К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGLARNING HUQUQIY MA’DANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.

Holmatova Madina.

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kundagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining huquqiy madaniyat darajasi ularning kasbiy faoliyatda ya’ni tarbiyachi va uning ja’miyatda tutgan o’rni, pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish va bola xuquqlarini himoya qilishlari, huquqiy ong va mas’uliyat darajasini oshirishlari bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, bola huquqlari, mehnat huquqlar, huquqiy ta’lim, mehnat kodeksi, konstitutsiya, davlat dasturi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning huquqiy savodhonligini shakllantirish, huquqiy ma’daniyatni shakllantirishning muhim bosqichi hisoblanadi. MTT pedagoglarning huquqiy savodxonligi hamda huquqiy madaniyatini shakllantirish ular tarbiyalab kelayotgan yosh avlodni huquqiy ongli mas’ulyatli fuqarolar bo’lib yetishishiga zamin yaratadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining huquqiy ma’daniyatini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Pedagogning huquqlari davlat tomonidan amaldagi qonun hujjatlarda belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Pedagogning maqomi to‘g‘risida gi qonunga muofiq “O‘zbekiston Respublikasida pedagogning maqomi tan olinadi. Pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart- sharoitlar yaratiladi, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi va huquqlari amalga oshirilishi uchun kafolatlar beriladi. “Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.” [ 3-modda]. Jamiyatdagi pedagog [tarbiyachi] birinchi navbatda o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalash , ikkinchidan mehnatkash halqimizga har tomonlama bilim berishdek mas’ulyatli vazifalarni bajaradi . Ustozning eng buyukli burchi – xalqqa nafi tegadigan , aql idrokli , uquvli shogirdlar tayyorlashdir , shuningdek pedagog o’z vazifalarini bajarish bilan birgalikda uning majburiyatlari ham bor. O‘RQ-901-son muofiq Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda: ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi; o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli o‘tkazishi; https://scientific-jl.com 3 3 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko‘rishi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi; ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi va ularni kamsitmasligi; voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota- onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi; o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi; ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etishi; majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart. Pedagogning zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. MTT pedagoglarini huquqiy bilimlarni egallashlari, huquqiy ong va mas’ulyat darajasini oshirishlari bilan bog’liq. Ushbu maqolada MTT pedagog hodimlarining huquqiy ma’daniyatini shakllantirish metodikasi, uning asosiy tamoyillari va amaliy yondashuvlari ko’rib chiqiladi. Huquqiy ma’daniyat -bu shahsning huquqiy bilimlari ,huquqiy ong darajasi va huquqiy faoliyatida namoyon bo’ladigan axloqiy qadriyatlar yig’indisidir . Pedagoglarning huquqiy madaniyatini quyidagi jihatlarni o’z ichiga oladi: 1) Bola huquqlari bo’yicha xalqaro va milliy huquqiy normalarni bilish; 2) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining me’yoriy -huquqiy asoslarini tushunish; 3) Tarbiyachi faoliyatida huquqiy me’yorlarga amal qilish va ularni qo’llay bilish; 4) Bolalar va ota onalar bilan munosabatlarda huquqiy etikaga rioya qilish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va majburiyatlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari: kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish; ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda ta’lim vositalarini erkin tanlash; maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish; maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; https://scientific-jl.com 3 4 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy rag‘batlantirilish; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga e

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kundagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining huquqiy madaniyat darajasi ularning kasbiy faoliyatda ya’ni tarbiyachi va uning ja’miyatda tutgan o’rni, pedagog tarbiyachi shaxsini shak…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kundagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining huquqiy madaniyat darajasi ularning kasbiy faoliyatda ya’ni tarbiyachi va uning ja’miyatda tutgan o’rni, pedagog tarbiyachi shaxsini shak… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Huquqiy ong, mehnat kodeksi, davlat dasturi., konstitutsiya, huquqiy madaniyat, bola huquqlari, huquqiy ta’lim, mehnat huquqlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники