Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZARAR YETKAZISHDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR
Raxmatullayeva Parizod
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning huquqiy asoslari va ularni tartibga soluvchi tamoyillar muhim hisoblanadi. Chunki zarar yetkazuvchining javobgarlik tamoyillari, jumladan, g‘ayriqonuniy harakatlar yoki harakatsizlik oqibatida yuzaga kelgan zararlarni qoplash majburiyati tahlil qilishimiz mumkin. Zarar yetkazuvchining aybsizligi javobgarlikdan ozod qiluvchi asos sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda qonun bu printsipdan istisno xolatlarni keltiradi. Bundan tashqari, zarar yetkazish xavfini oldini olish uchun qonunda zararli faoliyatni to‘xtatib turish yoki tugatishga oid sud vakolatlari belgilangan. Bundan tashqari zarar yetkazuvchining harakatlari jabrlanuvchining roziligi asosida sodir etilgan va jamiyat axloqiy tamoyillariga zid bo‘lmagan taqdirda, zarar qoplanmasligi mumkinligi ham mumkin. Shunday ekan zarar yetkazishni oldini olish huquqiy tizimning ijtimoiy adolatni ta’minlash va manfaatlar muvozanatini saqlashga qaratilgan asosiy vositalaridan biri sifatida ko'riladi desak maqsadga muvofiqdir. Kalit so'zlar: Zarar yetkazish, oxirgi zarurat, zaruriy mudofaa, mol-mulkka ziyon yetkazish, qonuniy harakatlar, javobgarlik. Odamlarning ishonchini yo‘qotish — zarar yetkazishning eng katta shaklidir. (Konfutsiy) Zarar bu – bir shaxsning noqonuniy harakati yoki harakatsizligi natijasida boshqasiga yetkazilgan moddiy yoki nomoddiy yoʻqotish hisoblanadi. Zarar bu mulkning yoʻq qilinishi yoki shikastlanishi natijasida yetkazilgan yoʻqotish desak mubolag'a bo'lmaydi yoki zarar koʻrgan shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan qonuniy huquqlarni amalga oshira olmagani natijasida olishi mumkin boʻlgan, ammo olmagan daromadlardir. Odatda zarar yetkazgan shaxs uni toʻliq hajmda qoplashga majburdir hamda zarar yetkazgan shaxsning aybi isbotlanishi lozim. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar asosan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan amalga oshiriladi, unda g‘ayriqonuniy harakat (yoki harakatsizlik) natijasida fuqaro yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, zarar yetkazuvchi tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi 1 36 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ shart. Shuningdek qoʻshimcha tovon toʻlash majburiyati zararni qoplashdan tashqari, qonun yoki shartnoma asosida jabrlanuvchiga qoʻshimcha ravishda tovon toʻlash majburiyati belgilanishi mumkin. Agar zarar yetkazuvchi shaxs zarar uning aybisiz yetkazilganligini isbotlasa, u zararni toʻlashdan ozod qilinishi mumkin. Ammo ayrim hollarda, qonun zarar yetkazuvchining aybi boʻlmasa ham, uni zarar qoplashga majbur qilishi mumkin. Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar esa faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda qoplanishi mumkin. Zarar yetkazishda jabrlanuvchining roziligi ham muhim ahamiyat kasb etadiAgar zarar jabrlanuvchining oʻz iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan boʻlsa va bu harakatlar jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zarar yetkazuvchi zarar qoplashdan ozod qilinishi mumkin. Zarar yetkazishni oldini olish ham mumkin. Agar biror faoliyat kelgusida zarar yetkazish ehtimolini yuzaga keltirsa, jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs sudga murojaat qilib, xavf tug‘dirayotgan faoliyatni taqiqlashni talab qilishi mumkin. Misol bilan tushuntiradigan bo'lsak qishloq dalasiga yaqin joyda kimyoviy moddalarni saqlash ombori qurilmoqda. Bu moddalarni to‘kilish xavfi bo‘lsa va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkinligi aniqlansa, jabrlanuvchilar sudga murojaat qilib omborni qurishni taqiqlashni so‘rashi mumkin yokin bo'lmasam daryo bo‘yida kimyoviy chiqindilarni to‘kadigan ishlab chiqarish zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Mahalliy aholi sudga da’vo keltirib, zavod faoliyatini boshlashni oldindan to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Agar zarar yetkazilayotgan faoliyat davom etsa, sud zarar yetkazuvchi shaxs yoki tashkilotdan zararni qoplashni talab qilishi bilan birga, faoliyatni to‘xtatish yoki tugatish majburiyatini ham yuklashi mumkin. Masalan ma'lum bir mahalla yaqinida joylashgan zavod havoni doimiy ravishda ifloslamoqda va aholi salomatligiga zarar yetkazmoqda. Sud zarar qoplashni buyuradi va zavodning ishlashini to‘xtatish yoki ekologik talablarni qondirguncha faoliyatni vaqtincha to‘xtatib turishni talab qilishi mumkin. Agar faoliyatni to‘xtatish jamiyatning keng qamrovli manfaatlariga zid bo‘lsa sud faoliyatni to‘xtatish haqidagi da’voni rad etishi mumkin. Lekin bu jabrlanuvchilarning zarar qoplash huquqini bekor qilmaydi. Faraz qiling hududga elektr energiyasini yetkazib beruvchi yagona elektr stansiyasi faoliyati atrof-muhitga zarar yetkazmoqda. Uni to‘xtatish butun mintaqani elektrsiz qoldirishi mumkin. Bunday holatda sud stansiya faoliyatini to‘xtatishni rad etsa ham, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin. 1 36 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Endi
Доказательный фрагмент
«Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning huquqiy asoslari va ularni tartibga soluvchi tamoyillar muhim hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюZarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning huquqiy asoslari va ularni tartibga soluvchi tamoyillar muhim hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zarar yetkazish, oxirgi zarurat, zaruriy mudofaa, mol-mulkka ziyon, javobgarlik., mol-mulkka ziyon yetkazish, qonuniy harakatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026