К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK MILLIY URF-ODATLARI VA DINIY MAROSIMLARINING BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI · Qodirova Odianxon Xayitboy qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek milliy urf-odatlari va diniy marosimlarining bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada oilada bolalar tarbiyasining milliy qadriyatlar asosida shakllanishi, oilaviy marosimlarning tarbiyaviy xususiyatlari, diniy qadriyatlarning axloqiy tarbiya vositasi sifatidagi roli, kattalarni hurmat qilish an'anasi, mehnat tarbiyasi, milliy bayramlar orqali milliy o‘zlikni anglash, kitobxonlik an'anasi va mehmondo‘stlik qadriyati kabi jihatlar o‘rganilgan. Shuningdek, zamonaviy sharoitda an'anaviy qadriyatlarni saqlash va ularni zamonaviy tarbiya usullari bilan uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘zbek oilalarida milliy-diniy qadriyatlar asosida olib boriladigan tarbiyaning bolalarda ma'naviy barkamollik, milliy o‘zlikni anglash, axloqiy fazilatlar shakllanishidagi muhim omil ekanligi ta'kidlangan. Zamonaviy globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish orqali jamiyat barqarorligini ta'minlash masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: o‘zbek milliy urf-odatlari, diniy marosimlar, bolalar tarbiyasi, oilaviy tarbiya, milliy qadriyatlar, axloqiy tarbiya, barkamol avlod, ma'naviy qadriyatlar. O‘zbek xalqi qadimiy va boy madaniy merosga ega bo‘lib, bu meros avloddan- avlodga oila institutlari orqali uzatilib kelmoqda. Bugungi globallashuv jarayonida milliy o‘zlikni saqlash, an'anaviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. O‘zbek oilasida bolalar tarbiyasi azaldan milliy urf-odatlar va diniy marosimlar asosida amalga oshirilgan. Bu tarbiya usuli bolaning nafaqat ma'naviy olamini, balki uning jamiyatdagi o‘rnini, axloqiy qadriyatlarini va kelajakdagi hayotiy yo‘nalishlarini ham belgilab beradi. Ushbu maqolada o‘zbek oilalarida bolalarni tarbiyalashda milliy urf-odatlar va diniy marosimlarning ahamiyati, ularning zamonaviy tarbiya tizimidagi o‘rni hamda kelajak avlodlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Milliy qadriyatlar – shaxs shakllanishining poydevori O‘zbek oilalarida bolalar tarbiyasi milliy qadriyatlar poydevorida quriladi. Har bir urf-odat va marosim bolaga ma'lum bir ma'naviy qadriyatni singdirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, bola tug‘ilgandan boshlab "Azón aytish", "Beshikka solish", "Aqiqa marosimi" kabi urf-odatlar orqali u jamiyatning bir qismi sifatida tan olinadi va unga nisbatan burch va mas'uliyatlar belgilanadi. Milliy qadriyatlarning https://scientific-jl.com 4 9 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi muhim jihati shundaki, ular orqali bola nafaqat o‘z oilasi, balki butun millat tarixi va ma'naviy merosi bilan bog‘lanadi. Bu esa bolada milliy o‘zlikni anglash, tarixiy ildizlarni qadrlash hissini shakllantiradi. Aynan shu sababli o‘zbek oilalarida bolalarga ota-bobolar tarixi, ularning jasorati va donishmandligini hikoya qilish an'anasi mavjud. Milliy qadriyatlar tizimida axloqiy me'yorlar alohida o‘rin tutadi. "Odob", "andisha", "hayo", "oriyat" kabi tushunchalar milliy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Bu tushunchalar diniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib, bolaning axloqiy qiyofasini shakllantiradi. Natijada, bola jamiyatda qabul qilingan axloqiy me'yorlarga muvofiq yashashga o‘rganadi. Oilaviy marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati O‘zbek oilalarida o‘tkaziladigan marosimlar faqatgina an'ana sifatida emas, balki muhim tarbiyaviy vosita sifatida ham qaraladi. Har bir marosim bolaning hayotida alohida bosqich hisoblanadi va uning jamiyatdagi o‘rni va mas'uliyatlarini belgilaydi. "Beshik to‘yi" marosimi – chaqaloqning ijtimoiy maqomini belgilash, uni jamiyatning to‘laqonli a'zosi sifatida tan olish ramzidir. Bu marosimda bolaga ism qo‘yiladi, uning kelajagi uchun duolar qilinadi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari "birinchi qadam", "soch oldi", "tish bayram" kabi urflar nishonlanadi. Bolaning 5-7 yoshida "Bismilloh aytish" va Qur'on o‘qishni boshlash marosimi o‘tkaziladi, bu orqali uning ma'naviy olami shakllantiriladi. O‘g‘il bolalarda "sunnat to‘yi" marosimi – bolaning erkaklik olamiga qadam qo‘yishi belgisi hisoblanadi. Bu marosim orqali bolaga erkaklik burch va mas'uliyatlari tushuntiriladi, u endi katta bo‘lib qolganini anglaydi. Qiz bolalarga esa uy tutish, pazandachilik, tikish-bichish kabi ko‘nikmalar yoshlikdan o‘rgatiladi, ba'zan buning uchun maxsus "qiz oshi" marosimlari o‘tkaziladi. Oilada o‘tkaziladigan har bir marosim bolaga muayyan qadriyatlarni singdiradi, uni jamiyatga tayyorlaydi va milliy an'analar davomiyligini ta'minlaydi. Diniy qadriyatlarning axloqiy tarbiya vositasi sifatida roli O‘zbek oilalarida islomiy qadriyatlar tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Diniy tarbiya orqali bolalarga halol-harom tushunchalari, axloqiy me'yorlar, insonning hayotdagi vazifasi kabi muhim ma'naviy asoslar o‘rgatiladi. Bolalarga yoshligidan diniy ibodatlarni o‘rgatish orqali ularning ma'naviy dunyosi shakllantiriladi. Namoz, ro‘za kabi ibodatlar bolaga intizom, irodani tarbiyalashga yordam beradi. Qur'on oyatlarini o‘rganish, hadi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek milliy urf-odatlari va diniy marosimlarining bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek milliy urf-odatlari va diniy marosimlarining bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
barkamol avlod, axloqiy tarbiya, diniy marosimlar, oilaviy tarbiya, bolalar tarbiyasi, Kalit so‘zlar: o‘zbek milliy urf-odatlari, ma'naviy qadriyatlar., milliy qadriyatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники