Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КРАТКИЙ АНАЛИЗ ПАЛИНОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Gulbahor Abdulfattaevna
Универсал международный научный журнал · 10 · 365-370 · 2026
Аннотация
Эта статья также вносит вклад в область “Палинологии”. Освещены ученые, их труды и научные исследования. Научные исследования пыльцы растений документировались на протяжении многих лет. Приведены сведения о процессе опыления растений, их пыльцевых зернах, работе пыльцы, морфологии пыльцы, анатомическом строении, слоях экзины и интины, а также о происхождении отраслевых терминов. Ключевые слова: аллогамия, анемофилия, дихогамия, энтомофилия, ископаемые, апрификация, палинология, пыльца, полиноморф. Annotation: This article also contributes to the field of "Palynology". Scientists, their works and scientific research are covered. Scientific research on plant pollen is explained over the years. Information is provided on the pollination process of plants, their pollen grain, pollen work, pollen morphology, anatomical structure, exine and intine layers in them, and the origin of terms related to the field. Key words: allogamy, anemophily, dichogamy, entomophilia, fossil, aprification, palynology, pollen, polynomorph. Palinologiya palinomorflar haqidagi fan, ya’ni o‘simliklarning chang (polen) va sporalarini o‘rganadigan ilmiy soha bo‘lib, bu atama ilk bor 1944-yilda ingliz olimlari Hyde va Williams tomonidan taklif etilgan [1]. Palinologiya yunoncha “paluno” (sepaman), “palunein” (to‘kib solaman), lotincha (kukun, chang) va logos yunonchada fan, ta’limot degan ma’noni bildiradi [2]. Polen donalari 300 million yil avval urug'li o‘simliklar tomonidan ishlab chiqilgan [3,4]. Gulchang - gulli o‘simliklar va ochiq urug’li o‘simliklarning erkak jinsiy hujayralarini xisoblanadi. U o‘simliklarning ko‘payish jarayonida muhim axamiyatga ega [5,6]. O‘simlik gulchangini (chang donasi) o‘rganish 17 asrga borib taqaladi. O‘simliklarning ko‘payishida uning roli qadimdan ma’lum bo‘lgan. Gerodot xurmo palmasining ikki jinsli (erkak va urg‘ochi) bo‘lishini aniqlagan. Teofrast boshqa - anjir daraxtini kaprifikatsiya qilish haqida yozgan. Kaprifikatsiya jarayoni – bu ayrim o‘simliklarni, xussusan anjir (injir) ni sun’iy changlantirish usuli hisoblanadi. Bu jarayonda asosan anjir o‘simligini (Ficus carica L.) sun’iy yo‘l bilan changlatish amalga oshiriladi. Teofrast barcha o‘simliklarda ham shunga o‘xshash jarayon mavjud degan xulosaga kelgan [7]. Qadimgi Rim shifokori Galen milodiy 2-asrda atirgul changini nafas olish orqali yutish natijasida paydo bo‘lgan burun bitishi (allergik rinit) haqida yozgan [8]. Chang donalarini (polen) o‘rganish mikroskop ixtirosidan so‘ng rivojlandi. Mikroskop yordamida ularning shakli, tuzilishi va turli o‘simliklarga xos belgilarini o‘rganish imkoniyati yaratildi [9,10]. adu.uz universaljurnal.uz 310 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari Gulchang morfologiyasini mikroskop orqali o‘rganishni boshlab bergan ilk olim Nehemiah Grew. U o‘zining mashxur “The anatomy of plants” (1662-yil) asarida polenning o‘zgarmas shaklga ega ekanligini tasvirlab, gulchanglar morfologiyasiga asos solgan va barcha o‘simliklarning o‘ziga xos gulchanglari borligini birinchi bo‘lib isbotlangan [2,11]. Jeyms Logan (1739) o‘zining ilmiy izlanishlarida makkajo‘xori (Zea mays L.) o‘simligining chang donalarini morfologiyasini o‘rgangan. Makkajo‘xori o‘simligining murkkab shingil boshoqlaridagi chang donalarini shamol yordamida tarqalishini asoslab bergan [12]. Pollen atamasini birinchi marta Karl Von Linney (1751) “Philosophia Botanica” asarida ilmiy ma’noda ishlatgan. Bu asarida ushbu atamani o‘simlikning erkak jinsiy hujayrasi ekanligini ifodalagan [6]. Joseph Gottlieb Koelreuter va Kristian Konrad Sprengel (1766) birinchi marta gulchang donasi genetik muxim xususiyatga egaligini aniqladi. Sprengel (1793) polen devoridagi teshikchalar (poralar) va yoriqchalarni (furralarni) birinchi bo‘lib aniqlagan. U shuningdek, allogamik changlanish usullarini yoritib bergan. O‘simlikni chang va urug‘chi organlarning har xil vaqtda yetilishini- dixogamiya, hamda hasharotlar orqali changlanishni - entomofiliya va shamol orqali changlanishni - anemofiliya deb, ular o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib bergan [2,13]. Frans Andreas Bauer o‘zining o‘simlik chang donalari bo‘yicha nozik va aniqlik bilan ishlangan chizmalari hamda akvarel tasvirlari orqali mashhur bo‘lgan. Ushbu noyob chizma hozirda London shahridagi Tabiiy Tarix Muzeyining “Botanika” kutubxonasida saqlanadi (Kesseler va Harley (2004) tomonidan ayrim nusxalari chop etilgan). Keyinchalik Robert Brown (1828, 1833) Bauerning ilmiy tadqiqotlarini o‘rganib, o‘simlikning chang ipini kelib chiqishiga oid birinchi tavsifni bergan. O‘simlik gulchangining morfologiyasiga oid eksin (exine) va intin (intine) atamasini Carl Julius Fritzsche (1837) tomonidan ilk bor qo‘llanilgan. Johann Heinrich Robert Göppert (1837) va Christian Gottfried Ehrenberg (1838) esa birinchi bo‘lib qadimiy gulchang donasini (fossil) tasvirlab bergan va ularni o‘zining ilmiy tadqiqot izlanishlari davomida o‘rgangan [2]. Rassiyada gulchang morfologiyas
Доказательный фрагмент
«Эта статья также вносит вклад в область “Палинологии”.»
Образец извлечения
Демо-превьюЭта статья также вносит вклад в область “Палинологии”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- allogamy, anemophily, dichogamy, entomophilia, fossil, aprification, palynology, log, anemofil, dixogamiya, kaprifikatsiya, entomophily, palinologiya, entomofiliya, allogamiya, polynomorph., caprification, polinomorf., polen
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025