Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AJRATILGAN O‘SIMLIK HUJAYRALARI VA TO‘QIMALARI TO‘PLAMLARI BILAN ISHLASH JARAYONIDA STERILLASH USULLARI.
A.S.Sattarov · D.G‘.Elmurodova · N.B.Taganov · O.H.Kimsanova
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
В статье анализируются физические и химические методы, используемые при стерилизации растительного сырья, инструментов, питательных сред и лабораторного оборудования, а также описывается порядок их применения. Ключевые слова: Стерилизация, культура растительных клеток, эксплант, химическая стерилизация, физическая стерилизация, питательные среды, автоклавирование, асептические условия. Annotation: This article analyzes the physical and chemical methods used in the sterilization of plant materials, instruments, culture media, and laboratory equipment, and describes the procedure for their application. Key words: Sterilization, plant cell culture, explant, chemical sterilization, physical sterilization, culture media, autoclaving, aseptic conditions. Kirish. O‘simlik hujayralari va to‘qimalarini o‘stirish jarayonida mikroorganizmlar bilan zararlanishi o‘sish va ko‘payishni sezilarli darajada kamaytiradi yoki umuman to‘xtatib qo‘yadi. Shuning uchun tajriba va laboratoriya jarayonlarida yuqori darajada sterillash talab etiladi. Sterillash jarayonining har bir bosqichi - o‘simlik materiallarini tayyorlashdan tortib, oziqa muhitlarini va asbob- uskunalarni tayyorlashgacha - aniq qoidalar va usullar asosida amalga oshiriladi. Tatqiqotning maqsadi: Ushbu maqolaning maqsadi - ajratilgan o‘simlik hujayralari va to‘qimalari bilan ishlash jarayonida qo‘llaniladigan turli sterillash https://scientific-jl.com 2 4 3 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi usullarini tizimli o‘rganish, ularning xususiyatlari va qo‘llanilish prinsiplari haqida batafsil ma’lumot berishdir. Maqola sterilizatsiya jarayonining o‘simlik hujayralari va to‘qimalarini laboratoriya sharoitida o‘sish va rivojlanishini ta’minlashda qanday muhim rol o‘ynashini ochib beradi. Shuningdek, ish jarayonida toza va aseptik muhit yaratish uchun zarur bo‘lgan usullar va amaliy tavsiyalarni taqdim etishga qaratilgan. Ajratilgan organlar, to‘qimalar, hujayra va protoplastlarni o‘stirishning muhim shartlaridan asosiysi sterillikka katta ahamiyat berishdir. Sterillikni ahamiyati shundan iboratki, ajratilgan organlar, to‘qimalar, hujayralar va protoplastlarni o‘stirish uchun tayyorlangan sun‘iy oziqa muhitlarda mikroorganizmlar ham juda yaxshi o‘sadi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi o‘stirilayotgan hujayra va to‘qimalar uchun ikki yoqlama xavf tug‘diradi. Birinchidan, mikroorganizmlarning yashash faoliyati davrida oziqa muhitlarning tarkibi sezilarli darajada o‘zgarib, belgilangan turg‘un sharoitda hujayraning o‘sishi tuxtaydi. Ikkinchidan, o‘simlikdan ajratilgan to‘qima, hujayra va ayniqsa protoplastlarni mikroorganizmlar osongina zararlaydi. Shuning uchun ajratilgan organ, to‘qima hujayra va protoplastlar bilan olib boriladigan tajribalar steril xonalarda, bokslar yoki laminar-bokslarda olib boriladi. Bokslar, asboblar, idishlar, o‘simliklar, oziqa muhitlari, paxta tiqinlar va boshqa ishga kerakli narsalar hammasi sterillanadi. Laminar-boks sterilizatsiyasi. Laminarning ish olib boriladigan ichki yuzasi 70% li spirt bilan artiladi. So‘ng laminarga spirtovka, gugurt, 96% spirtli stakan, sterillangan idishlar, asboblar va sterillangan suvli kolba joylanadi. Meristemalar ajratishda laminarga binokulyar lupa ham qo‘yiladi. Ishlashdan oldin 2 soat davomida laminar boks bakteriotsid ultrabinafsha lampasi bilan nurlantiriladi. Ishlashdan ikki soat oldin laminarning ichki yuzasi 70% li spirt bilan yana artiladi. Ish boshlashdan avval qo‘llarni yaxshilab sovun bilan yuvib, spirt bilan artib, sterillangan xalat kiyib va og‘ziga steril niqob taqiladi. Idishlarni sterillash. Idishlar quritish shkaflarida quruq issiqda yoki nam bug‘da avtoklavda sterillanadi. Sterillashdan oldin idishlarni yaxshilab yuvib, quritish kerak. Idish yuvish uchun turli idish yuvish vositalari va xromli (kaliy bixromatning sulfat kislota eritmasi) ishlatiladi. Yuvilgan idishlarni distirlangan suvda chayib, quritish shkafida quritiladi. Sterillashdan avval havodan infektsiya tushishining oldini olish uchun probirkalar, kolbalar og‘zi paxta tiqinlar bilan yopiladi va qog‘ozga o‘raladi. 52 So‘ngra idishlarni quritish shkaflariga joylab 2 soat 160 o C da qizdiriladi. Bunday qizdirishda bakteriyalargina emas, balki ularning sporalari ham o‘ladi. Quritish shkafidagi haroratni 175oC dan oshirish mumkin emas, chunki paxta tiqinlar sarg‘ayib ketadi, idishlar o‘ralgan qog‘oz (folga) esa sinuvchan holga kelib qoladi. Avtoklavda bosim ostida bundan ham yaxshiroq sterillashga erishish mumkin, chunki namli issiqlikda qizdirilganda mikroorganizmlar va ularning sporalari yana ham yaxshi o‘ladi. Turli xil stakanlar, Petri likobchalari, pipetkalar, distillangan suvli kolbalar https://scientific-jl.com 2 4 4 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi avtoklav qilinadi. Idishlar folga yoki o‘rash qog‘ozlariga o‘ralgan holda 25-30 daqiqa 2 atmosferada avtoklav qilinadi. Pipetkalarni avtoklav qilishda ularning yuqori qismiga paxta tiqib, al
Доказательный фрагмент
«В статье анализируются физические и химические методы, используемые при стерилизации растительного сырья, инструментов, питательных сред и лабораторного оборудования, а также описывается порядок их применения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируются физические и химические методы, используемые при стерилизации растительного сырья, инструментов, питательных сред и лабораторного оборудования, а также описывается порядок их применения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sterilization, plant cell culture, explant, chemical sterilization, o‘simlik hujayralari madaniyati, avtoklavlash, fizik sterilizatsiya, eksplant, oziqa muhiti, aseptik sharoit., Kalit so‘zlar: Sterillash, kimyoviy sterilizatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026