К содержанию
РецензированоRU2025

AMIR MUZAFFAR FAOLIYATI

Sultonova Kumushxon

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article, based on the work of A.G. Nedvetsky, describes the reign of Emir Abdulahad, who ruled in Bukhara, and describes the social life of the state during his reign, as well as his policy with the Russian Empire. His services to Islam are also mentioned. Аннотация. В данной статье на основе труда А.Г. Недвецкого описывается правление эмира Абдулахада, правившего в Бухаре, и описывается общественная жизнь государства в период его правления, а также его политика в отношении Российской империи. Упоминаются его заслуги перед исламом. Annotatsiya. Ushbu maqolada A.G. Nedvetskiy asarida asosida Buxoroda hukmronli qilgan amir Abdulahad hukmronligi haqida aytib o‘tilgan bo‘lib, uning hukmronligi davrida mamkatning ijtimoiy hayoti, shuningdek, Rassiya imperiyasi bilan olib borgan siyosati yozilgan. Uning islom dini uchun qilgan xizmatlari ham aytib o‘tilgan. Sayyid Abdulhad 1885-yildan 1910-yilgacha hukmronlik qilgan. U 1859-yil 26-martda (ba’zi manbalarga ko‘ra — 1857-yilda) Karmana shahrida tug‘ilgan. Onasi - Shamshod ismli fors millatiga mansub kanizak bo‘lib, zamondoshlarining ta’kidlashicha, o‘ta zukko ayol bo‘lgan va amir Muzaffarning sevimli xotini hisoblangan. U 1879-yilda Karmana shahrida, o‘g‘li - Abduahad huzurida vafot etgan. Shamsatning o‘g‘lidan tashqari Soliha ismli qizi ham bo‘lgan. Amir Muzaffar uni o‘z jiyani Amonullohga turmushga bergan. Abduahad taxminan 14 yoshidan (ba’zi manbalarga ko‘ra — 18 yoshidan) boshlab Karmana beki bo‘lib xizmat qilgan. Uni ziyorat qilgan rus sayyohlarining ta’kidlashicha, u oddiy hayot tarziga ega bo‘lgan. 1882-yilda uning faqat bitta rasmiy xotini bo‘lgan, haram esa, asosan, tashqi ko‘rinish uchun saqlangan. Yosh Abduahad chavandozlikka qattiq qiziqqan, u xonlikdagi eng yaxshi chavandozlardan biri hisoblangan. Uning eng sevimli mashg‘ulotlari ot boqish, lochin bilan ov qilish va otda o‘ynaladigan “kok-buri” (echkini talash) o‘yini edi. Ammo 1882-yilda u og‘ir kasallikka — oyoqqa tushgan rishtaga chalingan va sevimli mashg‘ulotlarini tark etishga majbur bo‘lgan. Bu kasallik bir necha yil davom etgan, ayniqsa har yili qish fasli oxirlarida kuchaygan. Faqat 1892-yilda rus shifokorlarining yordami bilan sog‘ligi tiklangan.1 Abduahad yaxshi ta’lim olgan edi: u fors tilida bemalol so‘zlasha olgan, shuningdek, rus va arab tillarini ham biroz bilgan. 1882-yilda otasining buyrug‘i bilan Moskvaga yuborilgan va u yerda Buxoro taxtining rasmiy vorisi sifatida tan olingan. Bu haqda imperator Aleksandr III tomonidan amir Muzaffarga yozma xabar yuborilgan. Safar chog‘ida Abdulahadni otasining sodiq amaldori Ostonaqulbek Kushbegi kuzatib borgan. 1 Семёнов А. А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их в средневековой ; Бухаре. //Советское востоковедение, т. V. Москва. – Ленинград. 1948 1 17 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1885-yil oktabr oyida otasining vafoti haqidagi xabarni olgach, Abduahad Karmana shahrini tark etib, ming nafar chavandozdan iborat hay’ati bilan Buxoroga yo‘l olgan. Yo‘lda, Malik qishlog‘ida u Rossiya imperiyasi vakili general-leytenant Annenkov bilan uchrashgan. General unga otasining boshqa o‘g‘illarining taxtga da’vogarligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy ziddiyatlarda Rossiya qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Buxoroga kirishdan avval Abduahad Bahovuddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilib, duoga qo‘l ochgan. O‘sha kuni u otasining dafn marosimida ham ishtirok etgan. 1885-yil 4-noyabrda Buxorodagi Ark qal’asida taxtga chiqarish marosimi bo‘lib o‘tgan — Abduahad rasmiy ravishda amirlikni qabul qilgan. Shu tariqa, Buxoroning so‘nggi ikki hukmdoridan biri — Sayyid Abdulahadxonning uzoq va muhim voqealarga boy hukmronlik davri boshlangan.2 Hukmronligining dastlabki yillarida amir asosan poytaxtda yashagan, biroq yilning yarmi davomida Buxoroda qolgan, qolgan vaqtni esa Shahrisabz va Qarshi shaharlarida, yoz oylarini esa Karmana shahrida o‘tkazgan. Buxoroga qaytganida ham Arkda emas, balki shahar yaqinidagi Shirbudun bog‘ saroyida yashagan. 1894-yilda Buxoro ulamolari bilan keskin kelishmovchilikka borgach, u butunlay Karmanaga ko‘chib o‘tgan va o‘limiga qadar Buxoroga qaytmagan. Amir sayohatni yaxshi ko‘rgan. 1882-yilda ilk bor Rossiyaga borgach, keyinchalik Moskva va Sankt-Peterburgga bir necha bor safar qilgan. 1893-yilda u Rossiyaga o‘g‘li Alimxonni olib borgan, 1896-yilda esa imperator Nikolay II taxtga chiqishi sharafiga o‘tkazilgan tantanalarda ishtirok etgan. 1893-yilda Sankt-Peterburgda chiqqan “Rodina” jurnalida quyidagicha yozilgan edi: “Zotli mehmon — Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon, Imperator hazratlarining e’tiboriga sazovor bo‘lgan, o‘ziga xos ko‘rinishga ega, chiroyli gavdali qoramag‘iz erkak bo‘lib, yuz ifodasi juda ta’sirchan, soqoli esa qora va to‘liq. U va uning yonidagi barcha kishilar rang-barang buxorocha libos, salla va ko‘plab ordenlar taqib yurishadi. Amirlik 3,5 ming geografik mil hududga ega,

Доказательный фрагмент

«This article, based on the work of A.G. Nedvetsky, describes the reign of Emir Abdulahad, who ruled in Bukhara, and describes the social life of the state during his reign, as well as his policy with the Russian Empir…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article, based on the work of A.G. Nedvetsky, describes the reign of Emir Abdulahad, who ruled in Bukhara, and describes the social life of the state during his reign, as well as his policy with the Russian Empir… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
karmana shahrida, aytib tilgan, olib borgan, -yilda karmana, lgan amir, sevimli mashg, ishtirok etgan
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники