoro o‘rtasida savdo yo‘llarini ochish, boj va huquqiy tartiblarni kelishish, shuningdek, asirlikda bo‘lgan rossiyaliklarni ozod qilish edi. Shu bilan birga, bu safar orqali Rossiya hukumatiga mintaqadagi ichki vaziyat, harbiy kuch va tashqi aloqalar haqida keng qamrovli razvedka ma’lumotlari yetkazilishi ko‘zda tutilgan edi. Xoxlov boshchiligidagi elchilar Moskva-Kazan-Astraxan yo‘nalishi orqali Kaspiy dengiziga yetib kelishdi. Dengiz orqali harakatlanayotganlarida kuchli bo‘ron tufayli kemalari Mang‘ishloq yarimorolining Tyub-Karagan sohiliga chiqarildi. Bu yerda ular 20 kuncha to‘xtab qolib, ot va tuya sotib olishga majbur bo‘ldilar. Keyinchalik ular Turkman cho‘li orqali yurib, Xiva xonligiga yetib kelishdi. Xivada hukmronlik qilayotgan Arab Muhammadxon va uning o‘g‘li Abesh (Habash) sulton elchilarni sovg‘alarsiz qabul qilmaydigan an’anaviy siyosatga amal qilib, rasmiy maktubni olishdan bosh tortdi. Elchilardan yo‘l haqi sifatida katta miqdorda boj olinib, to‘liq kafolatli yo‘l ravosatlari berilmadi. Ular bu yerdan Amudaryoni kechib o‘tib, Buxoroga yo‘l olishdi. https://scientific-jl.com 2 5 6 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Buxoroga yetib kelgan elchilar dastlab shaharga kiritilmadi, chunki xonlikda xavfsizlik nuqtai nazaridan chet el elchilariga ishonchsizlik bilan qaralardi. Keyinroq ular Buxorodan Samarqandga ko‘chib ketgan Imomqulixon huzuriga yuborildi. Xon ularga rasmiy qabul o‘tkazib, podsho maktubini qabul qildi, sovg‘alarni oldi va elchilarga tegishli izzat-ikrom ko‘rsatildi. Muzokaralarda Rossiyadagi Buxoro savdogarlari huquqlari, bojxona tartiboti, asirlar masalasi, shuningdek, ikki tomonlama do‘stona munosabatlar o‘rnatish muhokama qilindi. Elchilar Imomqulixon saroyida faol bo‘lgan maslahatchilar – Nodir Devonbegi, Nazar Qo‘shbegi va boshqa amaldorlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdilar. Elchilik tarkibida Xoxlovdan tashqari tarjimonlar Semeika Garasimov va Ivan Tyrkov, gulandaqchi Milanov, shuningdek, 6 nafar qurollangan soqchi va boshqa xizmatkorlar bo‘lib, jami 25–30 kishi safarda ishtirok etgan. Samarqandda olib borilgan muzokaralar natijasida Buxoroda bo‘lgan rossiyalik asirlarning 23 nafari ozod qilindi. Imomqulixon bu qarorni do‘stlik va diniy yaqinlik asosida qabul qilganini ta’kidladi. Bundan tashqari, xonlikda istiqomat qilayotgan, 15 yoshli Arab Muhammadxonning kenja o‘g‘li Avgan Muhammad elchilar bilan birga Moskvaga yuboriladigan bo‘ldi. U keyinchalik rus saroyida xizmat qilgan. Qaytish safarida elchilar yana Xivaga kirib o‘tishdi, biroq bu yerda ilgari ozod qilingan asirlar yana qo‘lga olindi. Xoxlov o‘ziga berilgan maxsus vakolat orqali ulardan 13 nafarini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Safar davomida Xoxlov mintaqadagi harbiy-siyosiy holat haqida aniq ma’lumotlar yig‘di. U Imomqulixonning Toshkent hukmdori Tursunxon bilan bo‘layotgan urushini kuzatdi: jangda 40 ming kishi qatnashgani, 10 ming nafari halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Xiva xonligida esa Arab Muhammadxon o‘g‘illari – Habash va Ilbarsning otalariga qarshi isyoni yuz berayotgani, bu esa xonlik ichida keskin siyosiy beqarorlikni yuzaga keltirayotgani qayd etildi. Shuningdek, Buxoro va Xivaning Eron Safaviylari, Hindiston Boburiylari va turkmanlar bilan munosabatlari, cho‘l qabilalari bilan ixtiloflari haqida ham muhim razvedka ma’lumotlari to‘plandi. Ivan Xoxlovning 1620-1622-yillardagi Buxoro va Xiva xonliklariga elchilik safariga oid “Safar esdaligi” (“Statyanoy spisok”) asari Markaziy Osiyo haqida ilk rus yozma manbalaridan biridir. Xoxlov Rossiyaga qaytgach, elchilik hisobotini “stat’ya spiski” deb ataluvchi hujjat shaklida tuzdi. Unda mintaqadagi siyosiy kuchlar, savdo sharoitlari, harbiy kuchlar, shaharlar holati, bojxona tartibotlari, tabiiy sharoit va boshqa bir qator muhim ma’lumotlar tizimli ravishda bayon etilgan edi. Bu hisobot Rossiyada Markaziy Osiyo bo‘yicha ilk mukammal razvedka manbasi sifatida qabul qilindi va keyingi diplomatik harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Elchilikning natijasi sifatida Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi siyosiy aloqalar boshlanishi mumkin bo‘lgan darajada iliqlashdi. Biroq doimiy savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bojxona masalalarini hal qilishning imkoniyati tug‘ilmadi, chunki xonliklar https://scientific-jl.

Доказательный фрагмент

«1620-yilda Ivan Xoxlov boshchiligidagi Rossiya elchiligi ilk bor Buxoro va Xiva xonliklariga yuborildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

1620-yilda Ivan Xoxlov boshchiligidagi Rossiya elchiligi ilk bor Buxoro va Xiva xonliklariga yuborildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Russian embassy, Khiva, Bukhara Khanate, 17th century, Key Word: Ivan Khokhlov, trade routes., diplomacy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники