К содержанию
РецензированоRU2025

СТРУКТУРА И ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ УСТОЙЧИВОСТЬ ПОПУЛЯЦИИ HAGEA MINIMA В АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · VA EKOLOGIK BARQARORLIGI · Zulxumor Rustamjon qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

The Andijan region, located in the Fergana Valley of Uzbekistan, hosts a rich diversity of spring ephemeroids, among which Gagea minima (Liliaceae) is widely distributed. This article focuses specifically on the morphological characteristics, ecological habitat, and ontogenetic development stages of Gagea minima. Field studies were conducted in the spring of 2025 in the Bostan district of Andijan region. The study identified the distribution of individuals across different ontogenetic stages (embryonal, juvenile, immature, virginal, generative, senile). The analysis provides insights into the stability of the Gagea minima population, its ecological adaptability, and the factors threatening its survival. Keywords: Gagea minima, Liliaceae, Andijan region, ontogenetic spectrum, spring ephemeroids, population structure, ecological analysis, Uzbekistan flora, phenological stages. adu.uz universaljurnal.uz 189 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Gagea minima (L.) Ker Gawl. - Liliaceae (lola) oilasiga mansub, piyozsimon, ko‘p yillik, polikarpik o‘simlikdir. Hayotiy shakli jihatidan geofit hisoblanadi. O‘simlikning balandligi odatda 5 dan 15 sm gacha yetadi. Piyozchasi kichik, sferik shaklda bo‘lib, tashqi qavati quruq parda bilan qoplangan. Barglari yarimrozetli, chiziqsimon, ko‘pincha poyaning pastki qismida joylashadi. Gullari odatda 1–3 ta (ba’zan 5 tagacha), sariq rangda bo‘lib, to‘pgul holida joylashadi. Gulqo‘rg‘on (okolozvetnik) 6 bo‘lakdan iborat bo‘lib, ularning tashqi yuzasi ba’zan yashil tusga ega. Changchilari 6 ta bo‘lib, poya uchida joylashgan. Gullash davri mart–aprel oylariga to‘g‘ri keladi. O‘simlik barglar to‘liq chiqmasdan oldin yoki ular bilan bir paytda gullaydi. Mevasi - ko‘p urug‘li quticha (kapsula) [ 2]. Gagea minima nemoral (o‘rmon zonasi) florasi vakili sifatida, keng bargli eman, lipa va yelim daraxtlaridan iborat aralash o‘rmonlarda uchraydi. U asosan yarim soyali, nam, unumdor tuproqlarda o‘sadi. Bahorning dastlabki oylarida, daraxtlar hali barg chiqarib ulgurmagan paytda, quyosh nuri yer sathigacha yetib boradi va bu davrdaGagea minima intensiv gullab, changlanadi hamda meva tugadi. Uning fenologik xususiyatlari va ekologik moslashuvlari uni tipik bahorgi efemeroid sifatida tavsiflaydi [3]. 1-rasm:Gagea minima Gagea minima (kichik g‘oz piyozchasi) ekotizimda muhim ekologik rol o‘ynaydi. Eng avvalo, u erta bahorda faol bo‘lgan changlatuvchi hasharotlar uchun nektar manbai hisoblanadi. Gagea minima tuproqning ustki qatlamini ildizlari orqali mustahkamlab, eroziyaning oldini oladi. Biroq, yovvoyi tabiatda ushbu tur qator tahdidlarga duch kelmoqda. Birinchidan, o‘rmonlar va tabiiy o‘tloqlarning qisqarishi uning yashash joylarini yo‘q qilmoqda. Ikkinchidan, bahor oylarida yaylov sifatida foydalaniladigan hududlarda chorva mollari tomonidan iste’mol qilinishi bu turning sonini kamaytiradi. Shuningdek, gullaydigan o‘simliklarni terib olish, yerga ishlov berish va iqlim o‘zgarishlari bu turga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. [ 5, 6 ]. Gagea minima O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilmagan bo‘lsa-da, ba’zi mintaqalarda u kamayib borayotgan tur sifatida alohida e’tibor talab etadi. Rossiya va Yevropaning ayrim davlatlarida bu tur muhofaza ostiga olingan. Shu bois,Gagea minima yashaydigan tabiiy hududlarda antropogen bosimni kamaytirish, chorvachilik faoliyatini cheklash, va monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yish muhimdir. [6, 7]. Andijon viloyatida Gagea turkumiga mansub turlarni o‘rganish bo‘yicha ayrim ilmiy kuzatuvlar amalga oshirilmoqda. Xususan, biz tomonidan “Shixovsin ota” qabristoni hududida Gagea minima turining morfologik xususiyatlari, gullash davri, populyatsion holati, yashash muhiti va ontogenetik spektri bo‘yicha dala kuzatuvlari olib borildi.O‘rganilgan populyatsiyada ontogenetik spektr nisbatan to‘liq bo‘lib, unda urug‘dan unib chiqqan yosh vegetativ individlar, generativ yoshdagi gullovchi o‘simliklar va qarishga yaqin bo‘lgan individlar qayd etildi. Ayniqsa, generativ bosqichdagi o‘simliklar ustunlik qilgani, bu esa populyatsiyaning hozirgi vaqtda faol adu.uz universaljurnal.uz 190 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari ko‘payayotganini ko‘rsatadi. Biroq urug‘dan ko‘payish intensivligi past bo‘lib, vegetativ yo‘l orqali (piyozchalar orqali) ko‘payish ustunlik qilmoqda. Bu holat turning populyatsion barqarorligida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur tur erta bahorda gullab, qisqa vegetatsiya davri davomida changlanib va mevasi yetiladi. Turning hayot sikli va moslashuvchanligi, ayniqsa, iqlim o‘zgarishlari va antropogen bosim sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi [1,4]. Ontogenetik bosqichlar tasnifi · ve - Urug’ · jp - Yosh piyoz · jv - Yosh vegetativ · jg - Yosh generativ · g - Yetuk generativ · sg - Qari generativ · ss - Subsenil · s – Senil Maydon hajmi: 10 ta 1×1 m² kvadrat Populyatsiya tarkibi Kvadrat

Доказательный фрагмент

«The Andijan region, located in the Fergana Valley of Uzbekistan, hosts a rich diversity of spring ephemeroids, among which Gagea minima (Liliaceae) is widely distributed.»

Образец извлечения

Демо-превью

The Andijan region, located in the Fergana Valley of Uzbekistan, hosts a rich diversity of spring ephemeroids, among which Gagea minima (Liliaceae) is widely distributed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Gagea minima, Liliaceae, Andijan region, ontogenetic spectrum, spring, флора Узбекистана, фенологические фазы., структура популяций, spring ephemeroids, Andijon viloyati, fenologik bosqichlar., bahorgi efemeroidlar, Oʻzbekiston florasi, phenological stages., ekologik tahlil, онтогенетический спектр, экологический анализ, весенние эфемероиды, flora of Uzbekistan, ontogenetik spektr, population structure, populyatsiya tuzilmasi, Андижанская область, ecological analysis
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники